Saylov natijalari bilan tanishing! (562) |
Saylov natijalari bilan tanishing! (458) |
Saylov natijalari bilan tanishing! (479) |
Шаҳзода Равшан Эрматовга омад тилади (1217) |
Мавлуда Асалхўжаева ва Муниса Ризаева ўртасида нима юз берди? (1505) |
To'y kungi daxshatli voqea! (1722) |
Yaqin Kunlarda Uzrap.net sayti ishga tushadi! (1025) |
Yozuv Orqali Xarakterni Aniqlash (1452) |
Internetda eng oson pul topish yo'li! (1346) |
Euronews’да Ҳива ҳақидаги лавҳаларнинг намойиши старт олди (1462) |
DILNOZA KUBAYEVA
1986 yil 22 NOYABRDA TUG`ULGAN
XOBBISI- OTKRITKA YIG`ISH
USTOZLARI -MUNAVVAR ABDULLAYEVA, XAYRULLA SADIYEV
Кубаева Дилноза Окилбековна родилась 22 ноября 1986 года. По гороскопу - стрелец.
Закончила факультет драматического и кино актерства Ташкентского государственного института Культуры. любит слушать музыку и быть в кругу семьи. Хобби - коллекционирование открыток. Дилноза левша.
Актёрским искусством увлеклась еще в школе - выступала в школьных постановках. Позднее, хотя семья Дилноза не актерская, поступила в институт Культуры с твердым намерением стать актрисой. Там прошла обучение и настоящий мастер класс у Мунаввара Абдуллаевой и Хайрулла Саъдиевых. Получила известность после постановки спектакля "Андишали келинчак" Мунаввара Абдуллаевой, в которой…
Oybekning tarjimai holi
Men Alimov Oybek Bahodirovich 1987 - yil 8 oktabr kuni Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tug'ildim. Oilam haqida qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsam, oilada 4 kishimiz: ota - onam, akam va men.
Otam - Alimov Bahodir Turg'unovich (1962 yil, Toshkent shahri).
Onam - Alimova Nodira Sattorovna (1963 yil, Toshkent shahri).
Akam - Alimov Javlon Bahodirovich (1986 yil, Toshkent shahri.
Hamma jajji bolalar kabi bog'chaga, so'ngra 1994 - yil 29 - o'rta maktabning 1 - e sinfiga borganman. Shu maktabning 2 - sinfini tamomlagach, yangi uyga ko'chganimiz tufayli 3 - sinfni 39 - tayanch maktabida davom ettirganman. Yoshligimdan sport turlaridan futbolga qiziqardim. Darslardan bo'sh vaqtimda "Istiqlol" futbol maktabida, futbolning o'ziga xos sirlarini o'rganar edim. Hattoki futbol o'ynayotganimda oyog'imni ham sindirganman. 2003 - yilda 9 - sinfni tamomlagach, ba'zi sabablarga ko'ra 2 yil mobaynida o'qishni davom ettira olmadim. Hatto "Istiqlol" futbol maktabini ham tashlab ketdim. Ammo yoshligimdan sportdan tashqari musiqa san'atiga qiziqishim kuchli bo'lganligi sababli keyinchalik "Konsanans" nomli musiqa to'garagiga qatnashdim.
Nihoyat, 2005 - yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kollejiga imtihon asosida o'qishga qabul qilindim. U yerda "Akadem xonandalik" bo'limida O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist Serjanov Kenezboy Jumaboyevichdan tahsil oldim. Shu yilning noyabrida "Akfa Media" prodyusserlik markazi ochilgani va u yerda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o'rtasida tanlov o'tkazilayotgani haqida xabar topdim. Menda o'zimni sinab ko'rish uchun imkoniyat paydo bo'lgan edi va albatta bu imkoniyatdan unumli foydalangan holda tanlovda qatnashishga qaror qildim. Bu tanlovda kollejimizdan juda ko'plab yigit - qizlar ham o'z nomzodlarini ko'rsatishgan edi. Ular orasida sizga yaxshi tanish Nigora va Ziyodalar ham shular jumlasidandir. Tanlovda Nigora, Ziyoda va men g'olib deb topildik. Uzoq tayyorgarliklardan so'ng, ilk taronam "Yuragimda" efir orqali jarang sochganida o'zimni qo'yarga joy topa olmaganman. Men bilan birga Ziyoda va Nigoraga ham qo'shiq yozilib, uni ham efir orqali taqdim qilindi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng, Nigoraga yana bir qo'shiq yozildi va uni duet shaklida kuylash rejalashtirildi. Bu duetdosh men bo'lib chiqdim. Yodingizda bo'lsa, Nigora bilan ilk duet qo'shig'imiz "Izlayman" edi. Ko'plab tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Shundan so'ng rahbariyatimiz yana bir duet qo'shiq yaratish taklifini bildirdi va "Sen uchun" nomli duet tarona dunyoga keldi. Ikkinchi duet qo'shiq TV orqali taqdim qilingandan keyin bizni Oybek va Nigora dueti deb taniy boshlashdi. Intilishlarimiz va ijodimiz orqasidan ko'plab olqishlarga sazovor bo'ldik. Shu bilan birga ko'plab mukofotlarga erishdik. Jumladan, turli xil tashakkurnomalar, fahriy yorliqlar, 2006 - yil "Yil yangiligi" nominatsiyasida va eng asosiysi 2008 - yilda "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lishimiz biz uchun kutilmagan holat edi. "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lganimizdan so'ng, Oybek va men musiqiy bilimlarimizni yanada mustahkamlash uchun 2009 yilda O'zbekiston Davlat San'at institutiga imtiyozli tarzda qabul qilindik. Hozirda ushbu institutning "Estrada aktyorligi" fakultetining 1 - bosqich talabasimiz. 2010 yilga kelib "Akfa Media" prodyusserlik markazi bilan tuzgan shartnoma muddati o'z nihoyasiga yetganligi sababli ijodimizni mustaqil davom ettirishga qaror qildik. Muxlislarimiz bundan hech ham hafa bo'lishmadi. O'ylaymizki, kelajakda o'zimizning ijodimiz bilan dunyo miqiyosiga ko'tarilib, bundanda katta yutuqlarga erishamiz...
Nigoraning tarjimai holi
Men Ismoilova Nigora Abduvahobovna 1988 - yil 12 sentabr kuni Toshkent shahrida ishchilar oilasida dunyoga keldim. Oilada 7 kishimiz: ota - onam, 3 opam, men va ukam.
Otam - Ismoilov Abduvahob To'htasinovich (1958 yil, Toshkent shahri) avtobus haydovchisi.
Onam - Rahimova Adashxon Abdurahimovna (1958 yil, Andijon shahri) bolalar shifokori.
Opam - Ismoilova Munira Abduvahobovna (1980 yil, Toshkent shahri).
Opam - Ismoilova Zamira Abduvahobovna (1982 yil, Toshkent shahri).
Opam - Ismoilova Nargiza Abduvahobovna (1984 yil, Toshkent shahri).
Ukam - Ismoilov Zohid Abduvahobovich (1990 yil, Toshkent shahri).
3 yoshga qadam qo'yar qo'ymasimdan bolalar bog'chasiga, keyin 1995 - yil 179 - o'rta maktabning 1 - a sinfiga borganman. Maktabda juda a'lochi bo'lmasamda, bayram tadbirlarida qatnashishga juda qiziqar edim. O'sha kezlarda mahallamizda Fotima va Zuhra Ziyomuhamedovalar boshchiligidagi noan'anaviy bolalar qo'shiqchilik tanlovi o'tkazildi. Tanlovning noan'anaviyligi shundaki, u yerda sog'lom bolalar bilan bir qatorda, ko'zi ojiz va nogiron bolalar ham o'zlarining iste'dodlarini sinab ko'rishlari mumkin edi. Tabiiyki, musiqaga qiziqishim kuchli bo'lganligi sababli tanlovda ishtirok etdim. Omadim kelibmi, tanlovda g'olib bo'ldim.
So'ngra tanlab olingan bolalar jamoasidan hor tashkil qilindi va "Uz bell" deb nom berildi. Hor jamoada biz qo'shiqchilik sirlarini o'rgandik. Bu yerda men juda ko'plab do'stlar orttirdim. Ziyoda bilan ham aynan shu yerda tanishganman. Ziyoda bo'sh vaqtlarida "Tantana" guruhi haqida menga faxrlanib gapirib berar edi. O'z-o'zidan menda shu guruhning a'zosi bo'lish istagi paydo bo'ldi. Bir kuni hor jamoamiz noma'lum sabablarga ko'ra yopildi. Juda hafa bo'ldim, lekin Fotima va Zuhra opalar meni "Tantana" guruhiga taklif qilishganida o'zimda yo'q hursand bo'lib ketdim. Musiqiy bilimlarni mukammallashtirishni "Tantana" guruhi bilan davom ettirdim. Biz guruh bilan juda ko'plab muvaffaqiyatlarga erishdik va Davlat konsert dasturlarida munosib ishtirok etardik. 2004 yilda maktabni tamomlab, Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Republika musiqa kollejiga imtihon asosida qabul qilindim. 2 - kursda tahs?l olayotganimizda Fotima opa menga "Akfa Media" prodyusserlik markazi ochilgani hamda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o'rtasida tanlov o'tkazilayotgani haqida aytib qoldilar. U yerda qatnashuvchilar orasida Oybek va Ziyoda ham bor edi. Yana bir bor omad kulib boqib men, Ziyoda va Oybek g'olib bo'ldik.
Ana shundan keyin "Akfa Media"da ijodimiz boshlandi. Menga bir qo'shiq yozildi, lekin qo'shiq duet shaklida ijro qilinishi kerak edi. Bu duetdosh Oybek bo'lib chiqdi. Ilk bora Oybek bilan kuylagan "Izlayman" duet qo'shig'i ko'pchilikka manzur bo'ldi. Shundan so'ng rahbariyatimiz yana bir duet qo'shiq yaratish taklifini bildirishdi va "Sen uchun" nomli qo'shiq dunyoga keldi. Unga ham o'z navbatida klip suratga olinib, xalqimizga taqdim qilindi. Qisqa vaqt ichida qo'shiq ommalashib, hit - paradlarning yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Shundan so'ng, men va Oybekni, Oybek va Nigora duet guruhi sifatida taniy boshlashdi. Intilishlarimiz va ijodimiz orqasidan ko'plab olqishlarga sazovor bo'ldik. Shu bilan birga ko'plab mukofotlarga erishdik. Jumladan, turli xil tashakkurnomalar, fahriy yorliqlar, 2006 - yil "Yil yangiligi" nominatsiyasida va eng asosiysi 2008 - yilda "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lishimiz biz uchun kutilmagan holat edi. "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lganimizdan so'ng, Oybek va men musiqiy bilimlarimizni yanada mustahkamlash uchun 2009 yilda O'zbekiston Davlat San'at institutiga imtiyozli tarzda qabul qilindik. Hozirda ushbu institutning "Estrada aktyorligi" fakultetining 1 - bosqich talabasimiz. 2010 yilga kelib "Akfa Media" prodyusserlik markazi bilan tuzgan shartnoma muddati o'z nihoyasiga yetganligi sababli ijodimizni mustaqil davom ettirishga qaror qildik. Muxlislarimiz bundan hech ham hafa bo'lishmadi. O'ylaymizki, kelajakda o'zimizning ijodimiz bilan dunyo miqiyosiga ko'tarilib, bundanda katta yutuqlarga erishamiz...
BLITS - SAVOLLAR
· 1. To'liq ism-sharifi: Ismailova Nigora Abduvahobovna.
· 2. Laqabi yoki tahallusi: Maktabda "Knopka".
· 3. Tug'ilgan joyi va vaqti: Toshkent shahri, 12 sentyabr 1988 yil soat 23:45 da.
· 4. Vazni: 47 kg.
· 5. Bo'yi: 155 sm.
· 6. Millati: O'zbek.
· 7. Harakteri: Injiq, qaysar, hushchaqchaq.
· 8. Oilaviy sharoiti: Turmushga chiqmagan.
· 9. Yoshlikdagi hato uchun eng og'ir jazo: Burchakka turg'azishgan yoki uxlatib qo'yishgan.
· 10. Birinchi bo'sa: Aytishicha, qiz bolaga to'g'ri kelmaydi.
· 11. Birinchi bor gaz pechi oldida: 7 yoshida ukasi bilan birga kartoshka qovurgan.
· 12. Sevimli aktyor va aktrisasi: Murod Rajabov, Rano Yarasheva , Silvestor Stalone, Anjelina Joli.
· 13. Sevimli xonandasi: Ajratmaydi.
· 14. Sevimli filmi: qolaversa ujastik janridagi filmlarni sevib tomosha qiladi.
· 15. Sevimli qo'shig'i: Tanlamaydi
· 16. Sevimli taomi: Norin. Yoz kunida esa "Okoroshka".
· 17. Sevimli ichimligi: Ananasli sharbat.
· 18. Sevimli sport turi: Futbol va suzish.
· 19. Sevimli mashg'uloti: Onasi bilan suhbatlashish va sokin joyda aylanish.
· 20. Sevgan insoni: (O'ylanib).
· 21. Qo'llanadigan atiri: Eclat
· 22. Shiori: Faqat oldinga (Muxlislar hursandchiligi bizning eng katta mukofotimiz).
· 23. Mukofotlari: 2006 - yil "Yil yangiligi" nominatsiyasida va 2008 - yil "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan.
· 24. Ko'p ishlatadigan so'zi: Yo'q.
· 25. Shaxsiy avtomobil markasi: Yo'q.
· 26. Agarda xonanda bo'lmaganida: "Logoped" bo'lardi (shu o'rinda yosh bola sifatida bir oz gapirib o'tdi).
· 27. Orzusi: Orzulari serob.
· 28. Armoni: Yo'q.
· 29. Shaxsiy e-mail manzili: nigora@oybeknigora.uz
· 30. Shaxsiy sayti: www.oybeknigora.uz
· 31. Sevimli rangi: Sariq.
· 32. Sevimli guli: Atirgul.
· 33. Sevimli fasli: kuzning ohirgi oylari.
Shahzoda tahallusi ostida ijod qilayotgan go'zal va betakror Zilola Musayeva 1979-yilda Farg'ona shahrida filolog va falsafa fanlari doktori oilasida tavallud topdi. U bolaligidan musiqa bilan yashashni boshladi. 9 yoshigacha u Moskvada yashadi. So'ng Toshkentga qaytib o'z ijodini boshladi. Maktab yoshidanoq Zilola vokal bilan shug'ullanardi. Oliygohga kirganda esa u "Jonim" guruhining solisti edi va aynan uning birinchi albomi ham taniqli kompozitor Vagif Zokirov tashabbusi bilan ana shu guruhda yoziladi. 2001-yildan esa Shahzoda o'z ijodini "Tarona rekords" rekord kompaniyasi bilan davom ettiradi. 2003-yilda xonanda o'zining birinchi yakkaxon konsertini o'z mhlislariga taqdim etadi. U o'zining konsert dasturlari bilan gastrol safarlariga Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hattoki MDH davlatlari Kavkaz va Zakavkazyelarda ham uni katta olqishlar ila kutib olishdi. Xonanda o'zining "Bor ekan", "Baxt bo'ladi", "Keragimsan", "Baxtliman", "Assalomu Aleykum" nomli albomlarini o'z muhlislari e'tiboriga havola eta oldi. Shahzoda nafaqat qo'shiq kuylab muhlislar ko'nglidan joy oldi, balki 10dan ortiq filmlarda, ya'ni "Fotima va Zuhra", "Majruh", "Sevinch", "Layli va Majnun", "Sarvinoz", "Zumrad va Qimmat" filmlarida bosh rollarni qoyilmaqom qilib ijro etgan. Shahzoda bir qancha mukofotlar sovrindori ham bo'lgan. 2003-yil Tarona taqdimotida "Yilning eng yaxshi kuychisi" nominatsiyasiga, 2004-yilda "Yil albomi", 2005-yilda "Keragimsan" qo'shig'i bilan "Yil qo'shig'i" nominatsiyasini qo'lga kiritadi
SHOHRUHXON HAQIDA QISQACHA Ma'lumot
1. To'liq ism–sharifi Yo'ldoshev Shohruh Alisherovich
2. Laqabi yoki tahallusi Shaxtyor
3. Tug'ilgan joyi va vaqti Toshkent shahri, 29 may 1985 yil
4. Vazni 65 kg
5. Bo'yi 174 sm
6. Millati O'zbek
7. Harakteri Og'ir
8. Oilaviy sharoiti Bo'ydoq
9. Yoshlikdagi hato uchun eng og'ir jazo Kaltak
10.
Birinchi bo'sa 12 yoshida
11. Birinchi bor o'zi tayyorlagan taomi Kartoshka qovurgan (7 yoshida)
12. Sevimli aktyor va aktrisasi Farruh Soipov, Ulug'bek Qodirov, Adiz Rajabov va Dilnoza Kubaeva
13. Sevimli xonandasi Ozodbek Nazarbekov, Samandar, Yulduz Usmonova, Rashid Xoliqov
14. Sevimli filmi "Tangalik bolalar"
15. Sevimli qo'shig'i Ozodbek Nazarbekovning "Seni ko'rdim qaydan ham"
16. Sevimli taomi Palov
17. Sevimli ichimligi Olma va olcha sharbati
18. Sevimli sport turi Muaytay
19. Sevimli mashg'uloti Uxlash
20. Sevgan insoni Bor
21. Foydalanadigan atiri "Versachi" va "Chanel"
22. Shiori Sabr qilib, olg'a intilish
23. Mukofotlari Yo'q (Oliy mukofot muxlislar e'tibori)
24. Ko'p ishlatadigan so'zi Mayli
25. Shaxsiy avtomobil markasi "Nexia" kulrang (stalnoy) rangda
26. Agarda xonanda bo'lmaganida Tadbirkor bo'lardi
27. Orzusi Ko'p
28. Armoni Bor
29. Shaxsiy e-mail manzili Yo'q
30. Shaxsiy sayti Yo'q
Ism-sharifi: Ulug`bek Nosirovich Qodirov;
Tug`ilgan sanasi: 1983-yil, 3-avgust;
Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri;
Ma`lumoti: Oliy. Toshkent davlat san`at institutini tamomlagan; Tamomlagan maktabi: Toshkent shahridagi 34-maktab;
Xullas, u haqida bilmoqchi bo`lsangiz, ichkariga tashrif buyuring...
Burji: Arslon;
Sevimli guli: Nilufar;
Yaxshi ko`rgan mashinasi: «Mersedes» va «BMW»;
Yoqtirgan taomi: Palov va rayhonli moshxo`rda;
Kiyinishi: Zamonaviy;
Sevimli rangi: Qora;
Kamchiligi: Kamgap;
Hayotdagi shiori: «Hamisha olg`a»;
Ish joyi: O`zbek Milliy akademik drama teatri;
Ilk roli: «Ayol zoti»da Bobur Yo`ldoshev bilan birga ijro etgan;
Ikkinchi va katta roli: Murod Rajabovning «Akademiya» filmida;
Uni xalqqa tanitgan roli: «Sarvinoz»dagi Odil obrazi;
Yoqtirgan sport turi: Kurash. Bir paytlar yakkama-yakka kurashda oyog`ini sindirgan;
U uchun eng muhimi: Ota-onasi, yaqinlarining salomatligi va sevimli kasbi;
Armoni: Muhabbat;
Bo`sh paytlarida: Detektiv janridagi kitoblar o`qiydi;
Tanqidga munosabati: Ijobiy;
Ilk ustozlari: Erkin Komilov, Turg`un Azizov, Murod Rajabov, Hamida Mahmudova;
Sahnaga ilk marotaba: San`at institutining 2-kursida o`qiyotganda «Gamlet», «Qirol Lir» va boshqa ommaviy sahnalarda ishtirok etgan;
Qo`rqadi: E`tibordan qolishdan va hech kimga keraksiz bo`lib qolishdan;
Ijro etishni xohlaydigan rollari: Shekspirning «Gamlet» asaridagi «Gamlet», «Romeo va Julyetta» asaridan esa Romeo;
Hurmat qiladigan klassik rejissori: Shuhrat Abbosov;
Yangi avlod rejissorlaridan: Zulfiqor Musoqov, Rustam Sa`diyev, teatr rejissorlaridan Valijon Umarov, shogirdi Jo`rabek Ro`zimetovlarning ijodini hurmat qiladi.
Katta ekranga chiqqan kinolari: «Sarvinoz», «Baxt uchun million» - Odil, «Fotima va Zuhra» - Shohruh, «Devona» - Shodivoy, «O`yin» - Jamshid, «Shabbona» - Bahrom, «Jazo» - Jasur;
Birga ishlagan rejissorlari: Bahrom Yoqubov, Said Muxtorov;
Ijro etgan qo`shig`i: Yosh xonanda Shoira Azimova bilan «Kel, jonim» dueti;
Kinodagi hamkorlari: Shahzoda, Sevinch Mo`minova, Jamila G`ofurova, Aida, Shodiya To`xtayeva, Gulchehra Eshonqulova;
Oilada: 5 farzandning kenjasi. Islombek, Feruza, Aziza, Dilfuza va Ulug`bek;
Hozirda: «Panoh» kinofilmida suratga tushyapti;
Agar rejissor bo`lganida: Ko`cha hayoti haqida film suratga olardi;
Kino yoki teatr: Ikkalasini ham birdek yaxshi ko`radi. Ammo teatr birinchi o`rinda;
Birga suratga tushishni xohlaydi: Yodgor Sa`diyev, Yoqub Ahmedov, Furqat Fayziyev kabi ustoz san`atkorlar bilan. Jahon yulduzlaridan esa Al–Pachino, Alen Delon va Bred Pittlar bilan;
Hurmat qiladigan insoni: Onajonisi;
Uning gapirishini Tohir Sodiqovga o`xshatishadi;
U ko`proq yurak izmiga bo`ysunadi. Chunki u his qiladi;
O`n yildan keyin u o`zini Hollivudda ko`radi;
Uning uchun pul: Hech narsa. Qo`lning kiri, bugun bor, ertaga yo`q;
2005-yil: Uning uchun juda omadli va esda qolarli yil bo`lgan. Chunki u o`sha paytda «Yilning eng yaxshi yosh aktyori» nominatsiyasiga sazovor bo`lgan;
Orzusi: Hindistonning eng iste`dodli aktyori Shohruh Xondek mukofotlarni qo`lga kiritganida ularni Shohruh Xon bilan birga «yuvish»;
U baxtni oilasi, do`stlari yonida to`rt muchasi sog` holda bo`lish deb biladi. Aslida yashash ham bu - baxt;
Baxtsizligi esa yaqin kishilaridan judo bo`lish;
Bolaligida uning xoli katta bo`lib ketishidan qo`rqishardi;
2004-yilda: Otasi vafot etdi. Uning uchun bu og`ir judolik edi;
U haqida tarqalgan mish-mish: Xonanda Shahzoda bilan turmush qurarmish;
Mashhur bo`lish uchun juda ko`p ishlash kerak deb hisoblaydi;
Tan oladigan xonandasi: Lola. Unga qoyil qoladi;
Uning fikricha, aktyor teatrda «pishadi»;
U harbiy maktabda tahsil olgan: Ammo o`qishni oxirigacha davom ettira olmagan. Sog`lig`i pand bergan;
Aktyorlik qismatim deb ayta olmaydi. Negaki, erkak kishiga qirq hunar ham oz;
Irimlarga ishonmaydi. Hammasi omadga bog`liq;
Qo`shig`ining matni va musiqasini Shahnoz yozib bergan. Musiqiy sayqali esa Ravil Gimazutdinovga tegishli.
Uning fikricha: «Peshonaga nima bitilgan bo`lsa, hech kim undan qochib qutula olmaydi»;
Kinodan tashqari dublyajda ham samarali ijod qilgan;
Rejissor Bahrom Yoqubov bilan birga ishlash yoqimli, deb hisoblaydi. Chunki u aktyordan nima talab qilayotganini sodda va aniq tushuntirib bera oladi;
Farrux Soipov u uchun raqobatdosh emas, kasbdosh;
Ahmedova Shahrizoda Farhodovna
Ahmedova Shahrizoda Farhodovna 28 aprel 1985 yilda Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati o'zbek, ma'lumoti o'rta mahsus. $CUT$
Xonandaning oilasi katta: ota-onasi, akasi, ikkita opasi hamda ota-onasining erka va kenja farzandi Shahrizoda (Kaniza).
Shahrizoda 1992 yilda Qo'qon shahridagi 21-o'rta maktabining 1-sinfiga o'qishga borib, 2001 yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan.
2001 yilda Toshkent shahridagi "Benkov" nomidagi O'zbekiston Respublikasi rassomchilik kollejining Milliy liboslar dizayni fakultetiga o'qishga kirib 2004 yilda model'er-dizayner dizayner diplomini qo'lga kiritdi.
O'qishni tugatgach musiqaga qiziqishni boshlagan va 2006 yildan buyon yakkaxon tarzda o'z ijodini boshlagan. Bobosi - O'zbekiston xalq artisti Murodjon Ahmedovni turmush o'rtog'i, ya'ni buvisi Kanizaxonni ismlarini o'ziga tahallus qilib olgan.
Kaniza - tojikcha ism bo'lib, jasur, dovyurak, shaddod qiz ma'nosini anglatadi.
2007 yildan buyon O'zbekiston Yoshlar ijodiyot uyining boshlang'ich guruh rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yosh iste'dodlar uchun ta'sis etilgan "Nihol" mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari o'zini aktrisa sifati sinab, "Sehrli uzuk" musiqiy filmida Farangiz ismli qizni rolini ijro etgan.
Bilasizmi ? "Benom"guruhi yigitlarining didlari nixoyatda bir xil ekan! "Benom" guruhi sayohat qilishni , ko'proq ijod qilishni va melodramma janridagi filmlar tomosha qilishni juda yoqtirishar ekan!
Yigitlarning sevib tanovul qiladigan ovqatlari : Qovurilgan Jo`ja. Hobbiylari : SarvarBEK - Arxeologik topilamalarni kolleksiyalash ; Komil - Interyer va rasm chizish Yoqtirgan sport turi : Futboll.
Muhabbat borasida : "Benom" guruhi yigitlarining ikkovlari ham o'zlari orzu qilishgan qizni hali uchratmagan ekanlar! "Benom" guruhidagi SarvarBEKning aytishicha Komil uxlashni juda yaxshi ko'rar ekan ,Komilning aytishicha esa Sarvar uxlash borasida undan qolishmas ekan, umuman esa bu yigitlar uxlashni juda yoqtirishar ekan (hazil).