Четверг, 21.11.2024, 12:31
Приветствую Вас Гость | RSS

WwW.NewMusicUz.Com

Реклама
Способы оплаты
Способы оплаты

Juda qiziq!

Главная » Каталог сайтов » Xayoti Voqealar » VSE

Oyimni bizga qaytar XUDOJON!!!
http://Oyimni bizga qaytar XUDOJON!!! 28.05.2014, 01:31

Sentabr... Masjid darvozasidan maktab 
kiyimida chamasi olti, yetti yoshlardagi 
bolakay kirib kelib, hovlidagi o’rindiqda 
suhbatlashib o’tirgan nuroniylarga 
salom berdi: –“Assalom-u alaykum” 
Qariyalar bolaning salomiga alik olishdi: –“Voalaykum assalom, katta yigit 
bo’ling, keling bolam, kimni izlab 
keldingiz?” –“Xudoni….” Namozxon 
chollar hayrat aralash bir-birlariga 
qarab, jim qolishdi. Bolakay gapida 
davom etdi: –“Qayerda o’tiribdilar? Iltimosim bor edi….” Qariyalar orasidan 
bir odam turib, bolakayning oldiga 
kelib, cho’kkaladi- da söradi: –“O’g’lim 
kim sizga bu haqida aytib berdi? 
Kimning o’g’lisiz?” Bolakay biyron tili 
bilan so’zladi: –“Ahmad domlaning, buvim aytgandilar, bu yer Xudoning 
uyi ekan. Kecha yana aytdilarki, u kishi 
har diyonatli bandasining tilagini 
bajararkan. Men ham u kishining 
bandasi ekanman, hali gunoh ish 
qilmagan ekanman, yaxshi bola bo’lganim uchun men ham diyonatli 
ekanman, u kishidan so’raydigan juda 
muhim iltimosim bor….” Amaki o’ylanib 
qoldi – Ahmad domla, matematika 
öqituvchisi, hali jajji bo’lsa ham, bolasi 
yaxshi tarbiya olibdi – keyin, bolakayga yuzlanib: –“Yuring, hozir birga tahorat 
olamiz, keyin Xudodan iltimosingizni 
so’raymiz.” Bolakay xo’p degandek 
boshini qimirlatdi, va amakining 
ketidan ergashib, xuddi bir narsaga 
ulgurmay qolayotgandek shoshib- shoshib yuz qo’llarini yuvdi…. Keyin 
masjid ichkarisiga kirib, peshin 
nomoziga tayyorlanishdi. Amaki unga: 
–“O’glim, hozir hamma duoga qo’l 
ochganida siz ham qo’l ochib Xudodan 
iltimosingizni so’rang.” Bolakay yana xo’p degandek boshini qimirlatib, 
qator-qator odamlar orasidan Xudo kim 
ekan deb izladi. Nomoz so’ngida 
hamma duoga qo’l ochib duo qilishni 
boshladi. Bolakay ham qo’llarini 
qovushtirib sözlay boshladi: –“Buvim aytdilar, meni yoshimdagilar farishta 
bo’larkan, nima so’rasam berarkansiz, 
o’zimga kerakmas, dadamlarga yordam 
bering, oyimni asrab qola olmayotgan 
ekanlar. Aytishlaricha, oyimni faqatgina 
sizning yordamingiz qutqarar ekan. Mashinachalarimni, mayli, rasmli 
kitoblarimni ham oling, faqat bittagina 
oyimni olmang, koptok olaman deb 
oxirgi qordan beri yig’ayotgan pulim 
ham bor, uni ham beraman…. Singlimni 
bog’chadan olib uyga qaytishim kerak, uniyam, meniyam oyimlarni oldilariga 
kiritishmayapti. Sog’indik... - 
bolakayning yuzlariga yosh dumaladi,- 
ayniqsa singlim, kechasi ‘oyi’ deb 
yig’lab chiqadi. Men-ku kattaman, o’gil 
bolaman, chidayman. Hech bo’lmasa oyim singlim bilan qolsin. Iltimos…. 
Omin, Olloh-u Akbar”... Bola jimgina 
örnidan turib, közlarini qöli bilan 
uqaladi va ko’chaga chiqib ketdi. 
Amakining, bolakayning gaplaridan 
ta’sirlanibmi, yoki boyagina odamlardan eshitgan, matematika 
o’qituvchisi Ahmadning xotini vafot 
etganligi haqidagi xabarni eslabmi 
ko’zidan yosh sizdi… 

 

Переходов: 189 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0 | Теги: Oyimni bizga qaytar XUDOJON!!!
Всего комментариев: 0
le="width: 100%; background-color: rgb(245, 245, 245);" class="commTable" align="" border="0" cellpadding="2" cellspacing="1" width="">
Оставить комментарий
Ваше Имя:
Ваш Email:

Жинсий Сабоклар +18

Мужчина
Javohir Abdujalilov





Мужчина
Rustam





Мужчина
GOLD.KG GOLD.KG





Мужчина
Admin Shod_mc





Мужчина
SHODMON AHBOEV





Мужчина
gold gold





Мужчина
SHODMoN AHBOEV





Мужчина
Sanjar Bestmus





Мужчина
Boburshox Hamdamov





Мужчина
ismoil abdullaev




Хар Хил Реал Вокеалар