NewMusicUz.COM | Media Markaz!!!
Quvnoq CHat
Diqqat Savol!
QAYSI XONANDALARNI QOSHIGINI KOPROQ TINGLAYSIZ?


Xamma Javoblar: 1094
Davomat
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Foydalanuchi
Mehmin
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
LAPOROSKOPIYA

Bepushtlik va ayol jinsiy a'zolari 
bilan bog'liq boshqa bir qator 
kasalliklarni davolashda qo'llab 
kelinayotgan muolaja - 
laporoskopiya haqida Doctor-D 
klinikasi ma'lumotlari. 
Laporoskopiya bu shunday 
muolajaki, unda bemorning qorin 
bo'shlig'iga optik vositalar bilan 
ta'minlangan asbob kiritiladi. 
Buning uchun kindik atrofida, 
undan sal pastroq yoki qorinning 
past qismida bitta yoki zaruratga 
qarab 2-3 ta 5-7mmlik kesim 
qilinadi. 
Laporoskopiya aniq tashhis 
qo'yish, bepushtlik sababini 
aniqlash yoki ba'zi jarrohlik 
aralashuvlarni amalga oshirish 
uchun qo'llaniladi. 
So'nggi paytlarda shifokorlar 
laporoskopiyani gisteroskopiya 
bilan qo'shib o'tkazmoqdalar. Bu 
usul jinsiy a'zoni ko'z bilan 
kuzatish va zarurat bo'lsa, unda 
aniqlangan polip, mioma va shu 
kabi patologik o'zgarishlarni olib 
tashlash imkonini beradi. Ushbu 
muolaja kuchli jarohatli aralashuv 
hisoblananib, uni hayz davri 
normal va bachadonning Ultra 
tekshiruv holati me'yorida bo'lgan 
yosh ayollarda o'tkazmaslik 
ma'qulroq. 
Agar ayolda peritonit, ichak 
tutilishi va shu kabi sabablarga 
ko'ra qorin bo'shlig'ida avval 
jarrohlik operasiyalar bilan bog'liq 
katta chandiqlar mavjud bo'lsa, 
laporoskopiya qilinmaydi, chunki 
muolaja davomida ichak 
shikkastlanish xavfi yuqori bo'ladi. Saboq.Org saytidan olingan. Undan tashqari laporoskopiya 
muolajasini yurak faoliyati aniq 
ifodalangan buzilishga ega 
bo'lganda o'tkazish mumkin emas. 
Chunki muolaja davrida bemor 
boshi bilan pastga qarab 
yotqiziladi va uning qorin 
bo'shlig'i gaz bilan to'ldiriladi, bu 
esa yurak faoliyati 
kompensasiyasining buzilishiga 
olib kelishi mumkin. 
Bugungi kunda laporoskopiya 
yordamida quyidagi muolajalar 
amalga oshiriladi: 
bachadon naychalari tutilishini 
tiklash maqsadida tortmalarni 
yorish; 
tuxumdondagi uncha katta 
bo'lmagan kista va miomatoz 
tugunlarni olib tashlash; 
endometrioz o'choqlarini 
kuydirish; 
polikistoz (ko'p kistasi bor) 
tuxumdonlarning koagulyasiyasi; 
bachadondan tashqari 
homiladorlik bo'lsa, bachadon 
naychasini olib tashlash va 
boshqalar. 
Laporaskopiya muolajasidan so'ng 
bemor tezda faol hayot tarziga 
qayta oladi. 
Afsus laporoskopiya imkoniyatlari 
cheklangan bo'lib, katta 
rekonstruktiv operasiyalar qorin 
boshlig'ini kesib ochgan 
holdagina amalga oshiriladi. 
Undan tashqari juda ko'p hollarda 
laporoskopiya muolajasidan so'ng 
qisqa davr ichida olib tashlangan 
tortmalarning bitishishi 
qaytalanadi.

BEPISHTLIK: AYOL BEPUSHTLIGI

Hozirgi kunda oilada er-xotin 
kamida 1 yil davomida muntazam 
ravishda saqlanmay jinsiy aloqada 
bo'la turib, homiladorlik yuz 
bermasa, bepushtlik diagnozi 
qo'yiladi. 
Turmush qurilganiga 1 yil 
bo'lmasdan davolanishni boshlash 
noto'g'ri hisoblanadi. Chunki 
statistik ma'lumotlarga ko'ra, 
sog'lom juftlikda o'rtacha 8-12 oy 
ichida tabiiy homiladorlik yuz 
beradi. Bir yildan so'ng ham 
homiladorlik yuz bermasa 
, er-xotin birgalikda shifokorga 
murojaat qilishlari lozim. 
Odatda bepushtlikning sababi 
turlicha bo'ladi va u bittagina 
faktorga bog'liq bo'lmaydi. 
Ko'pincha shifokorga murojaat 
qilgan oilalarda bepushtlikning bir 
necha shakli namoyon bo'ladi. 
Ayol bepushtligi sabablari: 
1. Bachadon yo'llaridagi patologik 
o'zgarishlar 
SABABI: 
- salpingit kasalligi; 
- kichik toz a'zolarining kasalliklari; 
- endometrioz; 
- kichik toz a'zolarida amalga 
oshirilgan jarrohlik aralashuv 
(abort, oldingi homiladorlik 
natijasida ro'y bergan patologik 
tug'ish jarayoni); 
- infeksiya; 
- tug'ma nuqsonlar; 
- bachadondan xoli homiladorlik; 
- bachadon yo'llarini jarrohlik yo'li 
bilan bog'lanishi; 
- appendiksning ayrim kasalliklari; 
- gormonal buzulishlar. 
2. Endokrinologik kasalliklar 
- qalqonsimon bez kasalliklari; 
- buyrak usti bezi kasalliklari; 
- gipofiz kasalliklari; 
- diabet 
Endokrinologik kasalliklar ayol 
organizmida gormonal buzulish 
ro'y berishiga olib keladi. Saboq.Org saytidan olingan Buning 
natijasida esa birinchi bolib 
tuxumdoning normal funksiyasi 
buziladi va hayz kelish sikli 
o'zgaradi (juda sust yoki juda ko'p 
qon kelishi, hayz kelishi muntazam 
emasligi va hokazo) bu esa 
homiladorlik asosi bo'lmish 
ovulyatsiya yuz bermasligidan 
dalolat beradi. 
* Ushbu kasalliklarning har birini 
alohida olganda bepushtlik sababi 
bo'la olmaydi, lekin endokrin 
kasalliklar bepushtlikka olib 
keluvchi boshqa omillarga kuchli 
ta'sir qiladi. 
3. Endometrioz 
Endometrioz bu bachadon shilliq 
hujayralarining bachadondan 
tashqariga tarqalishiga aytiladi. 
Odatda endometrioz alomatlari 
oddiy ginekologik ko'ruvda 
aniqlanadi. Endometrioz darajasi 4 
xil bo'lib, ular: 
- minimal - 1-daraja; 
- yengil - 2-daraja; 
- me'yorda - 3-daraja; 
- og'ir - 4-daraja. 
Endometriozning og'ir shakli va 
to'g'ri davolanmaganligi 
bepushtlikka sabab bo'ladi. 
4. Tuxumdon shishlari 
Ushbu kasallikda tuxumdon 
razmerlari kattalashgan bo'lib, 
unda suyuqlikka to'lgan bir necha 
shishlar paydo bo'ladi. Bu shishlar 
ayol organizmida erkak 
gormonlarining ko'payib 
ketganligi natijasida vujudga 
keladi. 
Shishlar paydo bo'lganligini 
birinchi bo'lib xayz yo'qligidan 
bilsa bo'ladi. Undan tashqari 
vaznning ortib ketishi ham 
tuxumdon funksiyasi 
buzulganligidan dalolat beradi. 
5. Psixologik bepushtlik 
Bepushtlikning bu shaklida ayol 
tug'ish tizimida patologiyalar 
mavjud bo'lmay, uning ongida 
homiladorlik oldidan kuchli 
qo'rquv bo'ladi. Bu qo'rquv 
ayolning yoshligida bo'lgan 
psixologik shikast natijasidir. 
Ayrim ayolar ish joyini, go'zalligini, 
yoshligini yo'qotishdan qo'rqib 
o'zi bilmagan holda homilador 
bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Agar 
shifokor tug'ish tizimini sog'lom 
deb topsa, ayol psixoterapevtga 
uchrashi lozim bo'ladi. 
6. Bachadon kasalliklari 
Bunda bachadonning tug'ma 
nuqsonlari, bachadon shaklining 
noto'g'riligi va bachadon 
chandiqlari sabab bo'lishi 
mumkin. Odatda bachadon to'g'ri 
rivojlanmasligiga bolalikda 
chalingan og'ir kasalliklar sabab 
bo'lishi mumkin. 
Bepushtlikning bu shakli juda 
qiyin davolanadi, chunki 
homiladorlik yuz bersa ham, uni 
asrab qolish qiyin bo'ladi. 
7. Qin suyuqligi faktori 
Erkak spermatozoidi tuxum 
hujayrasini urug'lantirishdan oldin 
qin suyuqligidan o'tadi. Bu 
suyuqlik sog'lom ayolda 
spermatozoid bachadonga oson 
va tez yetib boishini ta'minlasa, 
ayrim ayolarda unga to'sqinlik 
qiladi. Shunday holatda 
homiladorlik yuz bermaydi, chunki 
spermatozoid ayol organizmiga 
tushishi bilan nobud bo'ladi. Bu 
holat oson diagnostika qilinadi. 
Buning uchun er-xotin jinsiy 
aloqadan so'ng yuvinmay 
shifoxonaga borib maxsus 
analizlar topshiradilar. Agar 
analiz natijasida qin suyuqligida 
patologik o'zgarishlar mavjudligi 
aniqlansa, u holda ayol dori 
vositalari bilan davolanadi, agar 
samarali bo'lmasa spermatozoid 
bachadonga tashqaridan maxsus 
apparat yordamida kiritiladi, 
natijada homiladorlik yuz beradi. 
8. Immunologik bepushtlik 
Bepusht oilalarning 10% da 
bepushtlikning ushbu shakli 
namoyon bo'ladi. 
Bunda: 
- tuxumdon tuxum hujayralariga 
qarshi antijismlar yaratadi 
(antijismlar tuxum hujayralarini 
nobud qiladi); 
- ayol organizmi erkak 
spermatazoidlariga qarshi 
antijismlar yaratadi (antijismlar 
aynan shu erkak 
spermatozoidlarini nobud qiladi); 
- ayol orgaznizmi hujayra 
bo'linishiga qarshi antijismlar 
yaratadi (hujayra bo'linmasa 
urug'langan tuxumhujayrasi 
rivojlanmay qoladi). 
Ayrim oilalarda homiladorlik yuz 
bersa ham, odatda homila 
saqlanmay nobud bo'ladi. 
Imunologik bepushtlik aniqlansa, 
antijismlarni bosuvchi dori 
vositalari qabul qilinadi va 
davolanish davri bir necha oydan 
bir necha yilgacha cho'zilishi 
mumkin. 
8. Bepushtlik sababi noaniq 
Afsuski, ayrim oilalarda bir necha 
tekshiruvlar o'tkazilib bepushtlik 
sababi aniqlana olinmaydi. Bu 
bepushtlikning eng og'ir shakli 
hisoblanadi. 
Ayol bepushtligi asosan dori 
vositalari va jarrohlik yo'li bilan 
davolanadi. Hozirgi kunda keng 
tarqalgan laporoskopiya 
(bachadon yo'llarini tozalash) 
uslubi bepushtlikni davolashda 
yaxshi natijalar ko'rsatmoqda. 
Agar bir necha yil davomida 
bepushtlik davolanib homiladorlik 
yuz bermasa EKO (organizmdan 
tashqarida urug'lantirish) yo'lidan 
foydalaniladi. 
Eng muhimi boshidanoq 
bepushtlikning sababini aniq 
aniqlash va uni to'g'ri davolash 
kerak, shifokorning 
mas'uliyatsizligi, davolash 
uslubining noto'g'ri ekanligi 
bepushtlik sababi mukamallashib 
ketishiga olib kelishi mumkin. 
Undan tashqari oilada farzand 
bo'lmayotgani erkakka ham 
bog'liq ekanligini, davolanish 
uchun tekshiruvlarni er-xotin 
birgalikda boshlash kerak 
ekanligini unutmaslik lozim.

ERKAK BEPUSHTLIGI

Oilada bepushtlik muammosi 
bo'lsa, odatda birinchi bo'lib ayol 
davolanishni boshlaydi. Lekin 
erkaklarda ham bepushtlik 
muammosi keng tarqalgan bo'lib 
Erkak bepushtligiga quyidagilar 
sabab bo'ladi: 
1. Azospermiya . Bu kasallikda 
erkakda spermatazoidlar mavjud 
bo'lmaydi. Bu patologiya og'ir 
kasalliklar, kuchli jarohat va 
tuxumdonning o'tkir kasalligi 
natijasida vujudga keladi. 
2. Urug' yo'li tomirlarining 
shishlari. Bepushtlikning bu shakli 
ko'pchilik bepusht erkaklarda 
uchraydi. 
3. Kuchli stress. 
4. Ayrim dori vositalari. 
5. Bolalikda o'tkazilgan ayrim 
kasalliklar: tuberkulyoz, parotit 
(tepki), qizilcha, shikastlanish. 
6. Tuxumdon va jinsiy a'zolarning 
kasalliklari. 
7. Spermatazoid yo'llari 
o'tkazuvchanligi buzulishi. Bunda 
jarrohlik yo'li bilan yo'llar ochiladi 
va homiladorlik oson yuz beradi. 
8. Gormonal buzulishlar 
(endokrinologik kasalliklar). 
9. Infeksiya (erkaklarning har xil 
ayollar bilan jinsiy aloqada bo'lishi 
TORCH infeksiyalari (gerpes, 
xlomidiya, taksoplazma va 
boshqalar)ni orttirib olishga olib 
keladi. Saboq.Org saytidan olingan. Bu infeksiya boshida 
namoyon bo'lmay erkak jinsiy 
a'zolariga katta jarohat keltiradi. 
Afsuski, kasallik alomatlari 
namoyon bo'lganda davolanish 
samarasiz bo'lishi mumkin. 
Infeksiya bepushtlikka olib kelishi 
mumkin, infeksiya davolanmay 
turib homiladorlik yuz bersa, 
farzand og'ir tug'ma nuqsonlar 
bilan tug'iladi. 
10. Erkak tuxumdonlarining 
ortiqcha qizib ketishi (saunada 
ko'p vaqt o'tirish, qizdiradigan, 
siqib turadigan kiyim kiyish). 
11. Alkogol'. 
Homiladorlik yuz berishi uchun 
kamida 20 mlnga yaqin 
spermatazoid mavjud bo'lishi 
kerak. Ulardan yarmi harakatchan 
bo'lishi shart. Afsuski, ayrim 
kasalliklar, infeksiyalar 
spermatazoidlar harakati va 
soniga salbiy ta'sir ko'rsatishi 
mumkin. 
Erkak bepushtligi shakllari ayol 
bepushtligiga nisbatan aniqroq 
bo'ladi, uni davolash odatda bir 
necha oydan bir necha yilgacha 
davom etadi, lekin erkak 
bepushtligining ayrim shakllari 
umuman davolanmaydi. Bunday 
hollarda donor 
spermatazoidlardan foydalanish 
maslahat beriladi. 
Erkakning bepushtligiga qandli 
diabetning ta'siri juda katta 
ekang. Angliyalik Con MalLidis 
professori fikricha, erkak qonidagi 
qand miqdorining o'rtiqchaligi 
spermatozoid DNKsining 
buzilishiga olib kelishi mumkin 
ekan. 
Diabet bilan kasal erkaklarni 
spermatozoidlarni molekulyar 
tekshiruvdan o'tkazganda, 
ularning DNK holatiga zarar 
yetkazilgani topilgan. 
Bunday spermatozoiddan xosil 
bo'lgan embrion sifati juda past 
bo'lib, natijada homila tushib 
qolishi yoki homiladorlik vujudga 
kelish imkoniyati pasayishi 
kuzatilar ekan.

OILADA BEPUSHTLIK MUAMMOSI

Afsuski, bepusht oilalar oramizda 
yo'q emas. Farzand ko'ra olmay 
yuzlab shifoxonalarga qatnagan, 
ko'plab qiyinchiliklardan o'tgan er- 
xotin qanchalik qiynalishi 
boshidan kechirmaganga 
qorong'u bo'lsa kerak. Atrof 
muhitning ta'siri, yaqinlarning 
munosabatlari, do'st- 
dushmanning gaplari bunday er- 
xotinga juda katta psixologik ta'sir 
ko'rsatadi. 
Oilada bir necha yil davomida 
farzand dunyoga kelmasa: 
Avallambor to'g'ri va aniq 
davolanish lozim. Afsuski, ayrim 
shifokorlar davolash o'rniga 
jarohat yetkazishi ham mumkin. 
Qanday desangiz, noto'gir 
diagnoz qo'yilib davolangan 
kasallik og'ir oqibatga olib kelishi 
mumkin. Shuning uchun 
birinchidan, turmush 
qurganingizga 1 yildan oshmagan 
bo'lsa, aslo shifokorga murojat 
qilmang. Sog'lom oilalarning 12% 
da muntazam jinsiy aloqalar 8-12 
oy davom etganda homiladorlik 
yuz beradi. Siz ana shunday oilalar 
qatorida bo'lishingiz mumkin. 
Ortiqcha dori-vositalar bilan 
sog'lom organizmingizga zarar 
keltirib qo'ymang. Savodli shifokor 
1 yillik kelin-kuyovga hech qachon 
o'tkir davolanish mexanizmini 
qo'llamaydi. 
Agar oila qurganingizga 1 yildan 
oshgan bo'lib homiladorlik yuz 
bermay, shifokorga murojaat 
qilishni ko'zda tutgan bo'lsangiz, 
bunga mas'uliyat bilan 
yondashing. Saboq.Org saytidan olingan. Tanishlardan 
surushtirib yaxshi va ishonchli 
shifokorni topib u bilan 
maslahatlashing. Bepushtlikda eng 
asosiysi - to'g'ri diagnostika. 
Bepushtlik sababini aniq bilish uni 
davolanishing 50% garovidir. 
Bepushtlik sababi esa ayolda ham, 
erkakda ham bo'lishi mumkin. 
Shuning uchun diagnostikani er- 
xotin birga boshlashi shart. 
Bepushtlik sababi aniqlanganda, 
davolanishni shifokorning 
maslahatiga binoan amalga 
oshirilish kerak. Shifokor aytgan 
dori-vositalari adashtirilmay, o'z 
vaqtida, kerakli miqdorda 
o'zgartirilmay qabul qilinish kerak. 
Bepushtlikka qarshi dori-vositalar 
gormonal bo'lishi mumkin. 
Gormonal vositalarni to'g'ri va 
vaqtida ichmasa, davolanish 
samarasiz bo'ladi. "Bu dori juda 
kuchli, buning o'rniga boshqasini 
ichaqoli", yoki "Dori soni ko'p 
ekan, bir-ikkitasini ichmay qoya 
qoli,"-deb shifokor bilan 
maslahatlashmagan holda qaror 
qabul qilsangiz davolanish 
samarasiz bo'ladi. 
Davolanish boshlanganda er-xotin 
sog'lom hayot kechirishi kerak. 
Vitaminga boy ovqatlanish, yog'liq, 
achchiq ovqat va shirinliklarni 
me'yoridan ko'p yemaslik lozim. 
Erkaklar sauna va hokazolar orqali 
jinsiy a'zolarini ortiqcha qizib 
ketishidan saqlanishi maqsadga 
muvofiq bo'ladi. Spirtli ichimliklar 
va chekish davolanish davomida 
iloji boricha yo'qqa chiqarilishi 
lozim. 
Stress va psixologik holat 
davolanishga salbiy ta'sir 
ko'rsatadi. Stress organizmda 
kuchli gormonal o'zgarishlarni, 
natijada ayollarda ovulyatsiya 
buzulishini yoki boshqa salbiy 
o'zgarishlarni yuzaga keltirishi 
mumkin. 
Davolanish tugab homiladorlik yuz 
bermasa, tushkunlikka tushmaslik 
zarur. Odatda davolanish tugasa 
ham, organizmga vaqt talab 
etiladi. 
Shifokorning davolash 
mexanizmini boshqa shifokor 
bilan solishtirib ko'ring. Iloji bo'lsa, 
bir necha shifokor maslahatini 
olib, tahlil qilib ko'ring. Sizda 
ishonch tug'diradigan, gaplari 
asoslangan va samarasi 
sezilayotgan shifokorda 
davolanishni davom eting. 
Davolanish haqida saytlarda 
suhbatlashing. Bepusht bo'lib 
farzand ko'ra olgan boshqa oilalar 
bilan maslahatlashing. 
Er-xotin bir-biringizga nisbatan 
mehr-muhabbat bo'lsa kurashing. 
Hozirgi kunda bepushtlikni 
davolash yo'llari juda ko'p va 
samarali. Tushkunlikka tushib, 
ayblarga yo'l qo'ymang. 
Birovlarning gina, kesatuvlariga 
ahamiyat bermay o'z baxtingiz 
sari intiling. Bir necha yildan so'ng 
Olloh farzand berganda sizchalik 
baxtli inson dunyoda bo'lmaydi. 
Er-xotin bir-biringizni qo'llab 
quvvatlang. Hozir eng muhimi 
sizning munosabatlaringiz. Agar 
birga kurashsangiz albatta 
muammolarni yengasiz. 
Farzand 10 yildan ortiq dunyoga 
kelmasa, davolanishning yangi 
uslublarini izlang, imkoniyat topib 
chet el shifoxonalariga murojaat 
qiling. 
Eng asosiysi bunga kurashishga 
sabab bo'lishi kerak. Bu sabab er 
va xotinning aynan bir-biridan 
farzand ko'rishni niyat qilishidir. 
Bir-biringizni sevib, niyat qilib, 
ishonsangiz, Ollohni o'zi farzand 
beradi. 
Bepusht er-xotin hali dunyoga 
kelmagan farzandi bilan gaplashib 
uni qanchalik kutayotganingizni, 
sevishini aytib xayolan chaqirish 
kerak. 
Farzand ko'rishdan ortiqroq baxt 
bo'lmasa kerak dunyoda. Bunday 
baxtga barchamiz sazovor 
bo'laylik. Ollohni o'zi har bir 
juftlikka farzand bersin.

SPERMATAZOID SIFATI VA ERKAK BEPUSHTLIGI

Erkak bepushtligini asosiy 
sababchilaridan biri - 
spermatozoid sifati bilan bo'gliq 
muammolardir. Hozirgi zamon 
tibbiyoti bu muammolarni 
ko'pincha muvaffaqiyatli bartaraf 
etib kelmoqda. Quyida 
spermatozoid bilan bog'liq 
muammo va yechimlar haqida 
suhbatlashamiz. 
Jinsiy aloqa jarayonida millionlab 
spermatozoidlar ayol organizmiga 
kirib, ular orasidan faqat bir necha 
yuztasi ayol tuxumdoniga yetib 
borishi va uni urug'lay olishi 
mumkin bo'ladi. Spermatozoid 
ayol tuxum hujayralarini 
muvaffaqiyatli urug'lashiga bir 
qator faktorlar ta'sir qiladi: 
Spermatozoid miqdori; 
Spermatazoid konsistensiyasi 
(1 millimetr urug'da 
spermatazoidlarning soni); 
Erkak urug'i hajmi; 
Spermatozoid harakat qilish 
qobiliyati; 
Spermatozoid harakati tezligi; 
Spermatozoid morfologiyasi 
(shakli). Saboq.Org saytidan olingan. Ushbu faktorlarning yomonlashuvi 
erkak bepushtligiga sabab bo'lishi 
mumkin. Shuning uchun ularning 
har biri yuqori ko'rsatgichga 
egaligi muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Spermatozoid muammolarini 
nima keltirib chiqaradi? 
Erkakning yoshi 
Umuman, erkakning ayolni 
urug'lay olish qobiliyati 35 
yoshdan so'ng asta so'nishni 
boshlaydi. Bu asosan 
spermatozoid miqdori va 
harakatlanuvchanligida namoyon 
bo'ladi. 
Immunitet muammolari 
Erkak immun tizimida muammolar 
yuzaga kelsa, ba'zida organizm 
spermatozoidni yod modda deb 
qabul qila boshlaydi va ularni 
nobud qilish uchun maxsus 
antimodda ishlab chiqaradi. 
Saraton kasalliklarini 
Saraton kasalligini davolashda 
qo'llaniladigan radio-kimyoviy 
terapiya, ba'zi dori-vositalari erkak 
bepushtligiga olib kelishi mumkin. 
Jinsiy aloqa orqali o'tadigan 
kasalliklar 
Shu turkumdagi ba'zi kasalliklar 
jinsiy aloqa jarayonida 
spermatozoid yo'llarini 
zararlantirish xususiyatiga ega. 
Boshqa faktorlar. 
Tashqi muhitning holati va 
erkakning hayot tarzi ham 
spermatozoid buzilishiga olib 
kelishi mumkin. 
Undan tashqari erkak 
bepushtligiga anotomik 
muammolar ham sababchi 
bo'ladi: 
Varikotsele - erkak tuxumi 
tomirlari kasalligi bo'lib, bepusht 
erkaklarning 40% da uchraydi. 
Noto'g'ri eyakulyatsiya - bunda 
urug' tashqariga emas, balki siydik 
pufagiga tashlanadi. 
Kriptorxizm - tuxumning o'z 
joyiga joylashmagani tufayli 
ba'zida unda spermatozoid ishlab 
chiqarilmaydi. 
Erektil disfunksiya - bunda erkak 
jinsiy aloqaga kirisha olmaydi, 
kuchsiz bo'ladi. 
Bir necha yil davomida oilada 
farzand bo'lmayotgan bo'lsa, 
erkak albatta spermatozoidini 
tekshirtirishi talab etiladi. Aynan 
spermatozoid sifatiga qarab 
bepushtlik sababini aniqlash 
oson va tez bo'ladi.

FOLIYA KISLOTASI

Foliya kislotasi organizm uchun 
juda muhim vitaminlardan biri 
hisoblanadi. Afsuski, u haqda 
homilador bo'lgan ayollargina 
eshitadi xolos. Foliya kislotasining 
organizmda yetishmovchiligi ba'zi 
kasalliklarning sababchisi ekan. 
Foliya kislotasi nima degani? 
Foliya kislotasi - bu B turkumiga 
kiruvchi vitamin hisoblanadi. 
Ushbu vitamin organizm yangi 
to'qimalarni ishlab chiqarishiga 
yordam beradi. 
Kim foliya kislotasini qabul qilishi 
kerak? 
Hamma foliya kislotasiga muhtoj, 
lekin homiladorlikka tayyorgarlik 
ko'rayotgan ayol uchun u 
nihoyatda muhim. Chunki 
homiladorlikdan oldin va 
homiladorlik davomida foliya 
kislotasining yetishmovchiligi 
homilada umurta miyasi va 
anesefaliya (bosh miya kasalligi) 
kasalliklarini rivojlanishiga olib 
kelishi mumkin. Ba'zi 
tadqiqotlarning ko'rsatishicha, 
foliya kislotasining organizmda 
yetarli miqdorda bo'lishi homilada 
boshqa tug'ma nuqsonlar vujudga 
kelishini va onada saraton 
kasalligini ham oldini oladi (bu 
haqda yetarlicha natijalar hali 
mavjud emas). 
Ayol organizmiga qancha foliya 
kislotasi kerak? 
Homilador yoki homiladorlikka 
tayyorgarlik ko'rayotgan ayol 
kuniga 400mcg dan 800 mcg 
gacha foliya kislotasini qabul 
qilishi lozim. Bu o'rtacha 
ko'rsatkich bo'lib, uni qabul 
qilishdan oldin shifokor bilan 
maslahatlashish talab etiladi. 
Emizayotgan ayollar kuniga 
500mcg foliya kislotasini qabul 
qilishi lozim. Saboq.Org saytidan olingan. Agar ayolda bundan oldin 
tug'ilgan bolada umurtqa miya 
yoki bosh miya kasalliklari o'rin 
olgan bo'lsa, keyingi 
homiladorlikka tayyorgarlik ko'rish 
davridan boshlab kuniga 4000 
mcg foliya kislotasi qabul qilishi 
tavsiya etiladi. Bu odiiy normadan 
10 barobar kattaroq doza bo'lib, 
shifokor maslahati bilangina qabul 
qilinishi kerak. Bunday yuqori 
dozada foliya kislotani ichish 
bo'lajak homilada tug'ma 
nuqsonlar paydo bo'lish xavfini 
kamaytiradi. 
Agar oila a'zolar orasida umurta 
miya kasalliklariga ega bo'lganlar 
bo'lsa, u holda shifokor 
tavsiyasiga binoan kuniga 4000 
mcg foliya kislotasi qabul qilinadi. 
Homiladorlikni rejalashtirayotgan 
ayolning o'zida umurtqa miya 
kasalligi o'rin olgan bo'lsa, u holda 
shifokorning maxsus tavsiyasiga 
binoan foliya kislotasi qabul 
qilinadi. 
Ba'zi hollarda foliya kislotasining 
qabul qilinish dozasini shifokor 
shaxsan tavsiya etadi. Agar ayolda 
quyidagi holatlar bo'lsa, foliya 
kislotasini kerakli dozasini 
belgilshda shifokorga xabar 
berish kerak: 
Epilepsiya, diabet, revmatizm, 
psoriaz, astma kasalliklarga qarshi 
dori qabul qilayotgan bo'lsa; 
Buyrak, jigar, anemiya , seliakiya 
kasalliklari bilan kasallangan 
bo'lsa. 
Homiladorlikni 
rejalashtirmayotgan ayolga foliya 
kislotasi kerakmi? 
Hozir bo'lmasa ham, yaqin yillarda 
homiladorlikni rejalashtirayotgan 
ayolga ham foliya kislotasi talab 
etiladi. Chunki homilaning foliya 
kislotasiga bo'lgan ehtiyoji 
homiladorlikning ilk kunlaridan, 
ayol hatto homiladorlik haqida 
bilmagan davridan boshlanadi. Bu 
muhim davrni o'tkazib 
yubormaslik uchun homilador 
bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgan 
barcha ayollar kuniga 400mcg dan 
800 mcg gacha foliya kislotasini 
qabul qilishlari maqsadga muvofiq 
bo'ladi. 
Qaysi mahsulotlar foliya kislotasiga 
boy? 
Bargli sabzavotlar, dukkakli 
sabzavotlar, sitrus mevalari va 
donlar foliya kislotasiga boy. Ba'zi 
mahsulotlarga foliya kislotasi 
sun'iy kiritiladi (masalan, un, non, 
oq guruch). 
Foliya kislotasini faqat ozuqa 
mahsulotlar orqali qabul qilinishi 
organizmga yetadimi? 
Afsuski, foliya kislotasining ozuqa 
mahsulotlardagi miqdori 
organizm uchun yetarli emas, 
undan tashqari sun'iy vitamin 
shaklidagi foliya kislotasi 
organizm tomonidan tabiiy foliya 
kislotasidan ko'ra yaxshiroq qabul 
qilinadi. 
Foliya kislotasini dozasini oshirib 
yuborish mumkinmi? 
Har doim vitamin qabul qilish 
oldidan uning dozasini shifokor 
bilan maslahatlashish talab etiladi. 
Shifokor maslahat bergan 
dozadan ortiqcha qabul qilmaslik 
kerak. 
Tug'ish yoshidan o'tgan ayollarga 
foliya kislotasi kerakmi? 
Ellik yoshdan oshgan ayollar foliya 
kislotasini qabul qilishan oldin 
shifkor bilan maslahatlashishi 
talab etiladi.

HOMILADORLIKDAN SAQLANISH USULLARI

Ba'zida homiladorlikdan oldin 
ayollarga bir qancha muddat 
saqlanish tavsiya etiladi. Bu vaziyat 
davlanish davrida ko'pincha talab 
etiladi. Undan tashqari yangi 
chaqalog'i bor ona uchun ham 
kamida 2 yil o'tmasdan yana 
homilador bo'lish shifokorlar 
tomonidan ta'qiqlantiriladi. Chunki 
homiladorlikdan so'ng onaning 
salomatligi tiklanib olishi zarur. 
Shunda er-xotin munosabatlarida 
saqlanish vositalariga ma'suliyat 
bilan yondashishlari talab etiladi. 
Saqlanish usullari, 
biologik, mexanik va kimyoviy 
usullarga bo'linadi. 
Mexanik usul. Saboq.Org saytidan olingan. Mexanik 
usul 
deganda, 
erkak 
urug'ini 
ayol 
bachadoniga 
kirib 
tushishiga 
to'sqinlik 
qiluvchi 
maxsus 
qo'llanmaga 
aytiladi.Bular: 
Prezervativ(condom)- lateksli 
maxsus qo'llanma, erkak 
xivchiniga kiyiladi. Jinsiy 
kasalliklardan ham saqlaydi. 
Bachadon spirali - bachadonga 
vrach tomonidan o'rnatiladi, 
tug'magan ayollarga tavsiya 
etilmaydi. Ayrim kasalliklarni, 
yallig'lanishni keltirib chiqarishi 
mumkin. Spiral bo'lganda, ayolda 
hayz og'riq bilan, uzoq davomiylik 
bilan kechishi mumkin. 
Ayol tuxum yo'llari qopqoqlari - 
gormonlar qo'shimchalar bilan 
ishlatiladi. Jinsiy a'zolar kasalligi 
mavjud bo'lganda ishlatilishi 
mumkin emas. 
Bu qo'llanmalar homiladorlikdan 
85-90% saqlaydi. 
Kimyoviy usul 
Kimyoviy usul deganda, erkak 
urug'ini nobud bo'lishiga ta'sir 
qiluvchi moddalardan foydalanish 
tushuniladi. Ular spermisid deb 
atalib, tampon, krem, shag'am, 
jele, qin tabletkalari shaklida 
bo'ladi. Ularning homiladorlikdan 
saqlash qobiliyati 85%. 
Yana bir kimyoviy usul, jinsiy 
aloqadan so'ng saqlanish usuli. 
Bunda, saqlanishsiz bo'lib o'tgan 
jinsiy aloqadan so'ng 1-3 kun 
ichida maxsus dorini ayol qabul 
qilishi kerak. Bu dori 
homiladorlikdan saqlaydi, lekin 
ayol organizmi uchun juda zararli. 
Undan tashqari bu dorini yilda 
faqat 2 marta qabul qilish 
mumkin. 
Biologik usul 
Biologik usulga quyidagilar kiradi: 
Ayol tomonidan gormonal 
preparatlarni qabul qilish. Bu 
preparatlar ayol organizmida 
tuxumni tuxumdondan chiqishiga 
to'sqinlik ko'rsatadi va homilador 
bo'lish imkoniyatini vaqtincha yo'q 
qiladi. Bu preparatlarni ayol har 
kuni, bir vaqtda qabul qilishi lozim. 
Uning hili ko'p bo'lib, vrach bilan 
maslahatlashgan holda iste'mol 
qilish lozim. 
Ovulyasiya kuni(tuxumni 
tuxumdondan chiqishi)ni sanash 
usuli. Bunda ayolda ovulyasiya 
kuni bo'lganda jinsiy aloqa 
qilinmaydi. Ovulyasiya kuni normal 
hayz siklida (28 kunda) siklning 14 
kuniga to'g'ri keladi. Aynan 10 chi 
kundan boshlab 16 kunga qadar 
erkak urug'i bachadonga 
tushmasligi lozim. Bu kunlari 
mexanik usullardan foydalaniladi 
yoki jinsiy aloqa qilinmaydi. Bu 
usul juda noqulay, chunki 
ovulyasiya bo'lish kuni hech 
qachon aniq bilib bo'laydi. 
Jinsiy aloqani uzish. Bu usul yana 
bir biologik usul bo'lib, bunda 
erkak urug'i chiqishi 
yaqinlashayotganda bachadondan 
xipchinni chiqarib, urug'ini 
tashqariga chiqaradi. Bu usul ham 
noqulay, ham erkakda ayrim 
kasalliklarni keltirib chiqarishi 
mumkin. 
Vaqtidan oldin homiladorlikdan 
saqlanish usullari ko'p bo'lishiga 
qaramay hech qaysinisi 
saqlanishdan 100% kafolat 
bermaydi. Ayrimlari esa, ayrim ayol 
yoki erkak uchun mumkin ham 
emas. Shuning uchun saqlanish 
usullarini vrach bilan 
maslahatlashgan holda, o'zingiz 
jismoniy va psixologik 
holatingizdan kelib chiqib, bir-biri 
bilan almashtirgan holda 
ishlatishingiz ma'qul.

HOMILADOR BO'LISH YO'LLARI

Ba'zi ayollar bu savolni bermay 
turib oson homilador bo'lib 
qoladilar, ba'zi sog'lom juftliklarda 
esa, bir nech oy davomida 
saqlanilmagan jinsiy aloqa 
bo'lishidan qat'iy nazar 
homiladorlik vujudga kelmaydi. 
Ayol tabiiy ravishda tezroq 
homilador bo'lib qolishi uchun 
quyidagilarni bilishi lozim: 
Homiladorlik tezroq yuz berishi 
uchun: 
1. Ayol o'z ovulyasiya kunlarini 
bilishi darkor. Aynan ovulyasiya 
kuni yoki undan 1-2 kun oldin va 
keyin sodir bo'lgan jinsiy aloqa 
natijasi homiladorlik bo'lishi 
mumkin. (Ovulyasiyani aniqlash 
yo'llari haqida bu yerda batafsil 
o'qing). 
2. Tezroq homilador bo'lish uchun 
ayol jinsiy aloqadan so'ng kamida 
30 daqiqa davomida o'rnidan 
turmay yotishi 
spermatozoidlarning bachadon 
bo'yni tomon harakatlanishini, 
natijada ayol tuxumdoni 
urug'lanish imkoniyati oshishiga 
yordam beradi. 
3. Er-xotin stressdan xoli bo'lishi 
kerak. Qarindoshlarning, qo'ni- 
qo'shnilarning "Nega ikkiqat 
bo'lmayapsan?","Tezroq ikkiqat 
(homilador) bo'lish kerak", degan 
gaplarini o'ylab siqilib yurish 
homiladorlik vujudga kelishini 
ortga suradi. Saboq.Org saytidan olingan. Homilador 
bo'lish 
niyatidagilar 
yaxshi 
xayolda 
bo'lib, 
asabiylashmay, 
janjallashmay, 
hadeb 
homilador 
bo'lish 
haqida 
o'ylab 
yurmay, 
yaxshi 
kayfiyatda 
bo'lishlari 
foydali 
bo'ladi. 4. Jinsiy aloqadan so'ng ayol tezda 
yuvinmasligi kerak. Ba'zi sovunlar 
spermatozoid sifatiga ta'sir 
ko'rsatib, uning urug'lantirish 
qobiliyatini va harakatchanligini 
pasaytirishi mumkin. 
5. Ayol homilador bo'lishi uchun 
o'zi ham, eri ham ichish va 
chekishni imkon qadar 
kamaytirishi yoki umuman 
tashlashi kerak. Alkogol va nikotin 
spermatozoid sifatiga va 
harakatlanuvchanligiga salbiy 
ta'sir ko'rsatadi. 
6. Erkak jinsiy a'zolarini juda ham 
isitib (masalan, saunada) va 
aksincha, juda ham sovutib (qish 
kunlari) qo'ymasligi lozim. Jinsiy 
a'zolardagi yuqori harorat va 
muzlash erkak spermatozoidlariga 
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Undan 
tashqari erkaning ichki kiyim va 
shimi siqmaydigan, 
qizdirmaydigan, bo'shroq 
turadigan bo'lishi kerak. 
7. Mavrak (shalfey) damlamasi ham 
homilador bo'lishga yordam 
berishi aniqlangan. Mavrak 
tarkibidagi moddalar 
spermatozoidni ayol tuxumdoni 
tomon tezroq harakatlanishini 
ta'minlashi aniqlangan. Hayz 
tugaganidan keyin 11 kun 
davomida ayol mavrak 
damlamasidan kuniga 2-3 mahal 1 
osh qoshiqdan ichishi kerak. 
Mavrak damlamasi: 1 choy qoshiq 
mavrak o'ti 1 stakan qaynagan 
suvda damlanadi. 
8. Spermatozoidning sifati va 
miqdori jinsiy aloqalar soniga ham 
bog'liq. Shuning uchun ovulyasiya 
kunidan oldin 2-3 kun davomida 
jinsiy aloqada bo'lmay, aynan 
ovulyasiya kuni aloqada bo'lish 
tavsiya etiladi. Shunda 
spermatozoidlarni miqdori 
ko'paygan, sifati esa yaxshilangan 
bo'ladi. 
9. Ba'zi dietalar ham homilador 
bo'lishga to'sqinlik qiladi. Shuning 
uchun homilador bo'lishni 
rejalashtirayotgan ayol dieta 
tutmasligi kerak. 
10. Ko'pchilik xush ko'radigan 
kofe homilador bo'lish 
imkoniyatini oz bo'lsada 
pasaytiradi. Shuning uchun kofe 
va kofeinga boy mahsulotlardan 
voz kechib turgan ma'qul. 
11. Erkakning ovqatlanish 
rasioniga ahamiyat berish kerak. 
Spermatozoidlarning 
harakatlanuvchanligini oshiruvchi 
go'sht, baliq va danaklardan 
ko'proq yeyish maqsadga muvofiq 
bo'ladi. 
12. Toza havo va sog'lom hayot 
tarzi homilador bo'lish uchun eng 
yaxshi vosita. Homiladorlikka 
tayyorlanuvchi er-xotin har kuni 
kamida 1-2 soat davomida toza 
havoda bo'lishi, radiasiya va virusli 
infeksiyalardan xoli bo'lishi kerak.

HOMILADORLIK TESTI

Homiladorlik testi bilan har bir 
ayol tanish bo'lishi ajab emas. 
Aynan homiladorlik testi 
yordamida ayol uy sharoitida 
homiladorlik yuz berganligi haqida 
birinchi bo'lib bilib olish mumkin. 
Homiladorlik testi haqida asosiy 
savollarga javoblar. 
Homiladorlik testi nima degani? 
Uy sharoitida qilinadigan 
homiladorlik testi barcha 
dorixonalarda sotiladigan vosita 
hisoblanadi. Bu test ayol 
siydigidagi inson xorionik 
ganodropin (IXG) moddasini 
o'lchaydi. Urug'lanish yuz 
bergandan so'ng 7-10 kun 
o'tgach homilador bo'lgan ayolda 
IXG moddasi o'lchash uchun 
yetarli miqdorda ishlab 
chiqarilishni boshlaydi. Shunda 
testlar siydikda IXGning miqdoriga 
qarab homiladorlik yuz bergan yo 
bermaganligi haqida xabar beradi. 
Homiladorlik testini qachon 
o'tkazsa bo'ladi? 
Homiladorlik testlari IXG 
moddasiga sezuvchanligi har xil 
bo'lgani uchun ba'zi testlarda 
oxirgi hayz kunidan 1 sikl 
(odatda 28-30 kun)o'tganda natija 
aniq chiqsa, ba'zi testlar bu davrda 
xato natija ko'rsatadi. Shuning 
uchun homiladorlik testini 
o'tkazish uchun eng qulay davr - 
bu siz kutayotgan hayz kuni 
kechikkan kun va undan keyingi 
davr. Shu kundan keyin o'tkazilgan 
test aniqroq javobga ega bo'ladi. 
Homiladorlik testi qanday 
o'tkaziladi? 
Odatda har bir test upakovkasida 
uni o'tkazish usuli ko'rsatilgan 
bo'ladi. Test ruchkaga o'xshash 
bo'lib bir tomonidagi qopqoqni 
ochsa, siydikdagi IXGni sezuvchi 
maxsus tayoqcha turadi. Siydikni 
aynan o'sha tayoqchaga qarab 
chiqarish lozim. Bir necha soniya 
davomida siydik tayoqchani 
qoplaydi. Shundan so'ng 
homiladorlik testini tekis joyga 
qo'yib 5-7 daqiqa kutish kerak 
bo'ladi. Saboq.Org saytidan olingan. Chiziqlar ko'rinishi hamma 
testlarda har xil bo'lishi mumkin. 
Shuning uchun homiladorlik yuz 
bergan bo'lsa, nechta chiziq aniq 
ko'rinishi kerakligini 
instruksiyadagi rasmdan bilib olsa 
bo'ladi. 
Homiladorlikni 
kutayotgan 
bo'lsangiz testni 
iloji boricha 
kechroq 
o'tkazganingiz 
psixologik 
stress 
keltirmaydi. 
Birinchidan, 
natija aniq 
bo'ladi, ya'ni 
testni qayta 
o'tkazishga 
hojat bo'lmaydi. 
Ikkinchidan, 
agar 
homiladorlik yuz 
bermagan 
bo'lsa, hayz 
keladi 
Qaysi hollarda homiladorlik 
testini o'tkazish talab etilad? 
1. Homiladorlik kutilayotganda 
yoki homiladorlik alomatlari 
namoyon bo'lganda; 
2. Hayz kelishi kechikkanda (agar 
bu holat homiladorlik tufayli 
bo'lmayotgan bo'lsa, u holda 
ginekologik yoki endokrin 
kasalliklar mavjud bo'lishi 
mumkin); 
3. Hayz kelgani bilan, uning 
miqdori, ko'rinishi va holati 
odatdagidan farq qilayotgan 
bo'lsa; 
4. Rejada jarroxlik operatsiya 
kutilayotgan bo'lsa (ba'zida ayol 
homiladorligi haqida bilmagan 
holda jarroxlik operatsiyaga 
tayyorlanishi mumkin, shuning 
uchun har doim ma'lum bir 
operatsiyadan oldin albatta 
homiladorlik testini o'tkazib 
homiladorlik yo'q ekanligida amin 
bo'lish talab etiladi).

HOMILADOR BO'LISH UCHUN NIMA YEYISH KERAK?

Homilador bo'lishni 
rejalashtirayotgan va 
bepushtlikdan davolanib 
kelayotgan juftliklar uchun 
ovqatlanish ratsioni muhim o'rinni 
egallaydi. Farzand ko'rishni 
rejalashtirayotgan erkak ham ayol 
ham to'g'ri va foydali ovqatlanishi 
kerak. 
Mahsulotlarini 3 guruhga bo'lamiz. 
YAXSHI mahsulotlar: 
Homilador bo'lishga ijobiy ta'sir 
ko'rsatib foyda keltiradigan 
quyidagi 3 xil mineral erkak va 
ayolning kundalik oziqlanish 
ratsionida bo'lishi shart. 
Kalsiy moddasi organizm 
quruvchisi hisoblanadi. Shunday 
ekan homila vujudga kelishi va 
rivojlanishi uchun o'ta 
muhimdir. Sut va sut mahsulotlari, 
tofu, kalsiy bilan boyitilgan 
sharbatlar, brokkoli, yashil bagrli 
sabzavotlar kalsiyga boy bo'ladi. 
Kuniga kamida 3 mahal ulardan 
iste'mol qilish talab etiladi. 
Marganets mineralini boshqa so'z 
bilan ifodalasa, bola qiladigan 
manba desa ham bo'ladi. U 
ismaloq, sabzi, brokkoli, banan, 
butun bug'doylar, yong'oq va 
magizda ko'p bo'ladi. Kuniga 
kamida 2-3 mahal ushbu 
mahsulotlardan taom tayyorlab 
yeyish maqsadga muvofiq bo'ladi. 
Sink - homilador bo'lish uchun 
muhim mineral. Bepusht oilalar bu 
mineralga boy mahsulotlardan 
ko'proq iste'mol qilishlari zarur. Saboq.Org saytidan olingan.Indeyka, tovuq, qo'y va qo'zichoq 
go'shtlari, bodom, yogurt, 
ovsyanka, bug'doy novdasi, tuxum 
va ustritsa (oyster) sink 
moddasiga boy hisoblanadi. 
Ushbu uch asosiy tug'ish 
minerallariga qo'shimcha ravishda 
foliya kislotasini ham iste'mol 
qilish kerak. U homilador bo'lish 
uchun yordam bermasa-da, 
rivojlanishi mumkin bo'lgan 
homila salomatligi uchun muhim 
ahamiyatga ega. Foliya kislotaga 
sitrus mevalari, ismaloq, ko'katlar, 
apelsin sharbati boydir. 
Homiladorlikka 
tayyorlanayotgan 
har bir ayol 
shifokor bilan 
maslahatlashgan 
holda vitamin 
shaklidagi foliya 
kislotasini ichib 
yurishi ham 
foydali bo'ladi. 
YOMON mahsulotlar: 
Bepushtlikning asosiy 
sababchilaridan bo'lmish kofein, 
alkogol va nikotindan umuman 
voz kechish kerak. Achchiq choy, 
kofe, koka-kola, sprayt, fanta, 
spirtli ichimliklar va sigaret 
bepushtlikka olib keluvchi eng 
birinchi mahsulotlardir. Passiv 
chekish ham huddi shunday salbiy 
ta'sirga ega. Passiv chekish 
deganda, o'zi chekmay 
chekayotgan inson yonida bo'lib, 
sigaret isini hidlashga aytiladi. 
Agar oilada bepushtlik 
muammosi yuz bergan bo'lsa, 
ushbu zararli yomon 
mahsulotlardan xoli bo'lishni 
ta'minlash lozim. 
NOANIQ narsalar: 
Ba'zi dori-vositalari, yoki 
bepushtlikni davolovchi vitamin va 
sun'iy choylar, hayvon yog'lari 
haqida aniq tekshiruv va natijalar 
yo'qligi tufayli ularni qabul 
qilmaslik tavsiya etiladi. Reklama 
qilinadigan bepushtlikni 
davolovchi ozuqa qoshimchalari, 
sharbat yoki poroshoklardan 
nariroq yurish kerak. Ularning 
foydasi haqida tadqiqotlar juda 
kam bo'lib, vujudga kelishi 
mumkin bo'lgan homilaga hatto 
zarar ham keltirishi mumkin.

Sahifalar: « 1 2 3 4 5 6 »
Bizda Barcha Fayllar TAS-IX Formatda!!!