NewMusicUz.COM | Media Markaz!!!
Quvnoq CHat
Diqqat Savol!
QAYSI XONANDALARNI QOSHIGINI KOPROQ TINGLAYSIZ?


Xamma Javoblar: 1094
Davomat
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Foydalanuchi
Mehmin
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Sardor Rahimxon (Hayoti va Ijodi)

Sardor Rahimxon tahallusi ostida faoliyat yuritayotgan san'atkor Sanjar Rahimov 1981-yil 3-sentabr kuni Parizod burji ostida Toshkent shahrida tavallud topdi. U maktabni tamomlagandan so'ng Toshkent Davlat Texnika Universitetining "Kompyuter texnologiyasi" fakultetini tamomladi. Xonandaning barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetadi. Bular, "Favvora", "Kechmish", "Hayolimda", "Baxtliman", "Bir donasan", "Bilsang bas", "Ishonmasman", "Yorim bo'lsang", "Jonginam", "Yaqinlarimga", "Bayram bugun" qo'shiqlaridir. Uning eng yaqin do'sti bu Ulug'bek Rahmatullayevdir. Xonanda SMS filmida bosh rolni ham ijro etgan. 

Zarina Nizomiddinova (Hayoti va ijodi)

Zarina Nizomiddinova 1989-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida, san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning otasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Shahboz Nizomiddinovdir. Zarina ushbu oilaning kenja farzandidir. Zarina kichkinaligidan san'atga qizikib, maktab bilan bir vaqtning o'zida, ya'ni 1997-yildan boshlab Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabining fortepiyano bo'limida taxsil oladi. U 4 yoshidanoq "Yulduzcha" bolalar xorida qo'shiq kuylardi. Xattoki u bu ansamblda 7 yoshligida birinchilikni ham qo'lga kiritgan. 7-sinfdan boshlab Zarina Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs bo'limida taxsil oladi. Maktabdan so'ng Sharqshunoslik institutining "Jahon siyosati va tarixi" fakultetida taxsil oladi. Yosh aktrisa ilk ijodini 16 yoshida, Davlat buyurtmasiga asosan ishlangan, rejissyor Tamara Kamalovaning "Yo'l bo'lsin" filmida bosh rol bilan boshlaydi. "Yo'l bo'lsin" filmi ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. 2005-yil rejissyor Bahrom Yoqubovning "Romeo va Julyetta" filmida bosh rolni ijro etdi. Bir oz tanaffusdan so'ng, ya'ni 2010-yili Zarina rejissyor Jahongir Axmedovning "Qorako'z", 2011-yilda rejissyor Hasan G'ofurovning "Senga muxtojman", 2011-yil Javlon Shodmonovning "Zamonaviy sovchilar" , Aziz Umrzoqovning "Oqibat", 2012-yil rejissyor Jon Rid Sagdiyevning "Bardosh", rejissyor Laziz Ashuraliyevning "Iltimos menga qarang", Akbarbek Turdiyevning "Salom sevgi, xayr sevgi", Jaxongir Poziljonovning "Sevaman dedim, sevaman", Javlon Shodmonovning "Aldangan ko'ngil", Bahrom Yoqubovning "Men yulduzman" va "O Maryam, Maryam" hamda rejissyor Sherali Isanovning "Aql va yurak" filmlarida bosh rollarni ijro etdi. 

Zarina nihoyat 2014-yil 18-yanvar kuni ikkinchi marotaba turmushga chiqdi, u o'zining turmush o'rtog'i haqida ma'lumot berishni istamadi. Bilishimizcha u juda katta yirik va ko'zga ko'ringan tadbirkor. Eslatib o'tamiz Zarinaning avvalgi turmushidan bitta shiringina o'g'li bor. O'g'lim ham men kabi sanotkor bo'ladi deydi: Zarina Nizomiddinova.
 
 

Zarba guruhi (Hayoti va Ijodi)

Zarba guruhi 2009-yil may oyida tashkil topgan. 2010-yilda esa "Sen bilan bo'lsam" qo'shig'i bilan o'z ijodini boshladi. Bu guruhning xit taronalari esa "Duv-duv gap", "Digi-digi", "Maktab" va O'zbekiston Respublikasining Mustaqillikk bayramining 20-yilligi munosabati bilan "Vatanim" qo'shiqlari xit taronalar pog'anasidan joy egalladi. Hozirda bu guruhning 20dan oshiq qo'shiqlari va 7ta kliplari o'z muhlislariga havola etilgan. Yangi 2012-yilga esa ushbu guruh yangi albomlarini o-z muhlislariga yangi yil tuhfasi etib hadya etish arafasida. 

Jasur Umirov [Biografiya]

Jasur Umirov bahor faslining 31-mart kuni Samarqand shahrida tavallud topdi. Bolalik vaqtida san'at shaydosi edi. Shuning uchun ham u musiqa maktabiga boradi, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining Estrada xonandalik fakultetiga o'qishga kiradi. U ilk ijodini 2009-yildan boshlaydi. Jasurning aytgan barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetmoqda. "Billuram", "Oysha", "Derdiya", "Jon-jon", "Daryolar" va "Yuribmande" qo'shiqlari barcha qizlarni lol qoldirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Xonandaning hozirgi kungacha 15dan ortiq qo'shiq kliplari va "Oysha" nomli albomi muhlislar yuragidan joy oldi. San'at olamiga yaqingagina kirib kelgan bo'lsada, 2010-yil 21-dekabr kuni "Istiqlol" san'at saroyida yakkahon konsert dasturini namoyish etdi. 

Sahro guruhi Haqida [Biografiya]

Далер Хонзода 

родился в 1989 году, 1 апреля в городе "Регар”. Поэт, композитор, вокалист, бит-мэйкер. 

Любимый вид спорта: футбол, кик-боксинг. 

Любимые исполнители: Ray Charles, Daler Nazarov, Andrea Bacceli, Michael Jackson 

Любимый жанр в музыке: R&B, Jazz, Pop, House, Dream, Soul Rock. 

Любимый цвет: Красный, белый. 

Любимый фильм: Александр, Гарри Поттер. 

Любимое блюдо: Шашлык, плов. 

Любимые компьютерные игры: football pes 2012, Deus-Ex. 

Девиз по жизни: Скажи мне кто твой друг и я скажу кто ты! 

Мечта: Покорить весь мир, своим творчеством. 

Далер Аметист (Dolar-D) 
родился в 1991 году, 21 февраля в городе "Уч-кудук”. Поэт, лирик, рэпер, дизайнер, активист хип-хоп культуры в Узбекистане. 
Любимый вид спорта: баскетбол, тай-бокс, шахматы. 
Любимые исполнители: Nelly, La Fouine, Daler Nazarov, Andrea Bacceli, Bob Marley. 
Любимый жанр в музыке: Rap, R&B, Reggae, Jazz, Dream, Soul Rock 
Любимый цвет: фиолетовый, зеленый, белый, серый, синий, пурпурный. 
Любимый фильм: В погоне за мечтой, 7 жизней, Хатико. 
Любимое блюдо: Макароны с сыром, Халиса, 
Любимые компьютерные игры: Taken. 
Девиз по жизни: Не подражай ни-кому, только одному, тому, кого ты видишь в зеркале по утру. 
Мечта: Сделать совместную песню с инопланетянами.
 

Manzura
To'liq ism–sharifi: Yuldasheva Manzura Muborakovna 
Laqabi yoki tahallusi: Ponchik 
Tug'ilgan joyi va vaqti: Toshkent shahri (6-tug'ruqxonada), 21 fevral kuni, ertalabki 7:20da 
Vazni: 53 kg 
Bo'yi: 166 sm
Millati: O'zbek 
Harakteri: O'zgaruvchan 
Oilaviy sharoiti: Turmushga chiqmagan 
Birinchi bo'sa: Sir… 
Birinchi bor o'zi tayyorlagan taomi: Moshxo'rda tayyorlagan 11 yoshida 
Sevimli aktyor va aktrisasi: Javad Abidov, Zaynab Sadrieva 
Sevimli xonandasi: Yulduz Usmonova 
Sevimli filmi: "O'tkan kunlar" 
Sevimli qo'shig'i: Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi "Andijanchasiga" 
Sevimli taomi: Lag'mon 
Sevimli ichimligi: Mevalarning yangi siqilgan tabiiy sharbati 
Sevimli sport turi: Futbol 
Sevimli mashg'uloti: Yaxshi film tomosha qilish 
Foydalanadigan atiri: "Donna Karan New York" 
Shiori: Ishlash, ishlash va yana ishlash 
Ko'p ishlatadigan so'zi: Yo'q (lekin ruscha o'zbekcha aralashtirib gapiradi) 
Agarda xonanda bo'lmaganida: Shifokor bo'lardi 
Orzusi: Xalqqa yanada manzur bo'lish 
Armoni: Bor 
Shaxsiy e-mail manzili: Yo'q 
Shaxsiy sayti: manzura.uz

Qo'shimcha ma'lumotlar

- 1996-yilda Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan "Sebonu" guruhini tuzadi. Iqtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida trio 2 ta qo'shiq yozib, "Ofarin-96" ko'rik tanlovida 2-o'rinni egalladi. Kutilmagan burilish har uch ijodkorni ham quvontirdi. Natijada solist Manzura shu yili Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tugatib, Toshkent Davlat Konservatoriyasida o'qishni davom ettiradi. U paytga kelib guruhdagi Nargiza o'zini san'atshunoslikka bag'ishlaydi. Omadli trio esa sekingina "Osiyo" duetiga aylandi. 

- 1997-yilda, guruhga "Bisko-biznes" firmasi katta yordam beradi. Muhiddin Qamariddinov boshchiligida ular o'zlarining birinchi "Yolg'izim" nomli albomlarini chiqaradilar. Shu yilning o'zida ular shu qo'shiqqa klip ham olib, tezda muhlis ortirrib, 
tanila boshlaydilar. Ikki xit "Yolg'izim" va "Men seni sevaman" juda ommalashdi.


- 2000-yil guruh tarkibida yana bir o'zgarish. Duet sologa aylanadi. Nigina o'zini dizaynerlik sohasida sinash maqsadida guruhni tark etadi. Shunda Manzura prodyuser Rustam Sa'diyev boshchiligida yakkaxon faoliyatini boshlaydi. Yangi prodyuser bilan hamkorlik, xonandaning ijodiga ijobiy ta'sir etib, omadli keladi. Manzura 2000-yilda rejissyor Madina Mo'minovaning "Tohir va Zuhra" musiqiy filmida boshqa kino yulduzlar bilan suratga tushishga taklif etiladi. Yakkaxon faoliyatini omadli boshlagan Manzura, mehnatining samarasini 2002-yilda ko'radi. Aniqrog'i, aynan shu yili u Prezidentimiz tomonidan ta'sis etilgan "Nihol" davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. Xalq e'tiboriga tushib, mukofot egasiga aylangan har bir san'atkor, o'ziga yuklatilgan ma'suliyatini his qilib, yanada ko'proq ijod qilishga bel bog'laydi. Manzura aynan shu yili "Muhabbat sinovlari-1" filmida suratga tushishga va kartinadagi hamma soundtreklarni kuylashga muvaffaq bo'ladi. Rejissyor Rustam Sa'diyevning filmida yangragan har bir soundtrek qisqa vaqt ichida ommalashdi. 2004-yilda xalq talabiga binoan, "Muhabbat sinovlari-2" katta ekranga chiqadi. Ushbu film uchun ham saundtreklarni Manzura kuylaydi. 

- 2004-yilning yana bir esda qolarli voqeasi: Manzura o'zining kutilgan birinchi "Bevafo" nomli yakkaxon konsertini "Turkiston" saroyining yozgi binosida o'tkazadi. Yil so'ngida esa uning shu nomli ilk albomi ham sotuvga chiqadi. 

- 2005-yilda "Nahotki sen" filmi tomoshabinlarga taqdim etiladi. O'sha paytga kelib soundtreklar malikasiga aylangan Manzura yangi filmdagi barcha qo'shiqlarni kuylab, ommalashtiradi. Keyin esa "Nahotki sen" nomli navbatdagi to'plam ham qisqa vaqt ichida o'z muhlislarini topadi.

- 2006-yilda Manzura "Yilning eng yaxshi imidji" nomonatsiyasida "Tarona" mukofotini qo'lga kiritadi. 

- 2007-yilda esa butkul yo'nalishini o'zgartira boshlaydi. Har qanday tajriba san'atkorning ijodiga yangi nafas olib kiradi. Manzura ijodiga, repertuariga kiritgan o'zgartirishlari talabchan muhlislar tomonidan yaxshi qarshilandi. Xonanda optimistik ruhiyatda, yangi qarashlar bilan "Tushlarimga kir" albomini yozib tugatadi. Mazkur to'plamdan uning xit qo'shiqlari, jumladan, "Panoh" filmiga ishlangan "Afsusdaman" soundtreki ham o'rin egallaydi. 2007-yilda Manzurani yangi katta kino kutib turgandi. Endi uni bosh qahramon sifatida texnologik film "Sevginator"ga taklif etishadi. 3 yil davomida O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan san'at arbobi Munavvara Abdullaevadan aktyorlik mahoratidan saboq olgan Manzura ikkita obraz: robot va o'qituvchi qiz (Maftuna)ni mahoratli va ishonarli talqin etadi. Rejissyorning qo'ygan talablarini qiyinchilik bilan bo'lsada uddalagan xonanda qo'liga mikrofon olib qo'shiq kuylashdan tashqari, yaxshigina aktrisa ekanligini ham isbotladi. Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan kartina, "Ijodiy parvoz" kinofestivalida gran-prini qo'lga kiritadi. 

- 2009-yilda Manzura "Majnun va Layli" nomli albomini chiqaradi. Shu yilning o'zida izlanuvchan ijodkor "MTV&AWARDS" milliy taqdimotida yilning eng yaxshi ayol xonandasi nominatsiyasida g'olib bo'ladi. Bundan tashqari uning "Majnun va Layli" nomli kompozotsiyasi "Tarona" taqdimotida "Yil qo'shig'i" deb e'tirof etiladi. 

- 2010-yilda "Sevginator-2" filmi katta ekranga chiqadi. Unda ham bosh qahramonni Manzura talqin etadi. Soundtreklarni ham o'zi kuylaydi. Shuningdek, 2010-yilda rejissyor Rustam Sa'dievning "Men bu men" filmi ham tomoshabinlar hukmiga havola etiladi. Manzura O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhon bilan birga mazkur kartina uchun soundtrek kuylaydi. Bu ikki ijodkorning birinchi dueti edi.
Shoxrux Rap
1. Ismi sharifi: Shodmonov Shoxrux O`ktamovich; 
2. Tug`ilgan kuni: 1986 yil, 31 yanvar; 
3. Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri; 
4. Burji: Dalv; 
5. Kasbi: hozircha xonanda va talaba;
6. Oilaviy ahvoli: uylanmagan; 
7. Oilasi: 5 kishi - otasi O`ktam Shodmonov, onasi - Shohida Shodmonova, ukalari - Farrux va Xurshid. 
8. Xobbisi: Qo`shiq kuylash va veb-dizaynerlik; 
9. Yoqtirgan ranglari: qizil, oq, qora; 
10. Yoqtirgan raqami: 7 va 17; 
11. Eng uzoq vaqt yaratilgan qo`shig`i: "Salomaley"; 
12. Sevimli bayrami: Barcha bayramlar; 
13. Yoqtirgan taomi: Palov (ovqat tanlamaydi); 
14. Muxlislardan olgan eng aziz sovg`a: ISHONCH 
15. Yoqtirgan gullari: atirgul va lola; 
16. Duetlarining eng omadlisi: Shahzoda va jiyani Sarvar bilan kuylangani; 
17. Sevimli sport turi: stol tennisi va katta tennis; 
18. Jami qo`shiqlarining soni: 50 dan ortiq; 
19. Orzu qiladi: Ota-onasini umrining oxirigacha baxtli qilishni va duolarini olib yashashni; 
20. Sevimli aktyorlari: Bred Pitt va Jan Klod Van-Damm; 
21. Sevimli aktrisalari: Anjelina Joli; 
22. Qo`rqadi: Allohning qahridan; 
23. Ilk qo`shig`i: "My definition" ("Mening tushuncham"). Bu qo`shiqi o`quvchilik paytida yaratilgan; 
24. Eng yaqin do`stlari: Ota-onasi; 
25. San`atkorlar orasida do`stlari: Jamshid ("Afruz" guruhi); 
26. Bolaligida ... juda ham kamgap bo`lgan; 
27. Ilk ishlab topgan puliga ... gul sotib olgan. Bu gul 5-sinfdaligida yoqtirgan qizi uchun sotib olingan edi; 
28. Yoqtirgan fasllari: qish va bahor; 
29. Havas qiladi: repperlar qiroli Tupakka; 
30. Fe`l-atvori: og`ir, bosiq, kamgap; 
31. Shaxsiy sayti: http://shoxrux/; 
32. Biladigan chet tillari: rus va ingliz tili; 
33. Gastrollari: Butun respublikamiz bo`ylab; 
34. Onasiga yoqqan klipi: "Balandda"; 
35. Ijodiy yangiligi: muxlislar orasiga asl "rep" tushunchasini olib kirganligi; 
36. Sevimli qo`shiqchilari: Sherali Jo`rayev va Sevara Nazarxon; 
37. Faoliyat yuritadi: "Panterra" studiyasi; 
38. Oliygohi: Toshkent Davlat Iqtisoiyot Universiteti 4-kurs; 
39. Qachon jahli chiqadi: manman va va`daboz insonlarni ko`rsa; 
40. Xit qo`shiqlari: Deyarli barcha qo`shiqlari; 
41. Yaxshi ko`radi: xushmuomala va ochiqko`ngil insonlarni; 
42. Musiqiy albomlari: 3 ta; 
43. Oxirgi albomining nomi: "Bolalik"; 
44. Eng katta va ilk yakkaxon konserti: 2006 yil 17-19 fevral kunlari "Xalqlar Do`stligi" saroyida bo`lib o`tgan. Mazkur konsertda ijro etgan 20 ta qo`shig`ining 17 tasini jonli ijro etgan; 
45. Yoqtirgan asari: "Fir`avn"; 
46. Eng ashaddiy muxlisasi: Gulrux va Shaxnoza; 
47. Armoni: Tushida ko`rgan qizni topa olmayotgani; 
48. Tushkun kayfiyat paytida... shiftga qarab yotadi; 
49. Ilk dastxatini: 2004 yil "Tarona" konsertidan so`ng yoshgina qizchaga bergan; 
50. Ilk xit-qo`shig`i: "Xayr bevafo"; 
51. Sevimli tennischilari: Iroda To`laganova va Anna Kurnikova; 
52. Sevgan qizi: Hozircha yo`q, lekin yoqtirgani bor; 
53. Oldidagi maqsadi: O`z mutaxassisligining ustasi bo`lish; 
54. Ajoyib xislati: U doim uyda ovqatlanadi, shu bois restoran va kafelarda ovqatlanmaydi; 
55. Kiyinishi: kayfiyatiga qarab; 
56. O`zbek repperlaridan tan oladigani: Sobiq "Al-vakil" guruhi; 
57. Maktab davrida ... 3-4-sinfgacha hech kim bilan gaplashmagan; 
58. Tanqidga munosabati: e`tibor bermaydi; 
59. Yoqtirmaydi: Ko`p savol berganlarni; 
60. Yoqtiradi: Sekin yog`ayotgan qorni; 
61. O`ziga o`rnak deb biladigan inson: Otasi; 
62. Shiori: "Faqat olg`a!"; 
63. She`riyatda... U rus tilida bir necha she`rlar yozgan; 
64. Ko`zoynak: Ko`rish darajasi sustlashganligi bois ko`zoynakka ehtiyoj sezadi; 
65. Boshchilik qiladi: "Aks" nomli guruhga; 
66. Tuhfasi: Yangi yil arafasida taniqli qiziqchi Obid Asomovga qo`l soati sov`a qilgan; 
67. Telefon raqami: Qizlar ko`p bezovta qilganligi uchun telefon raqamini tez-tez almashtiradi!!!

Lola
1. Ism-sharifi: Lola Yo‘ldosheva 
2. Oilasi: Olti kishi. Otasi - tadbirkor, onasi - uy bekasi, singillari Anora, Asal, Rustam
3. Ota yurti: Xorazm. 
4. Tahsil oladigan dargohi: Westminster universiteti
5. Ilk qo‘shig‘i: «Shiribom» (reklama matni) 
6. Ilk katta kontserti 2004 yilning 24,25 dekabrida «Xalqlar do‘stligi» saroyida bo‘lib o‘tgan. 
7. Turmushga chiqqan: 2005 yil oktyabrda. 
8. Turmush o‘rtog‘ining ismi: Shohruh
9. Tinglaydi: sifatli pop musiqasini hamda romantik ohanglarni. 
10. Sevimli qo‘shig‘i: Kreyg Devidning «7 days» qo‘shig‘i. 
11. Sevimli xonandalari: Farruh Zokirov, Shade, Dima Bilan. 
12. Sevimli aktyorlari: Al Pachino, Anjelina Joli. 
13. Mukofotlari: «Tarona-2005» taqdimoti - «yilning eng yaxshi ayol xonandasi», «yilning eng yaxshi sahna bezagi», «Nihol-2005», «Tarona-2006» taqdimoti - «Yilning eng yaxshi musiqiy albomi», «M&TVA-2011» - «yilning eng yaxshi ayol xonandasi» . 
14. Sevimli ichimligi: ko‘k choy 
15. Sevimli taomi: tuxum bilan qovurilgan krevetka, qo‘ziqorinli julien. 
16. Sevimli sportchisi: Devid Bekxem. 
17. Sevimli cholg‘usi: gitara. 
19. Yoqtirgan kitobi: Paul Kvauerrining «Veronika reshaet umeret» asari. Shuningdek, sevgi haqidagi barcha romanlar. 
20. Yoqtirgan fasli: qish 
21. Qimmatga tushgan klip: «Poteryaesh» (RTR kanalining xit-paradida 3-o‘rinni zabt etgan). 
22. Eng ko‘p vaqt safrlangan klip: «Ko‘z yoshim», 8 oy davomida suratga olingan. 
23. Rossiya shou-biznesida uni Maya deb atashadi. 
24. Yaqin do‘stlari: singlisi Anora 
25. Musiqiy albomlari: «Netayin» (2002 yil), «Muhabbatim» (2004), «Men topdim baxtimni» (2005). 
27. Unga ko‘p aytiladigan jumla: «tabassuming chiroyli». 
28. Faoliyat yuritadi: «Tarona-rekords». 
29. Kutilmagan tashrif: baxt to‘yiga Nevergreen va Rossiyaning «A-studio» jamoasining kelgani. 
30. Xorijiy tillaridan rus, ingliz, Xitoy va turk tillarini mukammal biladi. 
31. Xobbisi: tennis o‘ynash va do‘konlarni aylanish. 
33. U yaxshi ko‘radi: milliy va qadimiy liboslarni hamda taqinchoqlarni.
34. Shahsiy web sayti: lolayuldasheva
Alisher Fayz haqida
Alisher Fayz (Turdiyev Alisher Bahodirovich) 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan.
— 1994-2001 yillar davomida "Glier” nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutahassisligi bo'yicha taxsil olgan.
Ozodbek Nazarbekov ijodiga bo'lgan qiziqish Alisherni bo'lajak ustozi yoniga yetaklab kelgan.
2001-2005 yillarda O'zbekiston Davlat konservatoriyasida o'qish bilan bir qatorda ustozi ko'magida mustaqil ijod qila boshladi.
Alisherni ilk bor 2005-yil 15-16 may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov Yuragimda kuylaganim sen” deb nomlangan koncert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o'zining "Meni kechir” nomli taronasini ijro etgan.
2007-yilda "Ko'ngil istab…" nomli ilk qo'shiqlar to'plamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi. 
2008-yil 21-22 may kunlari "Istiqlol" san'at saroyida "Umidim sendan…" nomli ilk yakkaxon konsert dasturi muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi. 
2009-yilda "Nigohingga ol", 2010-yilda "Senga talpinib", 2011-yilda "Yaxshiyam siz bor", 2012-yilda "Sening bolangman!" nomli yakkaxon konsert dasturlarini muxlislarga taqdim etdi. 
Alisher Fayz ikki farzandning otasi. O'g'li Xolidbek va qizi Zinnuraxon.
"Hayot – kichkina ko'rpachaga o'xshaydi, bir tomonini tortsang boshqa tomoni ochiladi…" deydi hayot to'g'risida.
2012 yil 27 avgust kuni Alisher FAYZ O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist unvoni ila taqdirlandi. 
Xonandalikdan tashqari iste'dodi: she'r yozadi, bastakor; 
Xobbisi: futbol to'plarini yig'ish; 
Yoqtirgan taomi: palovxonto'ra; 
Yoqtirgan rangi: barcha ranglar. Ajniqsa, oq va qizi;
Sahnadagi odati: hayajonlanganidan qo'li bilan oyog'ini urib turadi;
Shiori: "Ish boshqa, hayot boshqa".
Kaniza hayoti va ijodi [Biografiya]
Ahmedova Shahrizoda Farhodovna 28 aprel 1985 yilda Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati o'zbek, ma'lumoti o'rta mahsus. 

Xonandaning oilasi katta: ota-onasi, akasi, ikkita opasi hamda ota-onasining erka va kenja farzandi Shahrizoda (Kaniza).

Shahrizoda 1992 yilda Qo'qon shahridagi 21-o'rta maktabining 1-sinfiga o'qishga borib, 2001 yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan.
2001 yilda Toshkent shahridagi "Benkov" nomidagi O'zbekiston Respublikasi rassomchilik kollejining Milliy liboslar dizayni fakultetiga o'qishga kirib 2004 yilda model'er-dizayner dizayner diplomini qo'lga kiritdi.

O'qishni tugatgach musiqaga qiziqishni boshlagan va 2006 yildan buyon yakkaxon tarzda o'z ijodini boshlagan. Bobosi - O'zbekiston xalq artisti Murodjon Ahmedovni turmush o'rtog'i, ya'ni buvisi Kanizaxonni ismlarini o'ziga tahallus qilib olgan.

Kaniza - tojikcha ism bo'lib, jasur, dovyurak, shaddod qiz ma'nosini anglatadi.

2007 yildan buyon O'zbekiston Yoshlar ijodiyot uyining boshlang'ich guruh rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yosh iste'dodlar uchun ta'sis etilgan "Nihol" mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari o'zini aktrisa sifati sinab, "Sehrli uzuk" musiqiy filmida Farangiz ismli qizni rolini ijro etgan.
Sahifalar: « 1 2 3 »
Bizda Barcha Fayllar TAS-IX Formatda!!!