Saylov natijalari bilan tanishing! (558) |
Saylov natijalari bilan tanishing! (454) |
Saylov natijalari bilan tanishing! (474) |
Шаҳзода Равшан Эрматовга омад тилади (1213) |
Мавлуда Асалхўжаева ва Муниса Ризаева ўртасида нима юз берди? (1502) |
To'y kungi daxshatli voqea! (1717) |
Yaqin Kunlarda Uzrap.net sayti ishga tushadi! (1022) |
Yozuv Orqali Xarakterni Aniqlash (1443) |
Internetda eng oson pul topish yo'li! (1343) |
Euronews’да Ҳива ҳақидаги лавҳаларнинг намойиши старт олди (1459) |
EKO degani oddiy qilib aytganda
sun'iy urug'lantirishdir. Bu usul
1978 yildan beri dunyoda samarali
qo'llanib kelib, minglar bepusht
oilalarga farzand baxtini ulashib
kelmoqda.
EKO ruscha "ekstrakorporalnoye
oplodotvoreniye" atamasining
qisqartmasi. Uning ma'nosi
shundaki, urug'lanish ayol
organizmida emas, balki
tashqi muhitda sun'iy ravishda
amalga oshirilib, hosil bo'lgan
embrion esa bir necha kundan
so'ng ayol bachadoniga sun'iy
kiritiladi.
Buning uchun ayol tuxumdoni
kuchli stimulyatsiya qilinadi.
Natijada tuxum hujayralariga ega
bir necha follikula yetilib chiqadi.
Shifokor tuxumdonini tashqaridan
maxsus igna orqali punksiya qilib
yetilgan tuxum hujayralarini
chiqarib oladi. Bu tuxum
hujayralari erkak spermatozoidlari
bilan maxsus probirkada
urug'lantiriladi. Agar erkak
spermatozoidlarining sifati past
bo'lsa, IKSI uslubi yordamida
spermatozoidning urug'lantirish
qobiliyatiga ega bo'lgani ajratilib
olinadi, agar urug'lantirish
qobiliyatiga ega bo'lmasa unda
donor spermasidan foydalaniladi.
Probirkada urug'langan tuxum
hujayrasi bir necha kun davomida
bo'linish natijasida embrionga
aylanadi. Shundan so'ng embrion
ayol bachadoniga maxsus yo'l
bilan kiritiladi va embrion o'z
rivojlanishini bachadonda oddiy
homiladorlik singari davom etadi. Saboq.Org saytidan olingan. Sun'iy urug'lantirish
bepushtlikning qaysi holatlarida
qo'l kelishi mumkin?
1. Ayolning ikkala bachadon
yo'llarining yo'qligi yoki ularning
o'tkazuvchanligi juda pastligi;
2. Erkak bepushtligi
(spermatozoidlarning sifatsizligi);
3. Bepushtlikni davolashning
boshqa yo'llari 10 yildan ortiq
samarasiz bo'lganligi;
4. Bepushtlikning sababi noaniq
ekanligi.
Erkakning spermatozoidlari
umuman urug'lantirish
xususiyatiga ega bo'lmagan
hollarda spermatozoidlar
bazasidan donor spermasidan
foydalaniladi.
Sun'iy urug'lantirishning natijasi
qanday?
Suniy urug'lantirishdan homilador
bo'lish imkoniyati yaxshi, lekin
bunday homiladorlikni saqlab
qolish ko'p faktorlarga bog'liq:
- er-xotinning umumiy salomatligi;
- er-xotin yoshi (qanchalik yosh
bo'lsa, shunchalik homiladorlik
saqlanish ehtimoli katta);
- sun'iy yetilgan embrionning
sifati;
- to'g'ri belgilangan va amalga
oshirilgan muolaja va boshqa
faktorlar.
Bir marta sun'iy urug'lantirish
natijasida homiladorlik yuz
bermagani hech narsani
bildirmaydi. Xuddi oddiy
homiladorlik singari sun'iy
homiladorlik urunishlari ham bir
necha bor takrorlanib bola
tug'ilish ehtimoli bor.
Sun'iy urug'lantirish muolajasi
o'rtacha necha pul turadi?
Sun'iy urug'lantirish muolajasining
narxi har xil mamlakatda
turlichadir. Statistik ma'lumotlarga
qaraganda o'rtacha 5000 AQSH
dollaridan 10000 AQSH
dollarigacha tashkil qiladi. Undan
tashqari samolyot, yashash va
dori-darmon xarajatlarini ham
inobatga olish lozim.
Sun'iy urug'lantirish quyidagi
bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich
Er-xotin to'liq diagnostika qilinib,
sun'iy urug'lantirish dasturi
belgilanadi. Dastur ichida undan
keyin amalga oshiriladigan
homiladorlikni olib borish tizimi
ham aniq ko'rsatiladi.
2-bosqich
Er-xotinni sun'iy urug'lanish
muolajasiga ruhan va jismonan
tayyorlash: ayol organizmidagi
gormonal o'zgarishlarni tuzatish,
spermatozoidlar sifatini oshirish,
infeksiyalarni davolash va hokazo.
3-bosqich
Ovulyatsiyani stimulyatsiya qilish
(kuchaytirish), Ultra tovushli
diagnostika orqali kuzatish (10-30
kun davomida).
4-bosqich
Sun'iy urug'lantirishni amalga
oshirishdan oldin tuxum
hujayrasini to'liq rivojlantirish
maqsadida ayolga HCHG (maxsus
suyuqlik) kiritiladi.
5-bosqich
Tuxum hujayralari ayol
tuxumdonidan maxsus igna
yordamida olib chiqariladi, erkak
spermasi topshiriladi. Tuxum
hujayralari probirkada
spermatozoidlar bilan sun'iy
urug'lantiriladi (1 kun).
6-bosqich
Embrion rivojlanishi kuzatiladi (2-5
kun).
7-bosqich
Embrion ayol bachadoniga sun'iy
kiritiladi. Qolgan embrionlar har
ehtimolga qarshi muzlatib
qo'yiladi (1 kun).
8-bosqich
Sun'iy urug'lantirish natijasida
vujudga kelgan homiladorlikning
ilk davrida qo'shimcha gormonlar
ichiladi (homiladorlikning 10-14
haftasigacha).
9-bosqich
Homiladorlikni aniqlash, test
o'tkazish (sun'iy urug'lantirishdan
so'ng 2 hafta o'tgach).
10-bosqich
UTD diagnostikasi (sun'iy
urug'lantirishdan so'ng 3 hafta
o'tgach).
11-bosqich
Homiladorlikni olib borish (oddiy
homiladorlikdan ko'ra ko'proq
e'tibor va mas'uliyat talab etiladi).
12-bosqich
Tug'ish jarayoni.
Sun'iy urug'lantirishda ayol
tuxumdoni stimulyatsiya qilinib,
bir nechta tuxumdon vujudga
kelishi natijasida, egizaklar
tug'ilish ehtimoli katta.
IKSI degani inglizcha
"IntraCytoplasmic Sperm Injection"
iborasining qisqa ko'rinishi. Bu
muolaja hisoblanib, unda erkak
spermatozoidining eng sifatlisi
embriolog tomonidan ajratib
olinib maxsus igna orqali ayol
tuxumdoniga sun'iy kiritiladi.
IKSI muolajasidan qachon
fydalaniladi?
Spermatozoidlar sonining nihoyat
kamligi;
Harakatlanuvchan
spermatozoidlar sonining kamligi;
Spermatozoidlar tarkibining
patologiyasi;
Spermotozoidning sifatsizligi;
Eyakulyatsiya davomida sifatli
smermatozoid ajralmasligiga
qaramay, erkak tuxumdonini
punksiya qilish (maxsus igna bilan
teshib) natijasida sifatli
spermatozoidlarni ajratib olish
imkoniyati mavjudligi; Saboq.Org saytidan olingan. Bir necha bor qilingan sun'iy
urug'lantirish muolajalari
spermatozoidlarning sifatsizligi
tufayli samarasiz bo'lgani;
Erkak maniyida
spermatozoidlarni
sifatsizlantiruvchi moddaning
mavjudligi;
Bepushtlikning sababi noaniq
ekanligi;
Ayol tuxumi bilan erkak
spermatozoidlarining kimyoviy
jihatdan bir-biriga mos emasligi;
Bo'lajak ota-onaning yoshi
kattaligi.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda,
IKSI muolajasi yordamida amalga
oshirilgan urug'lantirishning 45%
homiladorlikka olib keladi.
Sun'iy urug'lantirish o'ta jiddiy
muolaja bo'lib, natijasi ijobiy
bo'lishi uchun undan oldin ayol va
erkak organizmi to'liq
tekshiruvdan o'tkaziladi. Tekshiruv
natijalariga qarab sun'iy
urug'lantirish muolajasini qay
tarzda amalga oshirish
rejalashtiriladi. Ba'zida analiz
natijalari tufayli EKO orqaga
suriladi. Quyida EKO uchun kerak
bo'ladigan asosiy analizlar
keltirilgan.
Ayollarga:
1. Qon guruhi, rezus-faktor, rezus-
antimoddalar
2. Gormonlar ( hayz siklining 3-5 -
kunida):
FSG
LG
Estradiol
Prolaktin
STG-somatrop gormoni
Progesteron (imkon qadar hayz
siklining 20-25 kunida topshirish
lozim) Saboq.Org saytidan olingan. TTG
T1-T4
3. Infeksiyalar:
Xlamidiya
Ureoplazma
Mikoplazma
Gardnerella (qon va mazok)
Gonokkok
Serkvil kanalining sitologik
tekshiruvlari
Flora mazoki
B va C gepatitiga qarshi
antimoddalar
VPG, SMV (qon, mazok)
OITS, sifilis (qon)
Qizilcha
Toksoplazmoz
Qon gemostazi
4. Maxsus tekshiruvlar:
Bachadon va bachadon yo'llari
surati (GSG)
Laporoskopiya natijalari (agar
o'tkazilgan bo'lsa)
Gisteroskopiya natijalari
Biopsiya natijalari
UTD tekshiruvlar
Kompyuter tomografiyasi
suratlari (agar o'tkazilgan bo'lsa)
5. Yig'ilgan boshqa tekshiruvlar
natijalari.
6. Qon tekshiruvi:
Qonning bioximik tarkibi
Glyukoza va protrombin
analizlari
Siydik analizlari
7. Qo'shimcha:
Ayol avlodi (ona, opa-singil, buvi,
xola)ga munosib kasalliklar haqida
batafsil ma'lumot, xususan:
onkologik kasalliklar, diabet va
boshqa jiddiy kasalliklar
Bolalikda o'tkazilgan kasalliklar
haqida ma'lumot
Ayol onasining ginekologik
kasalliklari haqida batafsil
ma'lumot
Sun'iy urug'lantirishdan oldin
tishlarni davolash lozim.
Erkaklarga:
Qon guruhi
Rezus-faktor
HIV 1/2 (OITS antimoddalari)
RW-sifilis
Gepatit B va C ga antimoddalar
Spermogramma (topshirilgan
muddati 3 oydan oshmagan
bo'lishi kerak)
Infeksiyalar (yuqorida ayollar
bo'limida qarang)
Agar sun'iy urug'lantirish
homiladorlikka olib kelsa, bu juda
yaxshi, lekin ayrim holatlarda
salbiy oqibatlar yuzaga kelishi
mumkin.
Ular:
Ayol tuxumdoning
giperstimulyatsiyasi:
Buning natijasida tuxumdonda
ko'plab sariq moddalar vujudga
kelib, ular gormon chiqara
boshlaydi. Bir xil ayollar ushbu
gormonlarning ko'payib
ketganidan o'zlarini yomon his
qiladilar. Asosan qorin tagidagi
og'riq, ko'ngil aynash kuzatiladi.
Lekin ayrim hollarda bo'shashish,
siydik miqdorining kamayib
ketishi, qorinning qattiq shishi
kuzatilishi mumkin. Saboq.Org saytidan olingan. Juda oz holatlarda
giperstimulyatsiyaning natijasi
og'ir asoratlarga olib keladi.
Bunda ayol nafas olishga qiynaladi
va qon bosimi tushib ketadi.
Odatda bu holatlar oson
davolalanadi. Davolanish davomida
ko'p suyuqlik ichiladi, maxsus dori
kapelnitsa orqali organizmga
kiritiladi.
Giperstimulyatsiyaning yengil
shakllarida shifokor bilan
maslahatlashgan holda uyda
qolish mumkin, lekin og'irroq
hollarda shifoxonaga yotish talab
etiladi.
Ko'p homilali homiladorlik :
Homila paydo bo'lishi uchun
sun'iy urug'lantirish jarayonida
ayol bachadoniga bir nechta (ko'pi
bilan 3 ta) embrion o'tqaziladi.
Ba'zida bu ko'p homilali
homiladorlikka olib kelishi
mumkin. Agar bachadonda
ikkitadan ko'p homila bo'lsa,
bunday homiladorlikni o'tkazish
va saqlab qolish juda qiyin bo'ladi.
Shuning uchun maxsus usullar
bilan bir embrionning rivojlanishi
to'xtatiladi. Bunda boshqa
embrionlarga ziyon yetkazilmaydi.
Bu maxsus jarrohlik operatsiyasi
bo'lib, u Ultra tovushli diagnostika
apparati yordamida amalga
oshiriladi. Sun'iy urug'lantirish
natijasida vujudga kelgan
homiladorlik bir oz zaifroq
bo'lgani uchun bachadonda
ikkitadan ko'p homila
bo'lmasligini ta'minlash maqsadga
muvofiq bo'ladi.
Bachadondan tashqari
homiladorlik:
Agar ayol bachadoniga embrion
o'tqazilgandan so'ng bo'shashib
ketish, bosh aylanish, noaniq
kuchli og'riq va homiladorlikning
belgilari kuzatilsa bachadondan
tashqari homiladorlik vujudga
kelgan bo'lishi mumkin. Bunda
homila bachadonda emas, balki
unda tashqarida rivojlanadi. Bu
juda xavfli holat bo'lib, tezda
shifokorga murojaat qilishni talab
etadi.
Har bir sog'lom erkakda
spermatozoid morfologiyasi
yuqori darajada bo'ladi. Ba'zida
esa morfologiya buzilishi
kuzatiladi. Buning sabablaridan
biri - erkaking tuxumi kasalliklari
bo'lishi mumkin.
Spermatozoid morfologiyasi
Normada spermotozoid uzunligi
5-6 mikrometr va diametri 3
mikrometrni tashkil etadi;
Uning bosh qismida qopqoqcha
bo'lib aniq namoyon bo'lishi
kerak;
Spermatozoid yuzasida hech
qanday nuqson bo'lmaslligi kerak.
Yuqoridagi va yana bir qator
ko'rsatkichlarga qarab
spermatozoid sifatiga umumiy
baho beriladi. Bu spermotozoid
morfologiya darajasi deb ataladi.
Spermotozoid morfologiyasi
darajasi past bo'lishi ko'pincha
vaqtinchalik bo'lib, bir qancha
muddat o'tgach tabiiy ravishda
normallashib ketadi. Ba'zi
holatlarda morfologiyaning past
darajasi erkakda tuxum kasalliklari
mavjudligidan dalolat berishi
mumkin. Saboq.Org saytidan olingan. Spermatozoid morfologiyasi
darajasini tabiiy ravishda oshirish
yo'llari:
Spermatozoid
kuchini
oshiruvchi
kokteyl: Bir
stakan mevasiz
va shakarsiz
yogurtga 1 choy
qoshiq asal va 3
osh qoshiq
golubika
(malina, mango)
solib blenderda
kokteyl holatiga
kelguncha
aralashtiramiz.
Tayyor kokteylni
har kuni ichish
foyda keltiradi.
Sheffield Universtiteti proffesori
Allan Paceyning fikricha, erkak
sog'lom hayot tarzida yashasa
uning spermatozoidlari sifati
yaxshilanib, soni esa ko'payar
ekan.
Sog'lom hayot tarzi deganda,
Spirtli ichimlik ichmaslik;
Chekmaslik;
Yo'gliq mahsulotlardan imkon
boricha kamroq iste'mol qilish;
Antioksidantlarga boy
mahsulotlarni ko'p iste'mol qilish;
Og'ir bo'lmagan jismoniy
mashg'ulotlar bilan muntazam
ravishda shug'ullanishni
tushunish kerak.
Agar erkak sog'lom hayot tarzida
yashab ham spermatozoid
morfologiyasi past darajada
bo'lsa, u holda shifokorga uchrab
maxsus davolanish kursini olishi
talab etiladi.
Erkak bepushtligi hozirgi kunda
dolzarb masaladir. Ekologik
muammolar, betartib jinsiy hayot
kechirish, stress, ichkilik bunga
sabab bo'lib kelmoqda.
Erkak bepushtligini diagnostika
qilishda birinchi o'rinda urug'
taxlili turadi. Urug' taxlili yoki
spermogramma uchun erkakning
spermatozoididan taxlil uchun
namuna olinadi. Bu namuna
orqali:
1. Urug' miqdori;
2. Urug'dagi spermatozoidlar soni;
3. Spermatozoid sifati va shakl;
4. Spermatozoidlarning qimirlash
hususiyati o'rganiladi.
Odatda erkak bepushtligini
sababini bilish uchun yuqoridagi
usul yetarli bo'ladi, lekin ba'zida
boshqa diagnostika yo'llari ham
amalga oshiriladi. Bunga
quyidagilar kiradi:
Urolog tomonidan amalga
oshiriladigan to'liq jismoniy
diagnostika; Saboq.Org saytidan olingan. Urug'ning maxsus taxlili. Bunda
urug' genetik holati o'rganiladi,
urug'dagi antimoddalar borligi
tekshiriladi, spermatozoidlarning
yashay olish qobiliyati aniqlanadi.
Erkakning gromonal holatini
aniqlovchi qon tekshiruvi;
Jinsiy infektsiyalarni aniqlovchi
qon tekshiruvi;
Genetik taxlil;
Ulrta tovushli diagnostika;
Siydik va siydik yo'llari analizi;
Biopsiya.
Erkak kishining jinsiy a'zolarida
mavjud bo'lgan tomir va
arteriyalar uning tuxumini qon
bilan ta'minlash vazifasini
bajaradi. Qon tomirlari orqali qon
yurakdan butun tana bo'ylab
aylanadi. Aylanish bir tomonlama
bo'ladi. Bazida organizmda biror
kasallik tufayli qon bir tomonga
emas, balki uning oz miqdori
teskari tomonga qayta boshlaydi.
Shunda qaytgan qon hisobiga
tomirlar kengayadi, shishadi,
kattalashadi. Natijada varikotsele
kasalligi yuzaga keladi.
Kim varikotsele bilan kasallanishga
moyil bo'ladi?
Varikotsele juda ko'p tarqalgan
kasallik bo'lib, odatda 15-25
yoshlik erkaklarda paydo bo'ladi.
Buning sababi jinsiy rivojlanish
jarayonida tuxumlar katta tezlikda
o'sadi va ularning to'g'ri
rivojlanishi uchun ko'p miqdorda
qon talab etiladi. Agar shu davrda
qon tomirlari yaxshi faoliyat
ko'rsatmayotgan bo'lsa, kuchli
qon oqimiga bardosh bera olmay
tomirlarda varikotsele yuzaga
kelishi oson bo'ladi.
Ko'pincha varikotsele chap
tomondagi tuxum tomirlarida
namoyon bo'ladi. Kam hollarda
o'ng tomonda ham yuzaga
chiqishi mumkin.
Varikotsele xavflimi?
Varikotselening xavfliligi uning
darajasiga bog'liq. Varikotsele
tufayli erkak tuxumida harorat
yuqori yuradi, bu esa
spermatozoidlarni o'limiga, sifatini
buzilishiga natijada bepushtlikka
ham olib kelishi mumkin .Saboq.Org saytidan olingan. Varikotsele alomatlari qanday?
Varikotsele mavjudligi haqida
erkak ko'pincha bilmay yuradi.
Issiq kunda yoki uzoq vaqt bir
joyda o'tirish yoki tik turish
natijasida ba'zi alomatlar
namoyon bo'lishi mumkin:
- tuxumlarning qichinishi;
- jinsiy a'zolarda og'irlik paydo
bo'lishi;
- tomirlarning bortganligini qo'l
bilan sezilishi;
- tuxum tomonda noqulaylik
sezilishi;
- bir tomondagi tuxumning
boshqa tomon tuxumdan shakli va
razmeri bilan farq qilinishi.
Varikotsele qanday davolanadi?
Shifokor varikotsele kasalligini
aniqlash uchun tuxumni
tekshiradi. Bunda tuxum razmeri,
shakli, joylashishi,
harakatlanishiga ahamiyat
beriladi. Agar varikotsele borligiga
shubha paydo bo'lsa, qo'shimcha
ultra tovushli diagnostika yoki
stretoskopik tekshiruv talab
qilinishi mumkin.
Agar varikotsele erkakka hech
qanday noqulaylik keltirmayotgan
bo'lsa, u holda u odatda
davolanmaydi.
Varikotsele darajasiga qarab
ba'zida uni jarrohlik yo'li bilan olib
tashlash yoki varikotsele tufayli
tuxum va boshqa jinsiy a'zolardagi
yallig'lanishni dori vositalari bilan
davolash talab etilishi mumkin.
Yana bir yo'l, tomir ichiga sun'iy
yo'lakcha joylashtirish orqali
plastik jarohlik qo'llaniladi.
Testosteron erkaklarning jinsiy
gormoni bo'lib, ayol tuxum
hujayrasini urug'lantirishda
muhim rol o'ylaydi.
Unining darajasi hammada har xil
bo'ladi, bepushtlikning ba'zi
holatlarida testosteron miqdorini
dori-vositalar bilan ko'paytirish
talab etiladi.
Quyida testosteronni tabbiy
ravishda ko'paytirish yo'llari
ko'rsatib o'tilgan:
Yetarlicha uxlash
Kuniga kamida 7-8 soat davomida
tiniq uyquda bo'lish kerak;
Vazni normada saqlash
Ortiqcha vazn - semizlik
testosteron darajasini keskin
ravishda pasaytirib yuboradi.
Lekin vaznning yetarli bo'lmasligi
ham erkak salomatligiga salbiy
ta'sir ko'rsatishi mumkin. Undan
tashqari vazn yog'lar emas, balki
mushaklar hisobiga bo'lishi zarur.
Aktiv bo'lish
Testosteron organizmda
erkakning tana ehtiyojlariga
moslanib ishlab chiqariladi. Tana
qanchalik passiv, ya'ni harakatsiz
bo'lsa, testosteron miqdori ham
asta sekin apasayib boraveradi.
Muntazam ravishda aktiv bo'lish
(piyoda yurish, sport bilan
shug'ullanish, suzish va hokazolar)
testosteron organizmda asta sekin
ko'proq ishlab chiqarilishiga olib
keladi.
Stressdan xoli bo'lish
Stress organizmda kortizol
gormonini ko'p ishlab
chiqarilishiga olib keladi. Bunday
holatda testosteron ishlab
chiqarilishi pasayadi. Stressdan
qutilish yo'llarini izlash kerak.
Kuniga kamida 2 soat davomida
o'zingiz yoqtiradigan faoliyat bilan
shug'ullanishni odat qilib oling.
Foydali ovqatlanish. Saboq.Org saytidan olingan. Erkak kishi uchun foydali
mahsulotlardan ko'proq iste'mol
qilish lozim.
O'ttiz yoshdan oshgan
erkaklarning asosiy muammosi
hisoblanmish prostata bezi haqida
ma'lumot.
Prostata bezi nima degani?
Prostata bezi-mushakli bez a'zosi
bo'lib, qovuq pufagi ostida
joylashgan va unga tirmashib
turadi.
Prostata bezining vazifalari:
Bu bez shaffof suyuqlik ajratib
chiqaradi. Bu suyuqlik ajralib
chiqib eyakulyasiya (shahvat
chiqishi) jarayonida maniyga
aralashadi va undagi
spermatozoidning harakatlanishi
va hayotchanligiga sharoit
yaratadi. Chunki prostata
suyuqligida maniyni
suyuqlashtiruvchi fibrinolizin va
fibrogeneza fermentlari mavjud.
Undan tashqari prostata bezi
urug' hujayralarning hosil
bo'lishiga turtki berib, jinsiy
gormonlarni ishlab chiqaruvchi
moyak faoliyatiga katta ta'sir
ko'rsatadi. Prostata ishlab
chiqaradigan suyuqlik asab-
mushak tarmog'i, ruhiy faoliyatni
rag'batlantiradi, jinsiy ehtiyojni
qo'zg'atadi, ereksiya va
eyakulyasiyaga hamkorlik qiladi.
Prostati bezi faoliyati qachon
namoyon bo'ladi?
Balog'at yoshidan boshlab
keksalikka qadar. Keksalikda jinsiy
bezlar faoliyati susayganda
prostata bezining faoliyati ham
pasayadi.
Prostata bezi faoliyati
buzulishiga nima sabab bo'ladi:
Prostata bezi faoliyatining
tug'ma muammolari;
Yoshning 50 dan oshishi;
Uzoq vaqt davomida jinsiy
yaqinlikdan tiyilish;
Surunkali qabziyat;
Kam harakatli turmush tarzi;
Betartib ovqatlanish;
Betartib jinsiy aloqada bo'lish;
Spirtli ichimliklarni ko'p iste'mol
qilish.
Prostata bezi bilan bo'gliq asosiy
muammo nima?
Prostatit kasalligidir.
Prostatit kasalligi nima?
Prostata bezining yallig'lanishidan
kelib chiqqan kasallik. Hozirgi
kunda dunyo bo'yicha 73-90%
erkak aynan shu kasallikdan aziyat
chekadi. Saboq.Org saytidan olingan. Prostatitga nima sabab bo'ladi?
Siydik pufagi, siydik yo'li, to'g'ri
ichak, qon tomirlari, kichik tozning
limfa tomirlari orqali prostata
beziga infeksiya tushib
yallig'lanishga sabab bo'ladi.
Prostatit alomatlari:
Prostata bezining yallig'lanishi
alomatlari o'tkir shamollash
kasallik alomatlari singari bo'lishi
mumkin. Bunda
Tana harorati 38-39
darajagacha ko'tariladi;
Hojat chiqarish davomida
anusda qattiq og'riq bo'ladi;
Tez-tez siydik qistab, lekin siydik
tomchilaydi, xolos;
Siyish og'riq bilan bo'ladi;
Qovuq bo'shlig'i atrofida
og'riqlar bo'ladi.
Lekin ko'p hollarda kasallik
surunkali kechadi va bu haqda
erkak bilmay yurishi ham mumkin.
Prostatit nimaga ta'sir qiladi?
Prostatit tufayli prostata bezi
ishlab chiqargan suyuqlik qonga
so'rilmagani uchun erkakda
ereksiya funksiyasi buziladi.
Prostatit oqibati qanday?
Agar bemor vaqtida shifokorga
murojaat etmasa, keyinchalik
bezda yiring paydo bo'lishi
mumkin. Kasallikning surunkali
holati yillar mobaynida erkak
tanasida yashirin kechib o'zini
sezdirmaydi, lekin uning
oqabatida sistit (qovuqning
yallig'lanishi), pielonefrit (buyrak
yallig'lanishi), vezikulit (urug'
pufakchalarining yallig'lanishi),
epidimoorxit (moyaklar
yallig'lanishi) kasalliklari
rivojlanishi mumkin.
Bu kasalliklar esa erkakda
bepushtlikni yuzaga keltirishi
mumkin.
Prostatitni davolash:
Davolashdan oldin quyidagi
tekshiruvlar o'tkaziladi:
Kompyter orqali skaner;
Uch tomonlama ultratovushli
tashhis;
Immunoferment muolajasi.
So'nggi paytlarda prostatitni
davolashda vakuumli transuretalli
aspirasiya usuli qo'llaniladi. Uning
ichiga transuretallik gipertermiya,
radioto'lqinli terapiya,
biorezonansli terapiya kiradi.
Prostatitni davolashning eng
zamonaviy usullaridan
Toshkentdagi Doctor-D
shifoxonasida foydalanish
mumkin.
Prostatitni oldini olish:
Har kuni kamida 1 soat jismoniy
mashg'ulotlar bajarish;
Ko'p harakat qilish;
Sog'lom turmush tarzida
yashash;
Palapartish jinsiy aloqalardan
voz kechish;
Ortiqcha muzlashdan o'zini
asrash;
Qabziyatni oldini olish;
Sink moddasiga boy
mahsulotlarni ko'proq iste'mol
qilish;
Muntazam ravishda jinsiy
aloqada bo'lish;
Yoshi 30 dan oshgan bo'lsa,
yilda 1 marta urolog, androlog
ko'rigidan o'tish.
Erkak bepushtligining asosiy
sababchilardan biri bo'lmish
azospermiya(azoospermiya),
bugungi kunda dolzarb muammo
hisoblanmoqda. Halqaro Sog'liqni
saqlash tashkilotining
ma'lumotiga ko'ra bepusht
erkaklarning 10%da azospermiya
mavjud ekan.
Azospermiya nima degani?
Erkak jinsiy suyuqligida
spermatozoidlarning yo'qligi yoki
juda kamligiga azospermiya
deyiladi.
Azospermiya holatiga nima
sabab bo'ladi?
Ko'pincha u moyak
yetishmoqchiligi tufayli yuzaga
keladi. Undan tashqari erkak jinsiy
yo'llarining ikki tomonlama
buzilishi asoratida ham rivojlanishi
mumkin. Agar azospermiyaning
kelib chiqish sababi aniqlanmasa,
u holda noaniq genezga ega
azospermiya, degan tashhis
qo'yiladi.
Azospermiya turlari:
Azospermiyaning obsturktiv
(ekskretor) va noobstruktiv
(sekretor) shakllari mavjud. Ular
quyidagicha farqlanadi: Saboq.Org saytidan olingan. Obstruktiv azospermiya:
Gormonal holat normada;
Tuxum razmeri tabiiy ravishda
normal;
Erkak jinsiy suyuqligida maxsus
tekshiruv natijasida
spermatozoid hujayralari
aniqlanmaydi;
Urug' o'tuvchi yo'llarda
patologik o'zgarish mavjud, bunga
quyidagilar sababchi bo'ladi:
Tug'ma kasalliklar, ya'ni tashqi
va ichki jinsiy a'zolarning
shakllanishida patologiya;
Jinsiy a'zolar yallig'lanishi;
Kichik toz a'zolarda jarrohlik
operasiya o'tkazilgani;
Jinsiy va reproduktiv a'zolarda
tan jarohati mavjudligi.
Noobstruktiv azospermiya:
Gipogonadizm (erkak jinsiy
bezlari faoliyatining
yetishmovchiligi);
Jinsiy suyuqlikda oz miqdorda
spermatozoid hujayralari mavjud;
Gormonal buzilish;
Bemor anamnezida (tarixida)
gen va xromosom o'zgarish ro'y
bergan.
Noobstruktiv azospermiyaning
tug'ma bo'lishi sabablaridan biri
tuxumning rivojlanishidagi
anomaliyalardir. Undan tashqari
noobstruktiv azospermiyaga
nurlanish, varikosele, alkogol
ichimliklar, muzlash va infeksiya
sababchi bo'lishi mumkin.
Azospermiyaning davolanishi:
Azospermiya turiga va kelib
chiqish sababiga ko'ra davolanadi.
Bunda jarrohlik yo'li, gormonal
terapiya va kerakli dori-vositalar
bilan terapiya qo'llaniladi. Ko'p
hollarda azospermiya tufayli
homilador bo'la olmayotgan
juftlikka IKSI muolajasi tavsiya
etiladi. Bunda mikrojarrohlik usuli
bilan moyakdan sun'iy ravishda
spermatozoislar ajratib olinadi va
o'z farzandiga ega bo'lish
imkoniyati paydo bo'ladi.