NewMusicUz.COM | Media Markaz!!!
Quvnoq CHat
Diqqat Savol!
QAYSI XONANDALARNI QOSHIGINI KOPROQ TINGLAYSIZ?


Xamma Javoblar: 1094
Davomat
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Foydalanuchi
Mehmin
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
O'zgacha

Yaproqlar shivirlab tolmagan kecha,
Osmonda yulduzlar porlagan kecha,
Sukunat izmiga chorlagan kecha, 
Bilmadim sog'indim sizni bugun o'zgacha..
---------------

 

 

 

 

Ketaveraman

Kipriklar yasharkan ko'zni soginib.
Tillar yasharkan so'zni soginib.
Qirg'oqni soginib yashaydi daryo.
Men esa yashayman seni soginib
---------------
Yo'qsizu yonimda bordeksiz go'yo.
Yurakdan sog'inib ketaveraman.
Kelmogiz men uchun bir tushu ro'yo.
Har nafas soginib ketaveraman

 

 

 

 

Humor

Humor etar visol onlari,
Ishq bog'ini kezolmayapman.
O'kinch boshqa muhabbat boshqa,
Sizdan ko'ngil uzolmayapman.
Sog'inch hissi bamisli ozor,
O'zga taqdir tuzolmayapman.
Yo'llarizga ko'zim intizor,
Sizdan ko'ngil uzolmayapman.

 

 

 

 

 

Hijron

Bilmaysanki, yuragim og'rir,
Yurak og rir seni o ylasam.
Bilmaysanki, o'ylarim og'ir,
Xayol og'ir seni o'ylasam.

Bilmaysanki, menga muhabbat
Eng ko'hna va eng shirin orzu.
Bu orzudan ezildim faqat,
Yuragimni qiymalaydi u.

Bilmaysanki, ko'nglim umidvor,
Nelarnidir istab yonadi.
Goho etar dardini oshkor,
Goho esa, "yo'q" deb tonadi.

Bilmaysanki, ahvolim zabun,
Yuragimga o't qalar hijron.
Farqlamasdan sira kunu tun,
Yuragimni qiymalar hijron.

 

 

 

 

Gar

Gar bo'lsa falakda 
Cheksiz
yulduzlar
Xayolim sendadir 
Kechayu
kunduz
Seni sog'inaman Xar tong
xar kecha
Qalbimda yashaysan 
Mangu
o'lguncha
---------------

 

 

 

 

Diydorgacha

Tunlari bedorman, hayolim sizda,
Ko'rdim men baxtimni ko'zlaringizda.
Kachayu bugunim, ertamni haqqi,
Hayotim mamotim qo'llaringizda!

---------------
Diydorimiz qolsa hamki qiyomatga,
Chidaymizda taqdir bergan xiyonatga.
Butun umr sodiq qolib diyonatga,
Sevishganlar sayli uchun bog' bo'laylik,
Diydorgacha ikkimiz ham sog' bo'laylik..

 

 

 

 

Boling

Uzun tunlar sog'ingan nahorim bo'ling,
Sovuq qishlar sog'ingan bahorim bo'ling.
Nasim shamol sog'ingan iforim bo'ling,
Shirin uyqu sog'ingan bedorim bo'ling.

Bahor chog'i gullagan niholim bo'ling,
Tashna dilim sug'organ zilolim bo'ling.
Oylar aro intiqqan hilolim bo'ling,
Eslab doim entikkan visolim bo'ling!!!

 

 

 

Tong!

Qaylarga boray manziliz izlab
Ko'rgim kelsa kimdan so'ray diydoriz ko'zlab
Tasodif kutaymi taqdirdan bo'zlab
SOG'INGANDA yurgim bormoqda muzlab
---------------
Tong sabosi qirlardan yelib,
Hayollarim sen tomon boshlar.
Hijron dardin dardli alami,
Orom bermas, ko'zlarim yoshlar..

 

 

 

 

Sahifalar: « 1 2 3 4 5
Bizda Barcha Fayllar TAS-IX Formatda!!!