Saylov natijalari bilan tanishing! (562) |
Saylov natijalari bilan tanishing! (458) |
Saylov natijalari bilan tanishing! (479) |
Шаҳзода Равшан Эрматовга омад тилади (1217) |
Мавлуда Асалхўжаева ва Муниса Ризаева ўртасида нима юз берди? (1505) |
To'y kungi daxshatli voqea! (1722) |
Yaqin Kunlarda Uzrap.net sayti ishga tushadi! (1025) |
Yozuv Orqali Xarakterni Aniqlash (1452) |
Internetda eng oson pul topish yo'li! (1346) |
Euronews’да Ҳива ҳақидаги лавҳаларнинг намойиши старт олди (1462) |
Xayolimda bo‘lding uzun kun,
Seni izlab qirg‘oqqa bordim.
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?..
Bir-birimizdan bo'lsak yiroqda,
Dil o'rtanib sog'inch firoqda,
Nigohlarni qo'msab shu choqda,
Sog`inamiz, sog`intiramiz...
Shirin-shirin so'zlarni eslab,
Mehr to'la ko'zlarni eslab,
Nurga cho'mgan yuzlarni eslab,
Sog'inamiz, sog'intiramiz...
Qiynalsak-da sog'insak, mayli,
Chunki shunda mehr toblanar.
Axir otash mehr tufayli
Sog'inamiz, sog'intiramiz...
Oshiq yuraklarda gumon unmasin,
Xokisor qalblarga armon to'lmasin.
Adashgan ko'ngillar sarson bo'lmasin,
Sog'inmay qo'yishdan Alloh asrasin.
Yana ko'zimda yosh, dilimda alam,
Alamim qo`limga tutqazdi qalam..
o`hlarim bilmaysiz, bilmaysiz nolam,
Qaniydi men sizni so`g inmasaydim..
Kunlar o`taverar, o`tadi vaqt ham,
o`tadi, ketadi bir zumlik baxt ham.
Kun kelib bitadi dildagi dard ham,
Ungacha men sizni so`g'inmasaydim..
Har yerdan qidirib sizni ovora,
So`g'inib yig'layman yuragim pora.
Baxtli bo` larmidim unutsam zora,
Unutib hech qachon sog'inmasaydim..
Ko` zingiz ko`raman har bitta ko`zda,
So`zingiz sezaman har bitta so`zda.
o`zingiz izlayman har bitta yuzdan,
To`polmayin ko`nib sog'inmasaydim..
Kechalarim bedor, tunlar uxlamay,
o`zgani o`ylasa meni sog'inmay.
Ahvoling ne deya bir bor yo`qlamay,
Qadrim bilmaganni sog'inmasaydim..
---------------
Bizning ko'cha sog'indi seni,
Dov-daraxtlar ketdi ichikib.
Ko'tarolmay hijron yukini,
Simyog'ochlar qoldilar cho'kib.
Yo'ling poylab qushlar sayradi,
Tentiradi soylar telbavor.
Loylar kechib bahor oylari,
Yig'lab o'tdi senga intizor.
Eh, meni qo'y,
Qo'yaver meni,
Ichikmadim daraxtlar kabi.
Simyog'ochday cho'ka bilmadim.
Sayrolmadim qushlar singari
Loylar kechib bahor fasliday,
Xun-xun yig'lab o'ta bilmadim.
Menmi,
Men... Eh, qo'yaber meni...
Ko'chalar ham sog'indi seni.
Jonim sizni birgina men emas mayus boqan ko'zlar sog'indi
Jonim sizni birgina men emas yurak qumsab ko'nglim sog'indi
Jonim sizni birgina men emas quchoq ochgan qalbim sog'indi
Jonim sizni birgina men emas sizga intiq lablar sog'indi
Sog'inch nima? Siz bilmaysiz, his qilmaysiz,
Sog'insamda holim so'rab bir kelmaysiz.
Mening telba sevgim nazargailmaysiz,
Beparvoyim, hayolimdan ham jilmaysiz...
Sizni o'ylab necha yilki, devonaman,
Taqdiridan noligan sho'r peshonaman.
Yo'llaringiz poylab mushtoq parvonaman,
Bilmam, nechun bu sarobga ishonaman
Shunday bir kun kelsa - xotirjam, xushhol
Tole`ing doriga ko`nglimni ossam...
Dunyoda borligim keltirmay malol,
Bosgan izlaringni ko`zimga bossam...
Shunday bir kun kelsa - quyoshli, nurli,
Hijron zindonlarin qulfi yechilsa...
Umidlar bag`rida tongdek sehrli
Diydor dunyosiga yo`llar ochilsa...
Shunday bir kun kelsa - taqdirning taxti
Bir sho`r peshonamga bitilgan bo`lsa...
Firoq rangidagi armon daraxtin
Poyiga xazoni to`kilgan bo`lsa...
Shunday bir kun kelsa - sog`inch degan rang
O`tmish xotiriga ketilsa yutib.
Xudoyim hukmida qarshimga chiqsang -
Sevging gullarini qo`limga tutib...
Shunday bir kun kelsa...
Ikkimiz birga -
Baxtiyor umrni yashab o`tolsak...
Sog'indim sog'inchli salomim sizga,
Sevgilim sanoqli soniyam sizga,
Sevgimni so'ndirmang, so'ldirmang
Soniyam sarflanmasin sanoqli sevgiga....
Sizga sevgimni so'zlarman sekin,
Sizdan sado..?
Siz so'zlamaysiz...
Sog'inchla sabrim sarg'aymoqda-ku...
Siz sukutdasiz..?
So'zlamaysiz....
Soniyalar sarflanar sevgim sarobiga,
Sizni so'zlaringiz sevinchsiz...
Salomim so'nmoqda sukutingizdan,
Sukutingiz so'zlatar siz SEVMAGANSIZ....
Asta varaqlayman umrim kunini,
Tonglarga bosh qo'yar sog'inch ko'z yumib,
Kim to'lar sevgimning o'tli xunini,
Ne uchun kelmaysan "sog'inganman" deb?!
---------------Sendan uzoqlashsam xasratda yonib,
Yoningga bormoqni istab qolaman.
Yoningda bo'lganda mehringga qonib,
Bir dam sog'inmoqni istab qolaman...