NewMusicUz.COM | Media Markaz!!!
Quvnoq CHat
Diqqat Savol!
QAYSI XONANDALARNI QOSHIGINI KOPROQ TINGLAYSIZ?


Xamma Javoblar: 1094
Davomat
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Foydalanuchi
Mehmin
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
КИЗЛИК ПАРДА.

Кизлик пардаси одатда 5-6 см 
ичкарида булади. Кизлар 
узлари узиникини текшираман 
деб уни йиртиб юборищи 
мумкин. Парда уртаси одатда 
тешик б- ди хайз вактида 
бачадондан кон чикиб кетиши 
учун. агар тешик бумаса киз 1- 
марта хайз кура бошлаганида 
кон чикиб кетмайди натижада 
бачадонда харом кон йигилиб 
туради. Маълум вакт утгач 
коринда огрик пайдо булади 
бунга тиббиётда 
гематоколмпас ва 
гематометрия деб айтилади. Хазон.ру сайтидан олинган. буни даволашда шифокорлар 
кизлик пардасини кесиб 
очишади. Бошка илож йук. 
Лекин врачлар бунга справка 
беришади. Табиий йук 
булишини эшитмаганман ва 
укимаганман Куп холларда киз 
булса оч кизил (артериал) кон 
тикилган булса тук кизил кон 
окади. Конни куп озлиги хар 
кимда хар хил.

HOMILADORLIK TAQVIMI- HOMILADORLIKNING 34 HAFTASI

Onaning holati 
Endi Brekston Xiks tug'luqlari 
muntazamlashmoqda. Bu og'riqlar 
bachadonning yuqori qismida 
boshlanib keyin past tomonga 
yoyilib yo'q bo'ladi. Ba'zi ayollar bu 
haqiqiy tug'luqlar deb bezovta 
bo'ladilar. Lekin ularning haqiqiy 
tug'luqlardan farqi ular tez tugab, 
yaqin orada qaytmaydi. 
Agar suv ketib qolsa, ya'ni qindan 
tiniq suv ajralishi namoyon bo'lsa, 
bu tug'ish jarayoni 
boshlanganidan dalolat beradi. 
Homiladorlikning bu davrida 
ko'pincha ultra tovushli 
diagnostika qilinadi. Bunda 
bolaning joylashuvi, homila oldi 
suvlar miqdori, yo'ldoshning holati 
va uning yetukligi aniqlanadi. 
Bolaning holati 
Bolaning uzunligi 42 sm 
Og'irligi 200 gr 
Bolaning boshidagi sochlari 
qalinlashgan, lekin ularning rangi 
bola kattaroq bo'lganidagi 
rangdan farq qiladi. Uning momiq 
tuklari deyarli to'kilib bo'lgan, lekin 
yangi chaqaloq moyi miqdori 
ko'payib bormoqda. 
Bolaning buyrak usti bezlari 
kattalarnikiga nisbatan 10 
barobar ko'proq steroid 
gormonini ishlab chiqmoda. Bu 
gormon laktasiya, ya'ni ona 
ko'kragiga sut kelishini 
ta'minlaydi. Undan tashqari 
bolaning buyrak usti bezlari 
razmeri ham xuddi kattalarniki 
singari bo'ladi, faqat tug'ilganidan 
so'ng ular kichiklashadi. 
Bola o'z suyaklarini o'stirish 
maqsadida sizdan kalsiyni 
olmoqda. 
Agar bola ushbu davrda tug'ilib 
qolsa, uni muddatidan oldin 
tug'ilgan degandan ko'ra vaqtida 
tug'ilgan deb atashadi. Chunki 
uning o'zi va o'pka to'qimalari 
barkamol rivojlangan. Bu davrda 
tug'ilgan bolalar mustaqil nafas 
oladilar va hech qanday intensiv 
ko'rikka muhtoj bo'lmaydilar. 
Shifokorlar talab etilsa, bolaning 
o'pkasi rivojlanganligi darajasini 
homila pufagini punksiya qilib 
surfaktant miqdoridan aniqlasalar 
bo'ladi. Bunday muolaja 
muddatidan oldin tug'ilish 
ehtimoli katta bo'lgandagina 
amalga oshiriladi. 
Bola bachadonda tiqilgan bo'lib, u 
holatini deyarli o'zgartira olmaydi. 
Ko'pincha u boshi bilan onaning 
qin tomoniga qaragan bo'lib 
joylashgan bo'ladi. 
Uning teri rangi ancha 
ochlashgan. Tirnoqlari barmoq 
uchidan chiqib turmoqda. Oyoq va 
qo'llaridan har bir inson uchun 
yagona jimjimador bezak 
shakllangan. Endi uning quloqlari 
boshidan ajralib turibdi, oldin ular 
boshga yopishgan edi.

HOMILADORLIK TAQVIMI- HOMILADORLIKNING 35 HAFTASI

Onaning holati 
Sizning qorningiz ko'krak 
qafasingizni siqishni 
boshlamoqda, sizga nafas olish va 
ovqatni hazm qilish borgan sari 
qiyinlashmoqda. Kun mobaynida 
tez-tez oz-ozdan yeganingiz 
ma'qul. 
Ko'proq dam oling, shishlarni 
oldini olish maqsadida uzoq vaqt 
davomida o'tirgan yoki turgan 
holatda bo'lmang. Agar uzoq 
yo'lga mashinada ketayotgan 
bo'lsangiz, orada toza havoga 
chiqib mushaklaringizni u'qalab 
qo'ying. Hozir sizni uyqusizlik yoki 
uyqu bilan bog'liq muammolar 
bezovta qilishi mumkin. Kechasi 
uyquga ketolmaslik yoki yaxshi 
uxlab qolib keyin tun orasida 
uyg'onib qayta uxlolmaslik, 
uyquning chuqur bo'lmasligi, tuni 
bilan g'imirlab joy topa 
olmasligingiz sizni qiynab 
yuborishi mumkin. Bu 
muammolarni hal qilish 
maqsadida uxlatadgan dori 
vositalaridan aslo icha ko'rmang. 
Bu yoqimsiz holatni sizni tabiat 
ona bo'lganingizdagi bo'lajak 
uyqusiz tunlarga tayyorlamoqda 
deb o'ylang. Undan tashqari 
siydikning tez-tez qistashi va 
beldagi og'riqlar ham sizni chuqur 
uyquga ketishingizga xalaqit 
qiladi. 
Homiladorlik davrida sizning 
qoriningiz shakli va kattaligi 
sizning bo'yingiz, og'irligingiz, 
suyaklaringiz yo'g'on yoki 
ingichkaligiga bog'liq. 
Bolaning holati 
Bolaning uzunligi 45 sm 
Og'irligi 2200-2220 gr 
Ushbu haftada bolaning tirnoqlari 
uning barmoq uchigacha o'sib 
qoldi. Uning tug'ilgan kunida 
tirnoqlari uzunligini ko'rishingiz 
mumkin bo'ladi. Uning yuzlarida 
esa shu tirnoqlarning arzimagan 
izlari bachadon davrini eslatib 
turadi. Uning barcha 
organlarining barkamollashuvi 
nihoyasiga yetmoqda. 
Bolaning teri osti yog' qatlamlari 
o'sishda davom etib, asosan yelka 
qismlarda ko'paymoqda: endi 
bolaning yelkalari dumaloqlashgan 
va yumshoq bo'lmoqda. Yangi 
tug'ilgan chaqaloqlarning 
hammasini ko'zi ko'kish rangda 
bo'ladi. Shu rang bola o'sgan sari 
uning irsiyatiga qarab o'zgarib 
ketadi. 
Bola chiqish yo'llariga 
yaqinlashishi natijasida sizning 
bachadoningiz bo'yni bir uzayib 
bir qisqarmoqda, bir kengayib bir 
toraymoqda. Bachadon bo'ynini 
torayishini latent davri deb ataladi. 
Tug'luq jarayoni va bachadon 
bo'ynini kengayishini aktiv davr 
deb ataladi. Oxirida o'tish davri 
ya'ni bachadon bo'ynini tug'ish 
jarayoniga tayyorlanib 10 sm ga 
ochilishiga aytiladi.

HOMILADORLIK TAQVIMI- HOMILADORLIKNING 36 HAFTASI

Onaning holati 
Bachadon yuqori qismi shundoq 
ko'krak tagida joylashgan. Nafas 
olish qiyinlashmoqda, gohida 
bolaning oyoqlari sizning 
qovurg'alaringizni tepkilab og'ritib 
qo'ymoqda. Endi sizning butun 
hayotingiz va xayolingiz bo'lajak 
onalik davri bilan bog'liq. 
Siz bu kunlarga kelib ancha 
charchagan bo'lishingiz mumkin, 
lekin buning mevasi sizning 
taqdiringiz, sizning hayot 
mazmuningiz - farzandingizdir. 
Qaysi tug'ruqxonada qanday yo'l 
bilan tug'ish haqida ginekolog 
bilan oldindan gaplashib oling. 
Endi siz tuqquningizcha ginekolog 
huzurida 1 haftada bir marta 
bo'lishingiz kerak bo'ladi. 
Ko'pchilik bolalar tug'ish yo'llari 
tomon boshi bilan joylashgan 
bo'ladilar. Lekin bolalarning 4 foizi 
tozi bilan tug'ilish tomonga 
qaragan holda joylashib olishi 
mumkin. Xavotir olmang. Bu 
haqda oldinroq biib oldingi 
haftalarda tavsiya etilgan 
mashg'ulotlarni amalga oshirib 
ko'ring. Ko'pincha bola boshi bilan 
ag'darilib oladi. 
Shu davrda ona ishlamay bo'lajak 
tug'ish jarayoniga jismonan va 
ruhan tayyorlanish tavsiya qilinadi. 
Agar bola hozir tug'ilib qolsa, u 
bemalol yashab ketadi. Bolaning 
boshi sizning tozingizga bosim 
berishi mumkin. Kattalashgan 
qorningiz sizning harakatlaringiz 
muvofiqligini buzmoqda, shuning 
uchun qaddingizni rostlab yurish 
haqida unutmang. 
Bola tug'ish yo'llari tomon 
pasaygani tufayli qorin oshqozon 
va diafragmani kamroq ezmoqda. 
Shuning uchun bu yog'iga 
jig'ildoq qaynashi, hansirash, 
ovqatni hazm qilish bilan bog'liq 
muammolar kamroq yuz beradi. 
Lekin siydik pufagiga bosim 
ortgani uchun siydik qistashi 
yanada tez-tez sizni bezovta qiladi. 
Uyqusizlik va og'ir yukingiz sizni 
juda charchatib qo'ygan bo'lishi 
mumkin. Tug'ruqxonaga olib 
boradigan narsalarni yig'ib 
oldindan tayyorlab qo'ying. 
Bola uchun barcha kerakli 
narsalarni tayyorlab 
qo'yganingizga amin bo'ling. 
Oyoqlaringizda tomirlarning 
kengayishi va shishlar vujudga 
kelmasligi uchun ularni doim 
gorizontal holatda ushlang. 
Emizish uchun maxsus 
byustgalterlar sotib oling. 
Tug'ruqxonaga olib ketadigan va 
tuqqandan keyin uyda kerak 
bo'ladigan oziq ovqatlarni 
ta'minlab qo'ying. 
O'ttiz oltinchi haftaga kelib 
onaning vazni 13 kgga oshgan 
bo'lishi optimal hisoblanib, 
tuqqandan keyin o'z vazningizga 
qiyinchilik tug'dirmaydi. 
Homiladorlikning 3 - trimestrida 
samolyotda uchishdan ehtiyot 
bo'lganingiz ma'qul. Agar 
muddatidan oldin tug'ruqlar 
boshlanib qosla, samolyotda 
muddatidan oldin tug'ilgan bolaga 
maxsus qarov berish uchun 
imkoniyat bo'lmaydi. 
Mashina yoki boshqa yer 
transportlaridagi sayohat sizga 
zarar keltirmadi. Faqat siz orada 
toza havoga chiqish 
imkoniyatingiz bo'lishi kerak va 
sayohat siz uchun yoqimli bo'lishi 
lozim. 
Bolaning holati 
Bolaning uzunligi 45-46 sm 
Og'irligi - 2300 gr 
Bolaning yuzi to'liqlashib silliqina 
bo'lib qoldi. Unda shiringina 
lo'njlari paydo bo'ldi. Bu lo'njlar 
teri osti yo'g qatlamining 
ko'payishi va bachadon ichida 
barmog'ini so'rishi natijasida 
vujudga keldi. Bolaning bosh 
suyagi hali yumshoq, u tug'ish 
jarayonida bola tug'ish yo'llaridan 
o'tayotganda biroz shakli 
o'zgaradi. Bu yoki keyingi 
haftadan boshlab bolangiz 
tug'ilish uchun astoyidil harakatini 
boshlaydi. 
Ultra tovushli diagnostika 
yordamida yoki shifokorning 
maxsus o'lchovlari yordamida 
bolaning taxminiy o'lchamlarini 
bilsa bo'ladi. 
Homiladorlikning 9-oyidan 
boshlab bola kuniga 14 gramdan 
28 grammgacha vazn 
oshirmoqda. Uning jigarida unga 
yangi hayotida kerak bo'ladigan 
temir moddasini ishlab 
chiqarmoqda. Temir moddasi 
uning qon ishlab chiqishini 
ta'minlaydi. Yelka va belini qoplab 
turuvchi momiq tuklar 
tug'ilguniga qadar yo'q bo'lib 
ketadi. 
Bola keskin o'sib bormoqda, 
bachadonda unga joy kamayib 
ketmoqda, uning harakatlari sizga 
aniq sezilmoqda. 
Agar bu sizning birinchi 
homiladorligingiz bo'lsa, u holda 
bolaning boshi toz sohasiga 
tushgan bo'lib, sizga osonroq 
nafas olishga yordam bermoqda. 
O'gil bolalarda tuxumdonlari aniq 
belgilandi.

O'LATNI UY SHAROITIDA KATTAYTIRISH.

Sir emaski 
ko'pchilik olatini yana 
ham kattaroq bulishini istaydi. 
Buning uchun zamonaviy 
tibbiyotda turli usullar ishlab 
chiqilgan. Bularning ko'pchiligi 
juda ham qimmat yoki juda ham 
murakkab hisoblanadi. 
Etiborizga oddiy samarali va uy 
sharoitida amalga oshirish 
mumkin bulgan usullardan 
birini 
havola etaman. Bu usul 
quydagicha:1)Yarim yalong'och 
holatda olatga brirorta krem 
yoki moysimon modda suriladi. 
2)Olat yarim qo'zg'algan holatga 
keltiriladi. 3)Bosh barmoq va 
ko'rsatkich barmoq bilan olat 
go'yo velosaped rulini 
tutgandek 
tutilib halqasimon siqiladi. 
3)hosil bo'lgan halqa olat 
tubidan boshiga qadar suriladi. 
4) birinchi qo'l olat boshiga 
yetgach ikkinchi qo'l olat 
tubidan oldingisi kabi tutiladi, 
shunda birinchi qo'l quyib 
yuborilib avvalgi holat 
takrorlanadi. Saboq.moy.su dan olingan. Bu usulni qo'laganda olat yarim 
tarang holatdan oshgan bulsa 
eniga, yarim tarang holatdan 
kam bo'lsa buyiga kattalashadi. 
Usul bilan Kamida 2 oy 
davomida 
shug'ullanish lozim. Haftada 3-4 
marta bajariladi. Eng muhumi 
chala qoldirmasdan tuliq 
bajarish lozim. Shunda asta 
sekin natijalar ko'zga 
tashlanadi. 
O'zingiz ham hayratda qolasiz

HOMILADORLIK TAQVIMI- HOMILADORLIKNING 37 HAFTASI

Onaning holati 
Shu hafta yoki keyingi haftalarda 
tug'ish alomatlari paydo bo'lishi 
mumkin. Bu degani bola boshi 
(agar uning holati boshi bilan 
pastga bo'lsa) bilan toz tomon 
tobora ko'proq tushganini 
bildiradi. 
Natijada sizga nafas olish 
osonlashadi, lekin siydik qistashi 
bolaning siydik pufagini ezishi 
tufayli ko'payadi. Tez-tez siyib 
siydik pufagingizni bo'shatib 
turing. 
Bola hozir juda tez o'sib 40- 
haftaga kelib uning oyoqlari 
sizning ko'krak qafasingizni taqab 
turadi. Homiladorlikning oxirgi 
davrlarini yodingizda ushlab 
qoling bu davrdan zavqlaning. 
Bolangizni sizning bag'ringizdagi 
qimirlashlarini eslab qoling, siz 
ularni hali sog'inasiz. 
Agar tug'ruq boshlanib qolsa, 
shifoxonaga borish 
imkoniyatingiz doim tayyor 
ekanligiga amin bo'ling, o'sha payt 
mashina topilmay qolsa, Tez 
yordam chaqiring. 
Homiladorlikning oxirgi 
haftalarida shifokor huzurida 
quyidagi testlar amalga oshiriladi: 
- vazn va qon bosimini o'lchash; 
- siydik analizlari; 
- bolaning yurak urishini aniqlash; 
- bachadon o'lchovlari; 
- bolaning razmeri va joylashgan 
holatini aniqlash; 
- onaning qo'l va oyoqlarida 
shishlar yo'ligiga amin bo'lish; 
- onani bezovta qiladigan 
savollarga javob olish. 
Bolaning holati 
Bolaning uzunligi - 48-50 sm 
Og'irligi - 2800 gr 
Bola tug'ilishga butunlay tayyor. 
Lekin u o'sish va rivojlanishda 
davom etmoqda. Yog'larning 
yig'ilishi kuniga kamida 14 
grammga ko'payib, miyasidagi 
mielin qatlamining paydo bo'lishi 
boshlanib, bolaning tug'ilganidan 
so'ng davom etib boradi. 
Agar bu sizning birinchi 
homiladorligingiz bo'lsa, siz 
homiladorlikning oxirgi 
muddatigacha borsangiz kerak. 
Agar bundan oldin tuqqan 
bo'lsangiz yoki egizaklarni 
bag'ringiz ostida ko'tarib yurgan 
bo'lsangiz, u holda tug'ish 37- 
haftada ham boshlanishi mumkin. 
Egizaklar o'rtacha 37-haftada 
tug'iladi. 
Bolaning burun va quloq tog'aylari 
biroz qattiqlashmoqda. Bolaning 
ona bag'ridagi oxirgi haftalarida 
tez uyqu davri (puls urushining 
tezlashishi, qon bosimining 
oshishi, mushak tonusining 
pasayishi) butun uyqu davrnining 
30-60% egallaydi. Qolgan davrni 
tinch uyqu (tinlanish) egallaydi.

HOMILADORLIK TAQVIMI- HOMILADORLIKNING 38 HAFTASI

Onaning holati 
Haqiqiy tug'luqlar boshlanishidan 
oldin siz aldamchi tug'luqlarga 
duch kelishingiz mumkin. Ular 
Brekston -Xiks tug'luqlaridan 
farqlanadi. Haiqiqiy tug'ish 
jarayoni boshlandimi, yo'qmi siz 
o'zingiz his eta olasiz. Ba'zi- 
ba'zida qorin va toz sohangizda 
keskin elektrik tok o'tgandek 
og'riqlar bolaning boshi tozda 
mahkamlanayotganidan va sizning 
asablaringizga tegib 
ketayotganidan dalolat beradi. 
Homiladorlikning oxirgi 
haftasidagi kichik bir noqulaylik 
qorinda striya cho'zilishning 
paydo bo'lishidir. Bu qizg'ish 
rangdagi chiziqlar bo'lib, qorin va 
bo'ksalarda namoyon bo'ladi. 
Shunday bo'ladiki, bugun uyquga 
ketganingizda yo'q bo'lib, ertasi 
kuni ertalabdan ular ko'p 
tarqalgan bo'lishi mumkin. 
Tuqqaningizdan keyin ular 
bunchalik ko'rinarli bo'lmay, rangi 
ochilib ketadi. 
Ko'kraklar hajmi og'irlashib 
ketgan. Ulardan og'iz suti ajralishi 
sizni ona bo'lishingizga 
tayyorlamoqda. 
Bolaning harakatlarini kuzatib 
yuring. Uzoq vaqt mobaynida bola 
qimirlamay qolsa, bu haqda 
shifokorga xabar bering. Bolaga 
hech narsa qilmagan bo'lsada, u 
qiynalayotgan bo'lishi mumkin. 
Qindan qon yoki suyuqlik ajralishi 
tug'ish jarayoni 
boshlanayotganidan dalolat 
beradi. Qon ajralishi esa biroz 
xavfliroq holat deb hisoblanadi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Bolaning holati 
Bolaning uzunligi 50 sm 
Og'irligi 2900 gr 
Homiladorlikning oxirgi haftasida 
bolaning ichaklarida hayot 
chiqindilari ozmuncha yig'ilib 
qolgan. Bu qora-yashil rangdagi 
modda mekoniy deb ataladi, uning 
tarkibi asosan qonning o'lgan 
to'qimalari, ichakning o'lgan 
to'qimalari, homila momiq 
tuklari, terining qurib tushgan 
qatlami va boshqa 
komponentlardan iborat. Mekoniy 
bu bolaning dastlabki najasi. U uni 
tug'ilganida ichidan chiqarib 
tashlaydi. Ba'zida tug'ilishdan 
oldin mekoniyni chiqib ketishi 
natijasida bola dunyoga yoqimsiz 
yashil moddaga o'ralgan bo'lib 
tug'iladi. 
Agar sizda o'g'il bo'lsa, uning 
tuxumlari moyak haltasiga tushib 
bo'lgan yoki tug'ish davriga kelib 
albatta tushib bo'lgan bo'ladi. 
Tug'ilgan o'g'il bolalarning 1%da 
va muddatidan oldin tug'ilgan 
bolalarda tuxumning tushmasligi 
namoyon bo'lishi mumkin. Bu 
ba'zi kasalliklar alomati bo'lib, 
shifokorlar bola tug'ilgan zahoti 
uning tuxumlari tushganligini 
tekshiradilar. 
Bola endi kuniga 28 grammdan 
qo'shib bormoqda. 
Odatda 38-haftada uning boshi 
kichik toz sohasiga tushgan 
bo'ladi. Bola mustaqil yashashga 
butunlay tayyor. 38-40 hafta 
oralig'ida sodir bo'lgan tug'ish o'z 
vaqtida bo'lgan tug'ish deb 
hisoblanadi. 
Bolaning boshidagi sochlar 1-2 sm 
ni tashkil qilmoqda. 
Bola tug'ilganda ko'pincha vazni 
3.5 kg, uzunligi 50 sm atrofida 
bo'ladi. 
U tug'ilishi bilan qattiq chinqiradi. 
Shunday qilib u o'zi haqida 
hammaga dunyoga xabar beradi. 
U mustaqil nafas oladi, uning 
yuragi urib turadi, oyoq va qo'llari 
aktiv harakatda bo'ladi. 
Dunyoga xush kelibsan aziz 
bolajon! 
Tug'ish 
Siz ushbu kunlarda tug'ishingiz 
mumkin. Tug'ish jarayonining 
birinchi bosqichi tug'luqlar bo'lib, 
ular yordamida bachadon bo'yni 
ingichkalashib kengayadi. Bu 
bolaga tug'ish yo'li bo'ylab 
harakatlanishiga yordam beradi. 
Ikkinchi bosqich bolaning qindan 
o'tib dunyoga kelishidir. Uchinchi 
bosqich yo'ldoshning tug'ilishi.

HOMILADORLIK TAQVIMI- HOMILADORLIKNING 39 HAFTASI

Onaning holati 
Hozir bachadon bo'yni qisqarib 
ochilmoqda. Siydik pufagi esa 
o'zida juda katta bosim his 
etmoqda. Tug'ish payti 
yaqinlashayotgan sari biroz 
asabiylashishingiz mumkin. 
Tug'ish jarayoni 
boshlanayotganidan muntazam 
ravishda qaytarilayotgan tug'luqlar 
dalolat beradi. Tug'ish jarayoni 
Tug'ish jarayoni yaqinlashmog'i 
haqida yana bir belgi suv kabi 
suyuqlikning qindan ajralishi yoki 
biroz xavfliroq holatda qon 
ajralishi. Bunda tezda shifoxonaga 
borish yoki Tez yordam 
chaqirtirish talab etiladi. 
Tug'ishdan oldin bolaning boshi 
tozda yaxshilab o'rnashib oladi. Bu 
holat uning tug'ish jarayonida 
oson harakatlanishiga yordam 
beradi. Ayniqsa oldin tuqqan 
ayollarda bunday bo'ladi. 
Shuning uchun tuqqan ayollarda 
tug'ish jarayoni osonroq, 
davomiyligi esa qisqaroq bo'ladi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Bolaning holati 
Bolaning uzunligi 50 sm 
Og'irligi 3000 gr 
Bola asosiy momiq tuklarini 
yo'qotib bo'ldi. Oyoq 
barmoqlaridagi tirnoqlari o'sib 
bo'ldi. Bolaning kindik ichakchasi 
1.3 sm qalinlikda bo'lib u orqali 
xali ham ozuqa moddalari bolaga 
yetkazilib berilmoqda. 
Sizning qoningizdagi 
antimoddalarning kichik miqdori 
bolaning qoniga yo'ldosh orqali 
o'tib qolishi mumkin. Bu uning 
immun tizimi ishga tushishiga 
turtki bo'ladi. Chaqaloqning ushbu 
immun tizimi tug'ilganidan keyin 
dastlabki 6 oyda uni kasalliklardan 
himoya qiladi. Keyinchalik 
bolaning o'z mustaqil immun 
tizimi shakllanishni boshlaydi. 
Tug'ishning uchinchi bosqichi 
yo'ldoshning tug'ilishidan oldin 
bolaning kindik ichakchasi 
kesiladi, bundan buyon u butunlay 
mustaqil inson bo'lib, barcha 
hayotning muhim funksiyalarini 
amalga oshiradi. 
Shunisi ma'lumki, amniotik 
suyuqlik har 3 soatda almashib 
turadi. Brioq uning qaerdan 
qanday qilib paydo bo'lishi aniq 
emas. Bola mana bir necha 
haftalar davomida uni nafas 
olishga tayyorgarlik ko'rganida 
ichiga yutib olib kelmoqda. 
Bola tug'ilganidan so'ng undan 
dastlabki chaqaloq najasi - 
mekoniy chiqadi. 
Tug'ish holatlarigning 30 %da 
mekoniy bola tug'ilishidan oldin 
chiqib ketib amniotik suyuqlikda 
tarqalib ketadi. Bola bunday 
amniotik suyuqlikni yutib 
yuborishi ba'zi muammolarni 
keltirib chiqarishi mumkin. 
Bu muammolar jiddiy emas. 
Bolaning ko'zlari 20-30 sm 
uzoqlikda ko'ra oladi. Aynan shu 
masofa bola emayotganida 
onasining yuzini ko'rish uchun 
kifoya bo'ladi. Lekin uning ko'rish 
qobiliyati kattalardek barkamol 
emas. Uning asab tizimi hali yetuk 
bo'lmay, asosan yuz asablari javob 
beruvchi qismi shakllanish 
darajasida bo'ladi. Bu asablar 
so'rish uchun javob beradi.

HOMILADORLIK TAQVIMI- HOMILADORLIKNING 40 HAFTASI

Onaning holati 
Bola tug'ilishini kutayotib tinch 
bo'lishga asabiylashmaslikka 
harakat qiling. Og'riqlar bezovta 
qilgan payti chuqur nafas oling. 
Homiladorlikning oxirgi 
kunlarida yoningizda doim 
yaqinlaringizdan kimdir bo'lishi 
kerak. Tug'luqlar boshlanib 
qolganda shifoxonaga borish 
uchun sizga yordam kerak 
bo'ladi. 
Shifokor tug'ish muddatini 
belgilagan bo'lishiga qaramay, 
aynan o'sha kuni tug'ishingiz 
ehtimoli juda kichik. Shuning 
uchun tug'ish jarayoniga oldindan 
tayyor bo'lib yuring. 
Siz endi umuman sekin 
harakatlanadigan, bir joyga 
sig'maydigan bo'lib qoldingiz. 
Siz tug'ishga shoshayotganingiz 
bilan endi oz qolganini bilib 
turibsiz. 
Uxlayotganda qulay holatda 
bo'lish juda qiyin bo'lmoqda. Lekin 
ko'proq dam olish haqida 
unutmang. Uyqingiz kelmasa ham, 
yotib yaxshi niyatlar qilib yoting. 
Tug'ish jarayonida sizga juda ko'p 
kuch kerak bo'ladi. 
Bolaning harakatlariga ahamiyat 
berib yuring. Uning uzoq vaqt 
harakat qilmasligi u 
qiynalayotganidan dalolat berishi 
mumkin. 
Aldamchi tug'luqlar soni ko'payib 
borishi mumkin, lekin ba'zi ayollar 
ularni sezmay birdaniga haqiqiy 
tug'luqlar bilan tug'adilar. 
Vahimada va xavotirda bo'lmang. 
Tug'ish jarayonida kerak 
bo'ladigan nafas olish 
mashg'ulotlarini qayta-qayta 
takrorlab turing. 
Homiladorlikning 40-haftasiga 
kelib onaning vazni biroz 
kamayishi kuzatilishi mumkin. Bu 
degani tez kunlarda tug'ish 
boshlanadi. 
Homiladorlik davrida umumiy 
oshgan vaznning optimal miqdori 
10-13 kgga teng. 
Vazn o'sish quyidagilar hisobiga 
yuz beradi: 
- yo'ldosh - 9% 
- bola - 38% 
- bachadon, bo'ksa va ko'krak 
og'irligi- 20% 
- qon va suyuqlik miqdorini 
oshgani - 22% Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Bolaning holati 
Bolaning uzunligi 48-51 sm 
Og'irligi 3100-3500 gr 
Yangi tug'ilgan chaqaloq ota- 
onasiga bir oz kutilmagandek 
tuyulishi mumkin. Uning boshi 
dumaloq emas, teri rangi ko'kish 
hattoki sarg'ish ham bo'lishi 
mumkin. Undan tashqari terida 
dastlabki tug'luq suyuqligi, qon, 
mekoniy qoldiqlari va momiq 
tuklari qolib ketgan bo'lishi 
mumkin. Ba'zida esa 
gormonlarning faoliyati tufayli 
uning jinsiy a'zolari kattalashgani, 
kichik ko'kraklaridan esa hatto sut 
chiqayotgani ham namoyon 
bo'lishi mumkin. Yuqoridagi bacha 
holatlar bir necha kundan so'ng 
izsiz o'tib ketadi. 
Bolaning immun tizimi yetuk 
bo'lmagani bilan u mavjud va 
uning takomillashuvi tug'ilgandan 
so'ng ko'krak suti ichishi bilan 
davom etadi. 
Bolaning momiq tuklari to'kilib 
bo'lgani bilan yelka va belida 
ularning qolib ketgan joylarini 
ko'rishingiz mumkin. 
Tug'ilgan yo'ldosh og'irligi odatda 
bola vaznining 1/8 qismini tashkil 
qiladi. Uning kindik ichakchasi esa 
bolaning uzunligiga teng bo'ladi. 
Bola tug'ilishi bilan uning 
yetukligiga baho beriladi. Tug'ilish 
vaqti aniq qilib yozilib qo'yiladi. 
Yangi tug'ilgan chaqaloq tug'ilishi 
bilan yig'lab yuborishi shart. 
Chunki shu orqali uning o'pkalari 
ochilib bola nafas olishni 
boshlaydi. 
To'qqiz oylik shirin xayollar, 
bezovta, og'ir va qiyin kunlardan 
so'ng bahramand bo'ling. Endi siz 
onasiz! 
Bolani tugilishi bilan vazni va bo'yi 
o'lchanadi. Uning asta ovoz 
chiqarib yotishi uning dunyoga 
kelganidan dalolat berib turadi. 
Agar bola hali tug'ilmagan bo'lsa, 
uning momiq tuklari to'kilishda 
davom etmoqda. Dastlabki moy 
uning badanini qoplab turibdi. 
Ichaklarida esa dastlabki najas 
mekoniy yi'gilmoqda. 
U butunlay shakllanib bo'lgan. 
TABRIKLAYMIZ!

HOMILADORLIKNING 3-TRIMESTRI (28-42 HAFTALAR)

Homila razmerlari tezlik bilan 
ko'payadigan davr. Uchinchi 
trimestr mobaynida homila 
o'rtacha 3.2-3.5 kg og'irlikda 
bo'lib, bo'yi o'rtacha 48-52 smga 
teng bo'ladi. 
Homiladorlikning 7 oyi ham yetib 
keldi. Ko'pchilik ayollar shu 
muddatga kelib yana oz 
qolganidan yengil tortadilar. 
Homiladorlikning ushbu 
muddatida bachadon razmerlari 
ancha kattalashgan bo'ladi. Homila 
harakatlari ko'payadi va 
kuchayadi. Endi tug'luqlar 
namoyon bo'lishi ham mumkin. 
Agar ular regulyar bo'lsa yoki 1 
soatni ichida kamida 2 marta 
qaytarilsa, u holda tezda vrachga 
murojaat qilish shart. 
Uchinchi trimestrda 
bachadon siydik pufagini siqishi 
tufayli homilador ayol tez-tez 
hojatga chiqishi kuzatiladi. Vazni 
ko'paygan homilador ayollarda 
ko'p yurganda yoki harakat 
qilganda nafas olishi qiyinlashishi 
namoyon bo'lishi mumkin. Buning 
sababi kattalashgan bachadon 
o'pkani ham bir oz 
siqayotganidadir. Shuning uchun 
toza havoda ko'p bo'lish lozim, 
onaga ham homilaga ham 
kislorod juda kerak bo'ladi. Lekin 
homiladorlikning oxirgi 
haftalariga kelib homila pastroq 
siljiydi va nafas olish, harakat 
qilish osonlashadi. Shuning uchun 
ko'pchilik homilador ayollar 9- 
oyga kelib o'zini yengil bo'lib 
qolgandek sezadi. 
Ayrim ayollarda 
Brekston-Xiks 
tug'luqlari 
(bachadon 
mushaklarining 
30 soniyadan 2 
daqiqaga qadar 
qisqarib turishi) 
paydo bo'lishi 
mumkin. Bu 
tug'luqlar 
normal bo'lib, 
bachadon 
tug'ish 
jarayoniga 
tayyorlanayotganidan 
dalolatt beradi. 
Bu tug'luqlar 
haqiqiy 
tug'luqlardan 
noregulyarligi, 
og'riq 
keltirmasligi va 
qisqa 
muddatliligi 
bilan farq qiladi. 
Uyqusizlik ham uchinchi 
trimestrda namoyon bo'ladigan 
holat. Bunga sabab homilador 
ayolning kattalashgan qorni tufayli 
yotganda qulay holatni topa 
olmasligidir. Uyqusizlik shundoq 
ham ko'p charchayotgan 
homilador ayolni juda qiynaydi. 
Shuning uchun bo'lajak onaga 
qulay bo'lish maqsadida uning 
yon tomonlarini, belini, qolaversa 
oyoqlarini suyantirish uchun 
yostiqlar bilan qoplab qo'yish 
lozim. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Undan tashqari uyqudan 
yarim soat oldin 1 piyola iliq sut 
ichib olish ham uyquga osonroq 
ketishga yordam beradi. 
Ko'pincha homiladorlikning oxirgi 
oylarida bel og'rishi, oyoq 
tomirlari chiqishi, oyoq shishi 
kuzatiladi. Bu qiyinchiliklar haqida 
vrachga aytish lozim. 
Homiladorlikning ushbu 
muddatida havf tug'diradigan 
asosiy muammollar 
quyidagilardan iborat: 
1. Qon ketishi. Agar qon ketishi 
kuzatilsa, darhol vrachga murojaat 
qilish lozim. Ultra tovushli 
diagnostika (UTD) orqali qon 
ketish sababi aniqlanadi va kerak 
bo'lsa muolajalar qilinadi. Qon 
ketishning 90% holatlarida 
yoldoshning bachadondan 
ajralishi bunga sabab bo'ladi. 
Shuning uchun homilaga, 
qolaversa onaga ziyon yetmasligi 
hamda homiladorlikni 36 
haftagacha yetqazish uchun o'z 
vaqtida muolaja qabul qilish kerak. 
2. Homila harakatining yo'qligi. 
Agar homilaning harakatlari 
kuzatilmay qolgan bo'lsa, bu juda 
jiddiy holatdir. Darhol vrachga 
murojaat qilib buning sababini 
aniqlash kerak. Homilaning 
harakat qilmay qolishi ko'pincha 
kislorod ta'minlanishi to'xtab 
qolgani (masalan, kindigiga o'ralib 
qolgani)dan vujudga kelishi 
mumkin. O'z vaqtida vrachga 
murojat qilinsa, kesarevo 
operatsiyasi yordamida bolani 
ziyonsiz tug'dirib olish imkoniyati 
bor. 
3. Muddatdan oldin tug'ish. O'ttiz 
besh haftagacha bo'lgan tug'ruq 
muddatidan oldin tug'ruq deb 
hisoblanadi. Muddatidan oldin 
tug'ruq sabablari ko'p bo'lib, 
ularni oldini olish uchun sog'liqqa 
e'tiborli bo'lish lozim. Ko'pincha 
uning sababi infeksiya, 
gipertoniya, bachadon va 
bachadon bo'yni shaklidagi 
anomaliyalar bo'lishi mumkin. 
Ammo muddatidan oldin 
tug'ruqning barcha sabablari 
hozirgacha aniqlangan emas. 
Bugungi kunda tibbiyot va 
texnologiyani rivojlanishi tufayli 
muddatidan oldin tug'ilgan 
bolalarni umrini saqlab qolish 
mumkin bo'lmoqda. 
4. Homilaning tozi bilan joylanishi. 
Ayrim sabablarga ko'ra homila 
chiqish yo'liga boshi bilan emas 
tozi bilan qarab joylashgan bo'ladi. 
Bu holda normal tug'ish homilaga 
ziyon keltirishi mumkinligi tufayli 
kesarevo operatsiya qilinadi. Agar 
homila tozi bilan joylashgani 
UTDda aniqlangan bo'lsa, vrach 
bilan maslahatlashgan holda 
maxsus jismoniy mashg'ulotlarni 
amalga oshirib homilani boshi 
bilan chiqish yo'liga qaratib olish 
imkoniyati mavjud. Undan 
tashqari, yana bir kichik yordam, 
klassik musiqani playerda normal 
balandlikda qo'yib eshitgichlarni 
qorin pasti (bachadon pastki 
qismi)ga o'rnatib eshitib yurilsa, 
homila boshi bilan pastga 
musiqani eshitish maqsadida 
ag'darilib olish imkoniyati bor. 
Yana bir maslahat, har kuni 
onaning o'zi homilasi bilan 
suhbatlashib uni boshi bilan 
ag'darilib olishini iltimos qilishi 
kerak. Psixologik jihatdan ushbu 
mashg'ulot ham yuqorida 
ta'kidlangan muammoni hal qilishi 
mumkin. 
Eng asosiysi, 3-trimestr bu ayolni 
ona bo'lishiga olib keluvchi ohirgi 
qadamdir. Yana bir ozdan so'ng 
homilador ayol dunyodagi end 
baxtiyor ona bo'ladi.

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 »
Bizda Barcha Fayllar TAS-IX Formatda!!!