NewMusicUz.COM | Media Markaz!!!
Quvnoq CHat
Diqqat Savol!
QAYSI XONANDALARNI QOSHIGINI KOPROQ TINGLAYSIZ?


Xamma Javoblar: 1094
Davomat
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Foydalanuchi
Mehmin
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Benom guruhi
Sarvar va Komillardan tashkil topgan Benom guruhi 2010-yildan o'z faoliyatini boshladi. Sarvar Azimov 18-fevralda Qovg'a burji ostida Buxoro shahrida tavallud topdi. Maktab bilan bir vaqtning o'zida Buxorodagi 1-musiqa maktabining fortepyano bo'limini tamomladi, hamda 2006-yil maktabni tamomlagandan so'ng ijod qilishni boshladi. Komiljon Otaniyozov 4-aprel Qo'y burji ostida Buxoroda tavallud topdi. U maktabda o'qib yurgan davridayoq qo'shiq kuylashni juda ham yaxshi ko'rardi. Sarvar va Komil bir sinfda o'qishgan bo'lsada juda ham yaqin do'st bo'lishgan. Ikki do'st maktabda o'qib yurgan davridayoq Benom guruhini tashkil qilib, barcha maktab tadbirlari bu ikki do'st qo'shiqlarisiz o'tmas edi. Ularning ijoddagi ilk qo'shiqlari esa 2006-yilda kuylangan "Armon" qo'shig'i bo'ldi. 2010-yil esa Benom guruhi Tarona records kompaniyasi bilan birgalikda shartnoma tuzadilar, hamda shu yili "Qizaloq" qo'shig'i bilan o'z muhlislariga ega bo'ladilar. Ularning "Qizaloq", "Lola" va "Yomg'ir" qo'shiqlari xit darajasiga yetdi. Hozirgi kungacha bu guruhning 10dan ortiq qo'shiqlarini va 6ta kliplarini o'z muhlislariga havola eta oldilar. 2012-yil avvalidan yigitlar Benom nomi o'rniga Sarvar va Komil nomi ostida ijodlarini davom ettirib kelmoqdalar.
Munisa Rizayeva
Munisa Rizayeva 1986-yil 21-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Ota-onasinig chet-eldagi hizmati sababli Munisa 5 yoshidan Angliyada yashadi. Maktabni ham Munisa Angliyaning Kastrten maktabida o'qidi. Maktabdan so'ng esa Angliya vokal texnik universitetiga "Estrada-vokal" yo'nalishi bo'yicha tahsil oldi. 6 yoshida qo'shiq kuylashni boshlagan. U Angliyadan Toshkentga kegan paytlari "Sezam", "Alladin" va "Tomosha" bolalar qo'shiq va raqs dastasi ishtirokchisi bo'lgan. Toshkentga butunlay qaytganidan so'ng xonanda "Tarona-2004"da ishtirok etib "Nega-nega" qo'shig'ini kuyladi. 2002-2003-2004 yillarda esa "Umid yulduzlari" ko'rik tanlovida ketma-ket birinchilikni qo'lga kiritib kelgan. Xozirgi kungacha esa xonanda 30dan ortiq qo'shiqlarini o'z muhlislariga taqdim etgan. Bundan tashqari Munisa aktrisalik borasida ham o'zini bir necha filmlarda bosh qahramon obrazida talqin etgan.
Ozodbek Nazarbekov Axmadovich
Otabek Mutalxo'jayev 1984-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Maktabdan so-ng Toshkent Davlat Texnika Universitetining "Neft va gaz" fakultetini tamomladi. Otabek Mutalxo'jayevning bobosi o'zbek klassik maqom qo'shiqlari ijrochisi Fayzulla Mutalxo'jayev bo'lgan. Kichkinagina nabirasini oldiga olgan Fayzulla ota Mutalxo'jayev Otabekni bog'chaga boradigan vaqtlaridanoq unga qo'shiq aytish sirlarini o'rgata oldi. Xonanda ijodini 2004-yildan boshladi desak ham bo'ladi. Xit taronasi – "Xazon", "Sevar yorim" va "Netayin" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonandaning 35dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari hamda 2 "Xazon" va "Boriga baraka" nomli albomlari bor. Otabek Mutalxo'jayev qo'shiq kuylabgina qolmay, balki NTT telekanalida "25 kadr" kinoko'rsatuvi boshlovchisi, hamda ko'pgina filmlarda bosh rol ijrichisi hamdir. 2006-yilda "Yangi yil" bayramiga bag'ishlab "Olovuddinning sarguzashtlari" musiqiy filmida bosh rol ijrochisi bo'lgan. Bundan tashqari rejissyor Dilmurod Mirxidoyevning "Lola", "Sehrli uzuk", Melis Abzalovning "Sirli sirtmoq", Tal'at Mansurovning "Madina" filmlarida bosh rollar ijrichisi bo'lgan. 2007-yil Otabek Mutalxo'jayev "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan. 2009-yilda M&TVA AWARDS taqdomotida "Yilning eng yaxshi erkak qo'shiqchisi" nominanti bo'lgan. Hamda shu yili "Istiqlol" san'at saroyida "Sevar yorim" konsert dasturini, 2008-yilda esa Fond Forumning "Biz bir jamoamiz" loyihasi ishtirokchisi hamdir. Xonanda O'zbekiston hududining barcha viloyatlarida gastrol konsertlarida, shuningdek bolalar uylari, nogiron bolalar va qariyalar sihatgohlarida hayriya konsert dasturlarini namoyish etib kelmoqda. Xonanda kompozitorlar Dilshod Maxkamov va Farruh Badalboyev hamda shoirlardan Dilshod Maxkamov, Bobur Bobomurod va Muhammad Ismoillar bilan birgalikda ijod qilmoqda. Xonandaning xobbilariga kelsak, sport turlarining suzish hamda chang'i uchishga juda qiziqadi. Ijoddan bo'sh vaqtlarida esa dunyo kinomotografiya va dunyo estradasini o'rganadi, hamda bouling va pleysteyshnni kanda qilmaydi.
Ziyoda
Ziyoda Qobilova 1989-yil 7-yanvar kuni Toshkentda tug'ildi. Bolaligidan Ziyoda Yulduz Usmonovaning qo'shiqlarini kuylab yurardi. Maktabdan so'ng xonanda Xamza nomidagi musiqa kollejini, so'ng O'zbekiston Davlat San'at institutiga o'qishga kiradi. Ziyodaning xit taronasi "Xay Layli" qo'shig'i bo'lgan. So'ng "Sevmaganman", "Tinch qo'y" qo'shiqlari ham xit bo'lgan. Hozirgi kungacha xonandaning 3 albomi bor. Bular, "Super kelinchak", "Dilda baxt to'la" va "Yuragimsan" nomli albomlardir. Xozirgi kungacha xonandaning 30 ga yaqin kliplari bor va 60 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etdi. Ziyoda bir nechta mukofotlarni qo'lga kiritdi. 2007-yil M&TVA AWARDS taqdimotida "Yilning eng yaxshi ayol qo'shiqchisi" nominatsiyasi, 2008-yil "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan. Xonanda bir qancha estrada xonandalari Oybek Alimov, "Bojalar" guruhi, Sirojiddin Xojiyev, "Fazo" guruhi, "Radius-21", Davron Ergashev, Otabek Mutalxo'jaev, Alisher Uzoqov va Samandar Xamroqulovlar bilan ham duet kuylagan. Bundan tashqari Ziyoda o'zbek milliy kinofilmlarida ham suratga tushgan. Bular: Jasur Shametovning "Uchrashuv", Jahongir Poziljonovning "Boyvachcha", "Nortoy", "Bekorchilar", Javlon Shodmonovning "Enagalar" va "Kichkina xo'jayin”" filmlaridir. Xozir esa yulduzimiz yangi izlanishda.
Ulug'bek Rahmatullayev
Ulug'bek Rahmatullayev 1982-yil 29-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolaligida Ulug'bek juda ham sho'x bo'lgan. Maktabda ham o'qishga sira hohishi bo'lmagan. Xattoki u beshta maktabga borgan va nihoyat u 8-o'rta maktabni bir amallab tamomlaydi. Bog'cha va maktablardagi musiqa asboblari, ayniqsa mikrofonni olib qo'shiq kuylab, she'r aytishni juda ham sevardi. Maktabni bitirgandan so'ng Ulug'bek Raxmatullayev Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining "Markaziy Osiyo Xalqlari tarixi" fakultetini tamomlaydi. San'at borasida esa u ilk ijodini 1999-yilda "Yorim yoniga borsam" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq xit tarona darajasiga yetadi. So'ng 2004-yilda esa yoshlarning sevimli shoiri Bobur Bobomurod qalamiga mansub bo'lgan "Oydin, oydin kechalar", "Sevma", "Sen ketding" va "Kapalak" qo'shiqlari hamda Ulug'bek Raxmatullaevning barcha-barcha qo'shiqlari xit darajaga yetgan. Hozirgi vaqtgacha xonandaning 70dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari va "Sevma", "Sen ketting", "Kapalak" albomlari o'z muhlislari yuragidan joy olgan. Ulug'bek Rahmatullayev ko'pgina Davlat mukofotlariga ham sazovor bo'ldi. 2007-yil "Nihol" mukofotini, hamda huddi shu yili M&TVA AWARDS taqdimotida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" va "Eng yaxshi klip" uchun nominatsiyasini qo'lga kiritdi.

Sahifalar: « 1 2 3
Bizda Barcha Fayllar TAS-IX Formatda!!!