NewMusicUz.COM | Media Markaz!!!
Quvnoq CHat
Diqqat Savol!
QAYSI XONANDALARNI QOSHIGINI KOPROQ TINGLAYSIZ?


Xamma Javoblar: 1094
Davomat
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Foydalanuchi
Mehmin
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
SOG'LOM ERKAK SPERMOGRAMMASI

Quyida me'yordagi 
spermogramma ko'rsatkichlari 
keltirilgan. Doctor-D klinikasi 
ma'lumotlari. 
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, 
sperma fertilligining 
ko'rsatkichlari har xil erkakda 
farqlanadi va ko'pincha juda past 
spermogramma ko'rsatkichlariga 
ega bo'lgan erkakdan ham 
homiladorlik sodir bo'lishi 
mumkinligini tajriba ko'rsatib 
kelmoqda. 
Spermogramma ko'rsatkichlaridan 
olingan axborot aniq bo'lishi 
uchun, sperma topshirishdan 
oldin kamida uch kun davomida 
jinsiy aloqani to'xtatib turish 
lozim. Tahlil uchun spermani 
laborotoriya joylashgan xonaning 
o'zida topshirish kerak, chunki 
sovib qolgan sperma 
ko'rsatkichlari aniq bo'lmaydi. 
Bitta spermagrammadanoq 
erkakning bepushtligi to'g'risida 
xulosa chiqarish mumkin emas.Saboq.Org saytidan olingan. Birinchidan, sperma tahlili barcha 
shartlarga rioya qilingan holda 
kamida uch marotaba tekshirilishi 
kerak. Ikkinchidan, 
spermogrammalar ko'rsatkichlari 
bir-biridan farq qilsa, u holda 
erkakning fertilligi haqidagi xulosa 
eng yaxshi spermogramma 
asosida chiqariladi. 
Sog'lom erkak spermogrammasi: 
Eyakulyat (urug' suyuqligi) - 4 ml 
Spermalar soni (1 ml da) - 46 mln 
Faol harakatdagilari - 56% 
Kam harakatdagilari - 34% 
Harakatsizlar - 10% 
Patologik shakllari - 16% 
Agglyutinantlar - yo'q 
Agregatlar - yo'q 
Leykositlar - 0-1 
Eritrositlar - yo'q

ERKAK VA AYOLNING JINSIY A'ZOLARINING RAZMERLARI

Tinch holatda 
erkakning 
jinsiy olati o'rta hisobda 
7-10 sm, erektsiya (yani 
taranglashgan) holatida esa 
10-15 sm, ayrim hollarda esa 
20 sm yetadi. Diametri esa 4 
sm atrofida bo'ladi. Ba'zi 
olimlar jinsiy olatni tinch 
holatida 3 smdan uzun 
bo'lsa, jinsiy aloqa uchun 
yetarli deb hisoblashadi. 
Insonning bo'y 
basti, gavda yo'g'onligi bilan 
jinsiy a'zo uzunligi orasida 
bog'liqlik kuzatilmaydi. 
Saboq.org saytidan olingan 
Ayollar qinining uzunligi 6-8 
sm, ba'zida 12 smni tashkil 
qiladi. 60% ayollarga olat 
katta- kichikligini ahamiyati 
bor ekan -Sovershennaya 
jenshina jurnali so`rovnomasi 
natijalari. Hayvonlarga 
nisbatan, inson zakari, o`zini 
uzunligiga nisbatan ancha 
qalin. Ayolga lazzatlanishni 
aynan qalinligi taqdim etadi. 
Qalin olat, qinni pastki 
qismlarini yaxshilab ocha 
oladi, shuni hisobiga yaxshi 
taqaladi va ayolda 
qo`zg`alishni yanada 
kuchaytiradi. Uzun olat 
urug`lantirish uchun qulay. 
Sperma ancha chuqurga 
tushadi, shu bilan birga 
tuxum hujayragacha bo`lgan 
masofa qisqaradi.

ERKAKLARGA KERAKLI MA'LUMOT.

Erkak kishining urug'i pensilen 
shishchaga olninadi. Suyuqlik 
darhol piyoladagi issiq suvga 
solinadi, urug'lar hammasi suv 
ustida o'ynab yursa - o'lik 
urug'lar hisoblanadi, urug'lar 
suvga qo'shilib quyuq holga 
kelsa ham - o'likdir. Urug'lar 
suvning ostiga cho'kkan 
bo'lsagina, ular sog'lom, 
farzand 
ko'rishga ishonch bor.

ERKAK VA AYOLLARNING JINSIY A’ZOLARI

Erkaklar jinsiy a’zolari 
ayollarnikiga qaraganda sodda 
tuzilgan bo’lib, maxsus 
xaltachaga joylashgan ikkita 
moyakdan iborat. Har qaysi 
moyak o’zining kichkina 
rezervuari bilan urug‘li pufakcha 
distshshyator, epidimislardan 
tashkil toptan. Undan prostata 
beziga yo‘l bo‘lib, prostota bezi 
gidravlik naycha orqali urug‘ni 
olatga yetkazib beruvchi nasos 
vazifasini o‘taydi. Ayollar jinsiy 
a’zosi birmuncha murakkab 
tuzilgan bo‘lib, tuxumdondan 
boshlanadi. Pishib yetilgan tuxum 
follopiyev naychalari yordamida 
bachadon tomon intiladi. Tabiat 
mo‘jizasi bo‘lmish ayolar 
bachadoni shunday tuzilganki, u 
homilani ardoqlab ulg’aytiradi va 
uni yorug‘ dunyoga kelguniga 
qadar har tarafdan shakllantirib, 
barkamol holatga yetkazadi. 
Bachadonnig boshqa tomonida 
jinsiy qin bo’lib, u bachadon bilan 
tashqi tanosil organlar o‘rtasida 
joylashgan. U qizlik pardasining 
orqasidan boshlanib, bachadon 
bo‘yniga borib tugaydi. U yerda 
maxsus suyuqlik ishlab 
chiqaruvchi bezlar bo‘lib, jinsiy 
yaqinlik vaqtida ishlab 
chiqarilgan suyuqlik olatning 
bemalol ishqalanib 
harakatlanishiga yordam beradi. 
Shuningdek, bu qin mushaklar 
bilan ham ta’minlangan. Bu 
mushaklar olatni mahkam ushlab 
siqish qobiliyatiga, pulsatsiyaga 
ega, shu bilan birga, erkaklar 
urug‘ining bachadonga tomon 
harakatini ta’minlaydi. Qindan 
tashqarida qizlik pardasi bo‘lib, u 
har xil ko‘rinishdagi tuzilishga 
ega. U birinchi jinsiy yaqinlikdan 
keyin yirtilib, keyinchalik 
rudiment holatga o‘tadi. Lotin 
tibbiy tilida hymer deyiladi. Qin 
darvozasida qin bo‘shlig‘iga 
qaragan holda joylashgan. Uning 
yon tomonlari qin devorlari bilan, 
oldinda siydik chiqaruv kapali, 
orqa tomondan esa maxsus 
chuqurcha bilan chegaralangan. Saboq.Org saytidan olingan. Qizlik pardasining erkin tomon 
yuzasi tekis, tulqinsimon yoki 
ko‘pgina turli chuqurlikdagi 
chuqurchalardan iboratdir. Qizlik 
pardasi homila ona qornida 19 
haftalik bo‘lganda shakllanadi. 
Qizlik pardasi birinchi jinsiy 
yaqinlikda yirtiladi. Uning yorilishi 
ikki tomonlama bo‘ladi. Yangi 
yorilgay qizlik pardasining 
chetlari shishgan va qizargan 
bo‘lib, sal qonlanib turadi. Agar 
shu vaqtda qizlik pardasini 
yorilgan yeriga tegilsa og‘riq 
beradi. Yorilgan yerning bitgan 
yangi xo‘jayralar paydo bo’lishi 
bilan (granulyatsiya) bo‘lib, uning 
asosida oqargan qalin chandiq 
paydo bo‘ladi. Qizlik pardasining 
bitishi 7-10 kun, ba’zan esa 
undan ko‘proq vaqt davom etishi 
mumkin. Qizlik pardasi quyidagi 
shakllarda uchraydi: 1. 
Uzuksimon shakli - bu shakldagi 
qizlik pardasining o‘rtasida 
uzuksimon teshik bo‘ladi. Bunday 
tuzilishdagi ko‘pchilik ayollarda 
bo‘ladi. 2. Ikki teshiklik qizlik 
pardasi. Bunday tuzilishida qizlik 
pardada devor bilan ajralgan 
ikkita teshik mavjud bo’ladi. 3. 
Orolchali shakli - bunda qizlik 
pardasining turli yerida embrion 
qoldiqli usimtalar bo‘ladi. 4. Ikki 
pallali qizlik pardasi - pallalar 
o‘rtasida maxsus tuzilma bo‘lib, 
qizlik pardasi guyo oldinga turtib 
chiqqandek ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. 5. Yarim oysimon qizlik 
pardasi, u yarim oy shakliga ega 
bo‘lib, shoxga uxshab ko‘rinadi. 
Past joylashgan, yengil 
chuziluvchan ikki tabaqali 2,5-3 
sm diametrga ega bo‘lgan qizlik 
pardasi. Bunday ko‘rinishdagi 
qizlik pardasi jinsiy aloqa vaqtida 
yirtilmasdan, birinchi bola 
tug‘ilgan vaqtda yirtiladi. Qizlik 
pardasi 90-95% holda birinchi 
jinsiy aloqa vaqtida yirtiladi va bir 
oz qon ketish hodisasi kuzatiladi. 
Ba’zan bunday qon ketish 
uzoqqa chuzilishi mumkin, 
bunday holda darhol mutaxassis 
vrachga murojaat qilishga to‘g‘ri 
keladi. Qizlik pardasi yirtilganidan 
keyin, kuyov qizga 4-5 kun, kerak 
bo‘lsa bir hafta tinchlik berib, 
jinsiy aloqani tuxtatib turishi 
lozim. Aks holda, jinsiy aloqa 
og‘riqli bo‘lib, kelin bolaga azob 
berishi, natijada kelin jinsiy aloqa 
qilishdan qurqib, bezillab qolishi 
mumkin; Ikki jinsiy lablarning 
yuqoridan birlashgan qismida 
klitor joylashgan bo‘lib, uning 
kattaligi danakdek keladi. Klitor 
qon tomirlari va asab tolalariga 
boy va juda sezuvchandir. Bu a’zo 
qitiqlanganda ayolda juda kuchli 
shahvoniy hissiyot paydo bo’ladi. 
Ayollar guzalligini ko‘z-ko‘z 
qiluvchi a’zolar ularning bejirim 
soni, ko‘kragi va orqasiing pastki 
qismida joylashgan miked 
rombasini tashkil qiluvchi 4 dona 
chuqurchasidir. Ayol zotining 
bunday surati tabiat atalmish 
haykaltarosh tomonidan 
nihoyatda go‘zal qilib chizilgan. 
Bu manzara er kishida shahvoniy 
hissiyotni junbushga keltiradi.

BACHADON BO'YNI EROZIYASI

1. Bachadon bo'yni eroziyasi faqat 
tuqqan ayollarda bo'ladimi? 
Yo'q, bachadon bo'yni eroziyasi 
yosh qizlarda ham namoyon 
bo'lishi mumkin. Lekin bu haqiqiy 
eroziya bo'lmay, balki 
adasheroziya hisoblanadi. 
2. Adash eroziya sog'liq uchun 
zararli emasmi? 
Agar uning darajasi yuqori 
bo'lmasa, oddiy davolanish yetarli 
bo'ladi. Lekin adasheroziya ayol 
qinigacha tarqalib ketgan bo'lsa, u 
hol onkologik jarayonni 
boshlanayotganidan dalolat 
berishi mumkin. 
3. Bachadon bo'yni eroziyasini 
qanday bilsa bo'ladi? 
Agar hayzdan tashqari bo'lgan 
payt ayolda qon chiqishi kuzatilsa, 
ayniqsa jinsiy aloqadan so'ng u 
kuchaysa darhol vrachga murojaat 
qilish kerak. Lekin ko'p hollarda 
eroziya hech qanday alomatsiz 
ham kechishi mumkin. Shuning 
uchun 1 yilda bir marta ginekolog 
qabulida bo'lish kerak. 
4. Eroziyaning salbiy oqibatlari 
qanday? 
Eroziya ko'pincha yallig'lanish 
natijasida kelib chiqadi. 
Yallig'lanishga turli hil infeksiyalar 
olib keladi. Bu infeksiyalarni 
vaqtida davolamasa, bachadon 
bo'yni patologik kasalliklari kelib 
chiqishi mumkin. 
5. Eroziyani davolash usullari 
qanday? 
- kimyoviy usul: azot bilan 
kuydirish, radioto'lqinlik ta'sir. 
- operasiya usuli: bunda bachadon 
bo'yni eroziyaga uchragan qismi 
olib tashlanadi. 
- elektrkuydirish 
- lazerli kuydirish 
Shuni ta'kidlash lozimki davolash 
usullarini ayrimlari tug'magan 
ayollar uchun xavfli, chunki 
bachadon bo'yni kuydirilgandan 
so'ng iz qoladi, bu esa erkak 
spermatazoidi bachadon tomon 
oson o'tishi uchun to'sqinlik 
ko'rsatishi mumkin. 
6. Eroziya bepushtlik sababchisi 
bo'lishi mumkinmi? 
Ha, ko'pincha bachadon bo'yni 
eroziyasi davolangandan so'ng tez 
homilador bo'lish imkkoniyati bor. Saboq.Org saytidan olingan. Lekin davolanishni maxsus 
ginekolog amalga oshirish kerak, 
chunki yuqorida aytganimizdek 
ayrim davolash usullari 
homiladorlikka to'sqinlik qilishi 
mumkin. 
7. Eroziya bo'lishiga nima sabab 
bo'ladi? 
- Abort ko'p qilingan bo'lsa; 
- Jinsiy hayot juda erta boshlangan 
bo'lsa; 
- Jinsiy infeksiyalar; 
- Noto'g'ri kontrasepsiya; 
- Gormonal balansning buzulgani; 
- Tug'ishdan so'ng yirtilish; 
- Jinsiy a'zolarning 
shikkastlangani.

KO'KRAK OG'RISHI-MASTOPATIYA

Mastopatiya - ayol ko'krak bezi 
to'qimalaridagi o'zgarishdir. 
Mastopatiya sababi 
Mastopatiyaning asosiy 
sababi ayol gormonal tizimidagi 
buzulish hisoblanadi. 
Ayol organizmida har oy gormonal 
o'zgarishlar siklik ravishda bo'lib 
o'tadi. Bu siklik jarayon buzulsa, 
ko'krak bezida o'zgarishlar, ya'ni 
mastopatiya vujudga kelishi 
mumkin. 
Gormonal sikl buzulishiga nima 
olib kelishi mumkin: 
1. Bachadon va bachadon oldi 
yo'llar yallig'lanishi; 
2. Ona avlodida bunday 
kasallikning mavjudligi; 
3. Qolqonsimon bez kasalliklari; 
4. Jigar va o't pufagi kasalliklari; 
5. Diabet, semirish; 
6. Organizmda yod moddasining 
yetishmovchiligi; 
7. Stress, depressiya, noregulyar 
jinsiy hayot; 
8. Abort, ko'krak bezi shikasti, 
alkogol, chekish, radiasiya; 
9. Homilador bo'lmaslik yoki 
kechki homiladorlik ; 
10. Emizish davrining qisqaligi; 
11. Xayzning kech yoki erta kelishi. 
Mastopatiya simptomlari 
Mastopatiyaning asosiy simptomi 
bo'lib, ko'krakdagi aniq 
seziladigan shishlar hisoblanadi. Saboq.Org saytidan olingan. Ayrim hollarda ko'krakdan qon 
ko'rinishidagi suyuqlik chiqishi 
kuzatilishi mumkin (rak kasalligi 
yoki ko'krak bezlarining jiddiy 
kasalliklari haqida dalolat beruvchi 
simptom). 
Odatda shishlarga ayhollar 
ahamiyat bermay yuradilar. Bu 
shishlar ko'pincha xayz 
boshlanishidan 2-3 kun oldingina 
og'riq berishi mumkin, keyin 
og'riq sezilmaydi. Ayrim hollarda 
og'riq qo'lga va yelkaga ham 
tarqalib, mastopatiyaning og'ir 
ko'rinishi yuzaga kelganidan 
dalolat beradi. 
Mastopatiya diagnostikasi 
To'qson foiz holatda 
mastopatiyani ayolning o'zi 
belgilay oladi. Agar siz 
ko'kragingizda shishlarning 
mavjudligini yoki ko'krak og'rig'ini 
sezib tursangiz darhol vrachga 
murojaat qiling. Erta aniqlangan 
kasallikni davolash osonroq 
bo'ladi. 
Mastopatiyani davolash 
Asosan mastopatiya gormonlar va 
nogormonal usullar bilan 
davolalandi. Bu usulning har biri 
kasallikning hususiyatiga va 
boshqa bir qator faktorlarga 
qarab belgilanadi. Davolashning 
asosiy maqsadi organizmdagi 
gormonal buzulish sababini yoq 
qilishdan iborat. 
Mastopatiyaning o'tib ketgan 
ko'rinishi jarroxlik yo'li bilan 
davolanadi. 
Mastopatiyani oldini olish 
Birinchi navbatda sog'lom 
turmush kechirish; 
Yodning moddasining 
organizmga yetarlicha kelib 
tushishini ta'minlash; 
Jismoniy mashg'ulotlar bilan 
shug'ullanish; 
Stressdan holi bo'lish; 
Ko'krakka shikast yetkazmaslik; 
Muntazam ravishda ko'krakni 
tekshirib turish (shishlar bor-mi, 
yo'qmi?); 
Bir yilda 2 marta vrach 
nazoratiga borish.

BACHADON MIOMASI

Yaqin kunlargacha ayolga 
bachadon miomasi tashxisi 
qo'yilsa, "unda rak jarayoni 
boshlandi" deb ta'kidlanib, 
miomani keltrigan shishlar 
bachadon bilan birga olib 
tashlanar edi. Lekin 90-yillarga 
kelib bu kasallikga, ya'ni 
bachadongagi shishlarning paydo 
bo'lishiga oddiy ortiq kabi 
qaraladigan bo'ldi. Bu shishlar rak 
boshlanishiga olib kelmasligi 
isbotlandi. 
Undan tashqari oldin bachadon 
miomasi ayollarning 30% 
uchragan bo'lsa, 
hozirgi kunda 30 yoshdan oshgan 
ayollarning 80% da bachadon 
miomasi kasalligi mavjudligi 
aniqlandi. 
Bachadson miomasi ko'pincha 
simptomlarsiz o'tadi. Shuning 
uchun ko'pchilik mioma 
mavjudligi haqida bexabar bo'ladi. 
Bachadon miomasi ko'p tuqqan va 
bolasini ko'kragi bilan emizgan 
ayollarda kam uchraydi. 
Bachadon miomasi kelib 
chiqishiga nima sabab bo'lishi 
mumkin? 
Ayolning gormonal foni normada 
emasligi (estrogenlarning ko'pligi, 
progesteron ishlab chiqilishi 
sustligi va hokazo); 
Bachadon miomasi asta sekinlik 
bilan bachadonda juda kichik 
shishlarning paydo bo'lishidan 
boshlanadi. Bu shishlarni 
rivojlanib ketishiga quyidagilar 
ta'sir ko'rsatishi mumkin: 
Abort; 
Xayz kelish muddatlarining 
buzulishi; 
Adenomioz; 
Ayol organizmidagi gormonal 
buzulishlar; 
Yurak-tomir tizimining ayrim 
kasalliklari; 
anemiya ; 
Ortiqcha semirish; 
Jarrohlik aralashuv (bachadonni 
tozalash, bachadon operatsiyasi); 
Endometrioz. Saboq.Org saytidan olingan. Bachadon miomasini qanday 
aniqlash mumkin? 
Ultratovushli diagnostika(UTD) 
orqali miomani keltirib 
chiqaruvchi bachadondagi kichik 
shishlarni aniq diagnostika qilish 
mumkin. Bunda shishlar tufayli 
bachadon hajmi o'zgargani uchun 
shishlarni razmeri hafta bilan 
o'lchanadi. Ya'ni xomilaning 
nechanchi haftasiga shishlar 
rameri mos kelishiga qarab "7-8 
haftalik" yoki o'tib ketgan hollarda 
"12 haftalik" shish deb ataladi. 
Shishlarni xali o'smasdan turib 
diagnostika qilish uchun 
ginekologga muntazam ravishda 
qatnash lozim. 
Bachadon miomasini davolash 
usullari: 
Dori yordamida davolash; 
Bachadon arteriyalarini 
embolizatsiyalash (bachadondagi 
shishlarni qon bilan ta'minlovchi 
yo'lni yo'q qilish) 
Shishlarni konservativ yo'q qilish 
(laporoskopiya); 
Kuchli ultratovushli davolash; 
Bachadonni olib tashlash. 
Vaqtida aniqlangan razmeri 
2-2.5 sm dan oshmagan 
bachadon shishlarini oddiy 
gormonal davolash bilan yo'q 
qilish mumkin. Shuning uchun 
kasallikni o'tkazib yubormaslik uni 
davolashda yengillik yaratadi. 
Bachadon miomasini oldini olish 
uchun: 
Yilda bir marta bachadonni UTD 
qilish lozim; 
Kichik bo'lsada shishlar 
aniqlangan holda darhol 
davolanish; 
Muntazam ravishda ginekolog 
ko'rigida bo'lish. 
Tibbiyot fanlar nomzodi, 
akusher-ginekolog 
Lubnin D. M maqolasi tarjimasi

SISTIT

Sistit - bu siydik pufagi va siydik 
yo'llarining yallig'lanishidir. 
Afsuski, sistit tez-tez uchrab 
turadigan kasallik bo'lib, ayolga 
ko'plab muammolar yaratib 
berishi mumkin. Aslida jiddiy 
bo'lmagan bu kasallik tezda 
surunkali shaklga o'tib qolish xavfi 
borligi tufayli uni vaqtida 
davolashga jiddiy yondashish 
talab etiladi. 
Alomatlari: 

Siyish jarayonida achish; 
Tez-tez siyish qistashi; 
Siyishning qistashi kuchli bo'la 
turib, bir-ikki tomchidan ko'proq 
siya olmaslik; 
Siydikka qon aralashishi. 
Sababi: 
Siydik pufagini yetarlicha 
bo'shatmay, siydikni uzoq vaqt 
mobaynida ushlab yurish; 
Tozalikka rioya qilmasdan 
yurish. Ichki kiyim, tualetning 
kirligi va noto'g'ri gigiena; 
Shikast: jinsiy a'zolardagi 
arzimagan shikastlanish, 
timdalanish natijasida bakteriyalar 
ko'payib sistitga olib kelishi 
mumkin; 
Jinsiy aloqaning haddan 
tashqari ko'pligi; 
Homiladorlik : homiladorlik 
davrida ayolning asab tizimi va 
immuniteti pasaygan bo'lishi 
mumkin, bu esa sistitga olib 
kelishi mumkin; 
Klimaksdan so'nggi davr 
boshlanishi, bu davrda ayol 
organizmida keskin gormonal 
o'zgarishlar sodir bo'ladi; 
Asablarning buzulishi, stress, 
charchov. Saboq.Org saytidan olingan. Davolanishi: 
Sistit davolanishning asosiy 
tamoyili tez-tez ko'p miqdorda 
siyish orqali siydik pufagini 
tozalash. Buning uchun siydik 
chiqaruvchi vositalardan damlab 
ichish tavsiya etiladi: 
Namatak damlamasi; 
Maxsus buyrak choylari; 
Tarvuz; 
Ko'k choy; 
Brusnika barglari damlamasi 
(nafaqat siydik chiqaradi balki 
antibakterial xususiyatga ham 
ega); 
Klyukva sharbati (sistitni 
davolashda uni oldini olishda eng 
yaxshi vosita). 
Odatda sistit belgilari 
ko'ringanidan boshlab yuqoridagi 
damlamalardan kuniga kamida 3 
litr ichilib, oyoq issiq yung paypoq 
yoki adyolga o'ralib, qorin past 
qismiga dumba yog' surilib dam 
olinsa, kasallik 3-4 kunda yo'q 
bo'ladi. 
Agar kasallik cho'zilayotgan bo'lsa, 
u holda shifokor bilan 
maslahatlashgan holda 
antibakterial dori vositalarni ichish 
talab etiladi. 
Afsuski 
sistitning 
surunkali xili 
mavjud bo'lib, u 
yilda bir necha 
bor qaytarilib 
turishi bilan 
oddiy sistitdan 
farqlanadi. 
Surunkali sistitni 
faqat shifokor 
maslahati bilan 
davolash lozim. 
Sistitni oldini olish 
1. Jinsiy aloqadan so'ng albatta, 
kuchanib bo'lsa ham siyish; 
2. Jinsiy aloqadan so'ng yuvinish; 
3. Vitamin C ga boy mahsulotlarni 
ko'p iste'mol qilish; 
4. Agar sistit tez-tez qaytarilib 
turadigan bo'lsa, klyukva 
sharbatini har kuni ichib yurish; 
5. Gigienaga rioya qilish; 
6. Najasni jinsiy a'zolarga tegib 
ketmasligini ta'minlash; 
7. Siyish qistaganda albatta siyish; 
8. Kuniga kamida 8 soat uxlash; 
Homiladorlik davrida sistitga 
ehtiyot bo'lish kerak, chunki 
buyrakka o'tib ketish ehtimoli 
katta.

BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK

Bachadondan tashqari 
homiladorlik ayol organizmi 
uchun juda xavfli holat bo'lib, uni 
vaqtida aniqlash juda muhim. 
Normal homiladorlik qanday 
boshlanadi: 
Normal homiladorlik 
boshlanishida ayolning 
urug'landan tuxumi bachadon 
yo'llari bo'ylab bachadonga tushib 
u yerda joylashadi. Bu jarayon 
"implantasiya" deb ataladi. Ba'zida 
bu jarayon noto'g'ri kechishi 
mumkin bo'ladi. Shunda 
urug'langan tuxum bachadonda 
emas, balki bachadon yo'llarida, 
qorin bo'shlig'ida yoki kam 
uchraydigan holat tuxumndonda 
joylashib oladi. Ana shunday 
holatni bachadondan tashqari 
homiladorlik deb atashadi. 
Bachadondan tashqari 
homiladorlik alomatlari: 
Bachadondan tashqari 
homiladorlik oddiy homiladorlik 
alomatlari singari hayz kelish 
muddatining kechikishi bilan 
namoyon bo'ladi. Faqat 
qo'shimcha ravishda qindan 
qizg'ish ajralmalar chiqishi 
kuzatiladi (ba'zida shu ajralmalar 
oddiy homiladorlikda vujudga 
kelishi mumkin bo'lgan homila 
tushishi alomati ham bo'lishi 
mumkin). Yoki hayz vaqtida keladi, 
lekin qon chiqish miqdori 
odatdagidan ko'ra juda sust 
bo'ladi. 
Bachadondan tashqari 
homiladorlikning yana bir alomati 
og'riq. Og'riqlar qorinning past 
qismida bo'lib, urug'langan tuxum 
joylashib olgan tomonda keskin 
bo'ladi. Og'riq zirqiraydigan 
bo'ladi. 
Bachadondan tashqari 
homiladorlik vaqtida aniqlanib 
bartaraf etilmasa, bachadon 
yo'llariga joylashgan urug'langan 
tuxum o'sa boshlaydi, shunda 
bachadon singari kattalashishga 
mo'ljallanmagan bachadon yo'llari 
yorilib ketadi. Natijada qorin 
bo'shlig'ida qon ketishi, ayolning 
xushdan ketishi, qattiq og'riqlar 
paydo bo'lishi kuzatiladi. Shu holat 
tezkor jarrohlik yordam 
ko'rsatishni talab etadi. Saboq.Org saytidan olingan. Bachadondan tashqari 
homiladorlik sabablari: 
Asosiy sababga ayolning kichik toz 
va jinsiy a'zolarda o'tkazilgan 
yallig'lanish kiradi. Bunda 
bachadon yo'llarining faoliyati 
buzulib, urug'langan tuxumni 
bachadon tomon o'tkaza olish 
qobiliyati yo'qolgan bo'ladi. 
Shunda implantasiya 
bachadondan tashqarida ro'y 
beradi. 
Urug'langan tuxumning 
hususiyatining o'zgarishi yoki 
jinsiy a'zolarning anotomik 
hususiyatlari: bachadon 
yo'llarining juda uzun yoki egilgan 
bo'lishi, jinsiy a'zolarning o'sishida 
yetilmay qolgani (infantilizm) 
bachadondan tashqari 
homiladorlikning yana bir 
sababidir. 
Urug'lantirish sun'iy ravishda 
amalga oshirilgani (EKO) yoki 
ovulyasiya stimulyasiya qilingani 
ham ba'zida bachadondan 
tashqari homiladorlikka olib 
keladi. 
Agar ayolda bachadondan 
tashqari homiladorlikka shubha 
paydo bo'lgan bo'lsa, darhol 
shifokorga uchrab Ultra tovushli 
diagnostika tekshiruvi yoki qon 
tekshiruvini amalga oshirish lozim. 
Bachadondan tashqari 
homiladorlik aniqlansa, u holda 
laporoskopik yo'l (maxsus 
operasiya) bilan urug'langan 
tuxum olib tashlanadi va 
bachadon yo'llari plastik jarrohlik 
yo'li yordamida qayta tiklanadi. 
Undan keyin ayol kamida 6 oy 
davomida homilador bo'lmasligi 
va keyingi homiladorlik yuz 
berishidan oldin o'z salomatligini 
tiklab olishi tavsiya etiladi.

HAYZ NEGA KECHIKISHI MUMKIN?

Homiladorlikni kutayotgan ayolda 
hayz kechikayotganligi haqidagi 
xayol o'rnini hech narsa bosa 
olmasa kerak. Nahotki 
homiladorman? Lekin hayz 
kechikishiga nafaqat 
homiladorlik , balki boshqa 
faktorlar ham sababchi bo'lishi 
mumkin ekan. 
1. Stress 
Stress hayotimizdagi ko'p narsaga 
ta'sir etishi mumkin. Shu qatorda 
hayz siklining buzilishiga ham. 
Ba'zida biz shunday kuchli siqilib 
stress olishimiz mumkinki, 
organizmda GnRH gormoni 
miqdori ko'payib ovulyasiya 
bo'lmasligi yoki hayz kelmasligiga 
olib kelishi mumkin. Stress holati 
o'tganda, hayz sikli odatda 
normallashadi. 
2. Kasallik 
Og'ir yoki uzoq vaqt davom etgan 
kasallik ham hayz kelmasligini 
keltirib chiqarishi mumkin. Bu 
vaqtinchalik muammo bo'lib, 
kasallik davolangandan so'ng hayz 
sikli yana normaga tushadi. 
3. Vaqt o'zgarishi 
Ma'lum bir mamlakatdan boshqa 
mamlakatda tez-tez safarga borib 
turgan ayollarda ham hayz sikli 
buzilishi mumkin. bir mamlakatda 
tun bo'lib, boshqa mamlakatda 
shu payt kun bo'lishi ayol 
organizmi soatlarini biroz 
adashtirib yuboradi. Natijada 
kutilayotgan hayz sikli 
boshlanmaydi. 
4. Dori vositalari 
Ba'zi dorilarning ta'siri natijasida 
hayz sikli o'zgarib ketishi yoki 
hayz umuman kelmasligi mumkin. 
Agar siz yangi dori vositasini 
qabul qilayotgan bo'lib, hayz 
siklingiz buzilib yoki hayz kuni 
kechikayotgan bo'lsa, u holda 
ichayotgan dorini almashtirish 
yoki to'xtatish to'g'risida shifokor 
bilan maslahatlashish talab etiladi. 
5. Semirish 
Vaznning ortishi organizmda 
ma'lum gormonal o'zgarishlarni 
yuzaga keltiradi. Ortiqcha vazn 
natijasida hayz sikli buzilishi yoki 
umuman kelmasligi ham mumkin. 
Ko'pincha ayol ozishi natijasida 
ayz siklini normaga qaytadi. 
6. Ozib ketish 
Keskin va qisqa vaqt ichida ozish 
natijasida hayz sikli normadan 
chiqib ketishi mumkin. 
7. Menopauzadan oldin 
Bu davr ayolning tug'ish yoshidan 
tug'maydigan yoshga o'tadigan 
davrga aytiladi. Saboq.Org saytidan olingan. Bunda hayz 
miqdori kamaygan bo'lib, 
davomiyligi qizqara boshlaydi. 
Undan tashqari hayz sikllar soni 
ham kamayib boradi. 
8. Menopauza 
Menopauza davrida ayol hayz ham 
ko'rmaydi ovulyatsiya ham yuz 
bermaydi. Menopauza tabiiy 
ravishda ayolning yoshi 50dan 
oshganda va ba'zi kimyoviy 
operatsiyalar tufayli boshlanadi. 
9. Adashish 
Hayz sikli har xil ayolda turlicha 
bo'ladi. Norma deb qabul qilingan 
28 kunlik sikl hammada ham 
uchramaydi. Bir ayolda 26 kunlik 
sikl bo'lsa, boshqa ayolda hayz har 
32 kunda ham kelishi mumkin. 
Ikkala holat ham normal 
hisoblanadi. Shuning uchun 
ba'zida ayol siklni noto'g'ri 
hisoblashi tufayli hayz kelishi 
kechikkandek tuyulishi mumkin. 
10. Homiladorlik 
Nihoyat hayz kelmayotganligining 
yana bir sababi - homiladorlikdir. 
Aynan homiladoroik yuz berganda 
hayz kelmaydi.

Sahifalar: « 1 2 3 4 5 6 »
Bizda Barcha Fayllar TAS-IX Formatda!!!