Saylov natijalari bilan tanishing! (562) |
Saylov natijalari bilan tanishing! (458) |
Saylov natijalari bilan tanishing! (479) |
Шаҳзода Равшан Эрматовга омад тилади (1217) |
Мавлуда Асалхўжаева ва Муниса Ризаева ўртасида нима юз берди? (1505) |
To'y kungi daxshatli voqea! (1722) |
Yaqin Kunlarda Uzrap.net sayti ishga tushadi! (1025) |
Yozuv Orqali Xarakterni Aniqlash (1452) |
Internetda eng oson pul topish yo'li! (1346) |
Euronews’да Ҳива ҳақидаги лавҳаларнинг намойиши старт олди (1462) |
SOG'INCH SABAB MUZLAYMAN SARATONLARDA.
YOMG'IRLAR OSTIDA KETGAYMAN KUYIB.
SOG'INCH AYRILMAYDI MENDAN BIR NAFAS.
DOIM BIRGA BORAR MEHMONGA TO'YGA.
MENI O'TIRGANI QO'YMAYDI SOG'INCH.
KETTIK YUR DEB UNING UYIGA!
Mening eng bahtli kunim, seni uchratganim...
Tasodifan bo'lgan uchrashuvimiz
Hayotimni butkul o'zgartirib yubordi,
Seni ko'rgan zahotim
Yuragim sen tomon talpina boshladi..
Sen hayotim mazmuniga aylanding
Her safar seni ko'rganimda
Nechog'lik sevishimni his qilaman
Lekin sening yuragingda,
Nelar borligini tushunaolmayman
Orzularim ushalmaydiganga o'xshaydi..
Yo'q! men orzu qilgan sevgi
Armonga aylanishini istamayman
Umid bilan yashayman!!!
Orzularimninmg ro'yobga aylanishi
Faqatgina senga bog'liq
Muhabbatim...............!!
taqdir sani etmasa nasib,
bu dunyodan tanho o'taman.
suratingni mahkam bag'rimga bosib,
xatto qabrimga ham olib ketaman.
agar kelsang ko'z yumganimda,
qabrim uzra to'ksang qatra yow.
sevgi deya o'limni yengib,
qabrim uzra ko'taraman bosh
Go'zalim hammadan go'zalsan,
Shirinsan, shakarsan, asalsan,
Sevgiga bitilgan g'azalsan,
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Komating navbahor niholi,
Yuzlaring gullarning jamoli,
Lablaring gul g'uncha misoli.
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Termulib to'ymayman yuzingga,
Aslo ko'z tegmasin ko'zingga,
Erkalik yarashgan o'zingga,
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Kulishing o't yoqar jonimga,
Tug'yonlar sig'maydi qonimga,
Bir nafas o'ltirgin yonimga,
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Bilaman bir kuni ketarsan,
O'zga bir manzilga yetarsan.
Gulingni kimgadir tutarsan,
Bahorda tug'ilgan bahorim.
Sen fakat yoshliging unutma,
Bag'ringni toshligin unutma,
Zor qolgan oshig'ing unutma,
Bahorda tug'ilgan bahorim.
AZOBMI AZOB SEVGISIZ
HAYOTMI HAYOT SEVGISIZ
JAVOBSIZ BO'LSA MUHABAT
JANATHAM DO'ZOX SEVGISIZ
OHIMDAN ZORIM O'TKAYDIR
BO'G'ZIMDA JONIM QOTGAYDIR
TUNIM KUNI UNUTKAYDIR
ARMON BO'LSA MUHABAT
DUNYO KO'RINAR VAFOSIZ
DODI FARYODIM SADOSIZ
DARDLARIM QOLAR DAVOSIZ
YOLG'ON BO'LSA MUHABAT
HAYOTIM GO'YO G'URBATDIR
YORUG' OLAMIM ZULMATDIR
HAR ZAMONIM BESHAVQATDIR
QON YEG'LASA MUHABAT
BO'LAMAN TELBA DEVONA
O'Z O'ZIMGA YOD BEGONA
MEN KIMGA BO'LMAY PARVONA
SARSON ETSA MUHABAT
Unutma yor men zoringni
Sog’nganman diydoringni
Ikki zulfing zummoringni
Ikki chashming hummoringni.
Suyganimsan o’zin tanho,
Sensiz umrim manosi yo’q.
Shaydolaring ko’pdir ammo,
Mening kabi fidosi yo’q.
Unutma yor men zoringni
Sog’nganman diydoringni
Ikki zulfing zummoringni
Ikki chashming hummoringni
Sog’inchlarda bir tanda jon,
Sabrim tamon holim yomon.
Bilgin yuzing hayolimda,
Ketma zamon ketma zamon.
Unutma yor men zoringni
Sog’nganman diydoringni
Ikki zulfing zummoringni
Ikki chashming hummoringni
Uzoqlarda qolib ketding.
Xayolimni olib ketding.
Bowga xijron solib ketding.
Seni izlay qaerlardan.
Ertayu kech uraman ox.
Gulzorimda gullar guvox.
Visolingni sogingan chog.
Seni izlay qaerlardan.
Kuyib ötsam firoqingda.
Mexrim bordir qarogingda.
Parvonaman chirogingda.
Seni izlay qaerlardan.
Men Zaifa nola qildim.
Yuragimni lola qildim.
Köz yowimni jola qildim.
Seni izlay qaerlardan.
Uzoqlarda qolib ketding.
Xayolimni olib ketding.
Bowga xijron solib ketding.
Seni izlay qaerlardan.
Yig''lamasam dilimdagi g''ubor ketmaydi.
Ming urundim dilimdagi tilga chiqmaydi.
So''z qidirsam bir tuzukroq so''z ham
kelmaydi.
Muhabbat, nahot sensiz yashab
bo''lmaydi.
Sha''ningga shoirlar she''rlarin bitdi.
Xofizlar shu so''zla kuylarin bitdi.
Oshiqlar sen uchun borini tikdi.
Muhabbat, nahot sensiz yashab
bo''lmaydi.
Dardingga davoni tabib topolmas.
Yaralangan yurakka malham surolmas.
Yurak ham bir muddat sensiz turolmas.
Muhabbat, nahot sensiz yashab
bo''lmaydi.
Ёмғирлар бекитди кўз ёшим,
Тошларни эритди бардошим,
Доим мағрур кўтардим бошим,
Лек юракка кучим етмади,
Ҳаёлингиз дилдан кетмади.
Ўтиб кетди куз, кишу - қорлар,
Ўтиб кетди қанча баҳорлар,
Оқиб кетди сувлар, анҳорлар,
Кимлар келиб, кимлар ўтмади,
Ҳаёлингиз дилдан кетмади.
Севги чўғи куйдирди танни,
Ҳижронингиз ўртади жонни,
Билганмисиз мендай кутганни?
Аммо оҳим сизга етмади,
Ҳаёлингиз дилдан кетмади.
Муҳаббат Пардаева
О муҳаббат бунчалар хорсан,
Ҳижрон номли қайғуга ёрсан,
Суйганингни ўзгага бериб,
Йўлларида интизор, зорсан.
О муҳаббат озурда жонсан,
Бўлсанг ҳамки ишққа султон сан.
Қўй куймагин, у қилур афсус,
Бир кун келиб унга армонсан.
О муҳаббат жойинг самода,
Ердан бахтни излаш хато – да !
Оллоҳ ишқин унутиб қўйиб,
Адашганинг сенга жазо – да !
Муҳаббат Пардаева