NewMusicUz.COM | Media Markaz!!!
Quvnoq CHat
Diqqat Savol!
QAYSI XONANDALARNI QOSHIGINI KOPROQ TINGLAYSIZ?


Xamma Javoblar: 1094
Davomat
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Foydalanuchi
Mehmin
Xozir Saytda 1
Mexmon 1
Foydalanuchi 0
Testlarni 100 % to'g'ri bajarish
1-avgust – barcha abituriyentlar 
kuchli hayajon bilan kutadigan 
kun. Bu kunda kimdir bilimiga, 
kimdir omadga, yana kimdir esa 
boshqa biror narsaga ishonib 
kirish imtihonlari testlarini 100% 
to’g'ri bajarish hamda talabalik 
baxtiga muyassar bo’lish orzusi 
bilan imtihon o’tkazilish binosiga 
yo’l oladi. Har kim testlarni o’zi 
bilganicha, bilimiga tayangan 
holda, o’z uslubidan kelib chiqib 
bajaradi. Quyida testlarni to’g'ri 
bajarishingizda muhim bo’lgan 
zaruriy bosqichlarni keltirib 
o’tmoqchiman. Bu bosqichlarga 
qat’iy amal qilsangiz, testlarni 
100% to’g'ri bajarishingiz 
ehtimoli sezilarli darajada oshadi. 
Testlarni to’liq to’g'ri bajarishni 
istasangiz, quyidagilarga amal 
qiling: 
1. BILIMINGIZGA ISHONING.Bu 
birinchi qoida! Test imtihoniga 
kirishishdan avval imtihon 
kuniga qadar olgan bilimingizga 
ishoning. Agar abituriyent o’ziga, 
bilimiga ishonsa, u o’z oldiga 
qo’ygan har qanday vazifani 
uddalay olishiga ishoning. Sizda 
bilim bo’lsa-yu, o’zingizga 
ishonmasangiz, tahminlar va 
qo’rquvlar og’ushida test 
bajarishga kirishsangiz, ortiqcha 
hayajon ta’sirida javobi oddiy 
bo’lgan savollarni ham ijobiy hal 
qila olmay qolishingiz mumkin. 
O’zingizga ishoning va Siz 
hammasini uddalaysiz! 
2. BARCHA SAVOLLARNI KO’ZGAN 
KECHIRIB CHIQING.Bajarishni 
boshlashdan avval savollar 
kitobidagi barcha savollarga 
tezlik bilan ko’z yugurtirib 
chiqing. Bunday qilish orqali Siz 
uchun oson bo’lgan savollarni 
topish va qiyinroq bo’lgan 
savollarni aniqlab olishingiz 
mumkin bo’ladi. Oson 
bajariladigan savollarni birinchi 
o’rinda hal qiling. Javobini topish 
qiyin bo’lgan, ko’p o’ylashni talab 
qiladigan savollar ustida 
keyinroq bosh qotirasiz. Har 
doim eng oson savollarni birinchi 
bajaring! 
3. QOLGAN NARSA QOLIB 
KETMASIN.Yuqoridagi tavsiyaga 
amal qilib bajarilishi qiyin bo’lgan 
savollarni tashlab ketilgan holida 
unutib qoldirmang! Oson 
savollarni bajarib 
bo’lganingizdan so’ng albatta 
qoldirib ketilgan, Siz uchun qiyin 
bo’lgan savollarga qaytib, ular 
ustida bosh qotiring. 
4. VARIANTLARGA QARAMASDAN, 
O’ZINGIZ FIKRLANG.Savolni 
o’qiganingizdan so’ng 
variantlarga qarashga 
shoshilmang. Variantlar 
berilmagan, deb hisoblab, 
savolga o’zingiz mustaqil 
ravishda, o’z fikringizga 
tayangan holda javob berishga 
urinib ko’ring. Javob 
topganingizdan so’ng 
variantlarga qarashingiz 
mumkin! Agar Siz o’ylagan 
javobning aynan o’zi variantlar 
orasida bo’lmasa ham, unga eng 
yaqin bo’lgan javob bo’lishi 
mumkin. Bu usuldan 
foydalangan holda to’g'ri 
javobni tez topish imkoniga ega 
bo’lasiz. 
5. XATOLIGI ANIQ JAVOBLARNI 
O’CHIRIB TASHLANG.Variantlarda 
berilgan javoblarning faqat 
bittasi to’g'ri bo’ladi. Qolgan 
tanlovdagi xato javoblarni 
o’chirib tashlang va ularga 
umuman e’tibor qilmang. To’g'ri 
javobni topishdan avval 
noto’g'riligi aniq bo’lgan 
javoblarni o’chirib tashlash 
fikringizni jamlashingizda 
yordam beradi. Ortiqcha 
javoblarni olib tashlang, shunda 
to’g'ri javobning o’zi Sizga 
ko’rinib qoladi. 
6. ABSOLYUT JAVOBLARNI 
TANLASHDA EHTIYOT 
BO’LING.Absolyut javoblarga 
“Yuqoridagilarning hech qaysi 
emas”, “Yuqoridagilarning 
barchasi”, yoki “Barcha javoblar 
to’g'ri” kabi variantlar kirishi 
mumkin. Bu turdagi javoblar 
deyarli har doim noto’g'ri variant 
bo’ladi va agar rostdan ham 
yuqorida keltirilgan javob 
variantlarining kamida ikkitasi 
to’g'ri ekanligiga to’liq ishonch 
hosil qilmasangiz, bunday 
javoblarni to’g'ri javob sifatida 
belgilamang! 
7. OQIM BO’YLAB SUZING.Javobni 
qo’yishingiz kerak bo’lgan ______ 
___ bo’sh joydan oldingi so’z yoki 
iboraga e’tibor bering. Javob 
variantlaridagi qaysi javob Sizga 
to’g'ridek tuyulayapti? Agar 
bo’sh joydan avvalgi so’z yoki 
ibora bilan Siz tanlagan javob 
variantidagi so’z mutanosib 
bo’lsa, ma’no jihatidan to’g'ridek 
bo’lib tuyulsa, demak bu testning 
to’g'ri varianti ham aynan shu 
ekanligining ehtimoli yuqori. 
8. TAVAKKALDA HAR DOIM B YOKI 
C JAVOBNI TANLANG.Test 
tuzuvchilar ko’pincha to’g'ri 
javobni variantlarning o’rta 
qismida joylashtirishadi. Shuning 
uchun birinchi javob bo’lgan A 
variant, yoki oxirigi javob 
bo’lgan D variantda ko’pincha 
xato javoblar keltiriladi. 
Savolning aniq javobini 
bilmasangiz, tahmin sifatida har 
doim B yoki C javoblardan 
tahminingizga eng yaqin bo’lgan 
javobni belgilang. 
Yuqoridagilar ko’p tanlov 
variantlariga asoslangan testlarni 
yechish bo’yicha oddiygina 
tavsiya, xolos. Aslida testni to’liq 
to’g'ri bajarish uchun Sizdan 
ko’proq o’qish, bilim olish va 
izlanish talab etiladi. Chunki 
yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan, 
bilimli kishining mehnatini har 
qancha qiyin testlar bilan ham 
bekor qilish mumkin emas. 
O’qing va albatta testlarni to’g'ri 
bajaradigan bo’lasiz! Bu 
malumotlar maslahatlar 
yodingizdan chiqmasin, qachon 
test yechayotganingzda 
tepadagi aytib o'tilgan gaplarni 
yodingizga keltiring 
Faqat o’z bilimingizga ishoning! 
Men Sizga ishonaman. Siz 
uddalaysiz!
120 yil yashash kafolati
Insoniyatga 120 yil umr kafolatlangan deydi.Xitoylik mashur tabib Sun Si-Myao.U salomatlik va ko'p yashash formulasini ishlab chiqqanoq yashashni 15 uslubi: 1 Qorinni silab turish, ko'krak botiq bo'lishi, qisqa va ravon so'zlash, terida muntazam namlik bo'lishi. Xullas inson o'zini muntazam idora qilib borishi shart.
Vitaminlar
D vitamini organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o'tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo'lgan bolalar suyagining to'g'ri shakllanishi,o'sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Haqiqat...
Insonlar uchun ikkita holat bor, 
kulish va hafa bo'lish, aslida esa 
ular uchta, kulish, oddiylik, va 
hafa bo'lish, oddiylik holati 
haqida, siz oynaga qarab oddiy 
qarab turing, ko'proq hafa bo'lganga o'xshaydi-ya? ana shu 
tomoni yomon, insonlar 
davrasida oddiy holatda 
gapirmasdan tursang ular seni 
albatta ahmoq va kuchsiz deb 
o'ylashadi, aslida aqlli insonlar shunday turadi-ku! insonlar 
uchun eng zo'r holat bu kulib 
ko'p gapirish, lekin sababsiz 
kulish ahmoqlik, sababsiz 
gapirish ahmoqlik-ku, nega 
oddiy holatda yurmaymiz? juda ko'pchilik hursand bo'lib yuradi 
yoki hafa, yoki oddiy bo'lib 
yuradi, biz uni hafa bo'lib yuradi 
deymiz, yoq! hazilsiz juda jiddiy 
ishlarni qilsa bo'ladi, aynan 
o'sha ishlar oddiylik holatida qilinadi. Hamma o'lishini bilganimiz 
uchun ichamiz, chekamiz, 
shuning uchun gunox qilmaslik 
uchun bu ishlarni qilmaylik, 
bilaman baribir yo'q deysiz... Ahmoq ayollarni deb erkaklar 
haqiqiy san'at asarini 
yaratishadi, yashang ahmoq 
ayollar! Beethoven essiz... Qanday savollarni ahmoqona 
savol deyishadi bilasizmi? 
javobsiz savollarni, ular javobini 
bilishni ham xohlashmaydi. Ish uchun yo'q, pul uchun ha 
deysizmi? unda ish uchun ham 
ha deng... Uxlashingiz shart emas, 
o'zingizni qiynab siqilishni 
keragi yo'q, siz shunday yoting, 
baribir uxlab qolasiz (uyqusizlik 
kasallari uchun) Sizni maqtaydiganlar siz uchun 
va hayot uchun eng kerakli 
insonlar, juda foydali ishlar 
maqtovdan kelib chiqadi. Bilmagan ma'lumotlaringizni 
so'rang, nega? nega? nega? 
menda shunday savollar paydo 
bo'ladiki... Tarixga juda ham ishonmang, 
o'zgartiruvchilar ko'p. Yaxshi qiz yo'q, chiroyli qiz bor. Hiyonat qilmaslikni sababi 
imkoniyat yo'qligida. Qaragan emas qaratgan aybdor. Yetti yil o'qigan bilan yettita 
kitob o'qigan boshqa. Yoshlikda kulgan qariganda 
kulolmaydi. Bir qaraganda hechqanday xato 
ko'rinmaydi. Hiyonat qilgan emas, uning jufti 
aybdor bo'ladi, unga shu ish 
kerak lekin sen bilan emas, ayb 
senda, ularda emas... Erkaklardan nafratlanadigan 
ayollarga hech tushunmadim, 
buyuk qonunga qarshi 
chiqishmoqda, o'zi yaraldi, lekin 
endi yaratmaydi. Hamma o'ziga javob beradi, ota- 
ona ham shuncha harakat qiladi 
nimaga?, sababi farzandi o'ziga 
javob berishini xohlashadi. Yaxshi fikrlar muallifdan oldin 
yoziladi, muallifi o'ladi, fikrni 
esa umri uzoq. O'zgarish, bu juda havfli lekin 
eng yaxshi uslub. Aql va pul, insonni inson qiladi, 
unisi ham bunisi ham bo'lmasa 
siz inson bo'lasiz, agarda 
ikkalasi sizda bo'lsa... unda uzur 
bu insonlar uchun, siz o'qimang. Arzimagan ishdan hechkim 
hurmat qilmaydigan fikr chiqadi 
va olamni yo'q qilib yuboradi. Tanamiz xohlagan ishni tanamiz 
qiladi, biz to'xtata olmaymiz. Qayg'u Kulgudan yaxshiroq, 
sababi hamma qayg'uni yo'q 
qilmoqchi bo'ladi, kulguni esa 
yo'q, hamma uchun kulgu yaxshi 
qayg'u yomon, qayg'uni hamma 
yo'q qilib yuboradi, kulguni esa yo'q, nima kulgu yomon 
emasmi? Bir insonni nuqsoni uchun 
kulasan, seni kayfiyating 
ko'tariladi, hamma hursand, 
ahamiyat qiling, yaxshilar 
ustidan kulib kayfiyatingni 
ko'tarasan! be'mani fikrlarni deb kulasan! Kulgu umrni uzaytiradi, Chekish 
insonni o'ldiradi, buni 
takrorlashni nima keragi bor? Insonni o'ziga kerak bo'lmagan 
umri senga kerakmi? kimga 
uzoq umr kerak bo'lsa shu 
ma'lumotni o'zi qidirib topadi, 
sen o'zing uchun u o'zi uchun. 
o'zing yomonsan yana yomonlarga yordam 
bermoqchimisan? izoh: men kulguga qarshi 
emasman, men keraksiz 
kulguga qarshiman. 
Irodali bo'lish uchun 6 maslahat.
Irodali bo'lish uchun 6 
maslahat...Ma’lumki, agar 
muvaffaqiyat qozona olmasak, 
uyda yoki ishda ozgina 
muammolarga duch kelsak, 
hayot tajribamiz bir oz pand bersa, darhol bizni tushkun 
kayfiyat o’rab oladi. Tushkunlik 
esa hech vaqt bizni bu noqulay 
vaziyatdan olib chiqolmaydi; 
o’zimizni o’nglab olishning 
yagona yo’li – bu irodali va kuchli mantiqiy tafakkurga ega 
bo’lishdir. Quyidagi 
maslahatimizda irodali 
bo’lishning o’ziga xos sirlari 
haqida so’zlaymiz.1. Bugungi 
kun nafasi bilan yashang.O’tmishda yo’l qo’ygan 
xatolaringizni, 
muammolaringizni bir muddat 
esdan chiqaring. Kelajagingiz 
bugun qo’yadigan qadamingizga 
bog’liqligini unutmang. Siz uchun har kuni yangi 
kunboshlanishi kerakligini his 
qiling. Chunki o’z 
muammolaringiz haqida o’ylab 
qayg’urganingiz bilan masala 
o’z yechimini topmaydi, siz esa behuda tushkunlikka tushish 
bilan vaqtingiz, 
imkoniyatingizni boy 
berishingiz mumkin. Yaxshisi, 
o’zingizga eng yoqimli, qiziqarli 
bo’lgan mashg’ulot bilan shug’ullaning, ko’nglingizga 
yaqin inson bilan suhbatlashing 
va h.k.2. O’zingizda ishonch hosil 
qiling. Ko’pchilik o’z-o’ziga 
ishonmaslik oqibatida 
erkinqadam tashlashdan, yutqazgannarsalarini 
qaytadanboshlashdan voz 
kechadi.Ammo insondagi o’ziga 
bo’lganishonch hissi, ko’pincha 
uning maqsadga erishishiga 
sababbo’ladi. Shunday ekan,yutqazishdan 
cho’chimang.Chunki hayot 
yutish vayutqazishdan iborat, 
sizqachondir yutqazgan 
narsalaringiz evaziga 
kattanarsani yutib olishingizmumkin.3. Hech vaqt 
asabiylashmang. Asab insonning 
doimo tiniqfikrlashiga to’sqillik 
qiladi.Muammoni 
yanadachigallashtiradi; 
asabingizniasrang. Uni jilovlashningyagona yo’li – 
asabni buzadigan holatlarga 
ahamiyat 
bermaslikdir.5.Muammoga 
chetdan nazar tashlang. 
Masalan, siz uchun kattaroq va chigal hisoblanganmuammo 
boshqalar uchunarzimas bo’lishi 
mumkin.Muammolaringizgauzoq 
roqdan turib razm soling;xafa 
bo’lishga qanchalar haqli 
ekaningizni o’ylab ko’ring.“Balki bundan ham qiyinroqvaziyatga 
tushib qolishimmumkin edi-ku” 
degan fikrbilan hozirgi 
ahvolingizganisbatan sabrli va 
shukrli bo’ling. Shunda sizni 
qiynaganmuammo aslida hech narsa ekanini 
anglaysiz.6.Hayotni borligicha 
qabul qiling. Ba’zi kishilar 
hayotni o’zimboshqarayapman 
debo’ylaydilar. Garchi 
shundayko’rinsa-da, aslida hayotinsonni boshqaradi. 
Doimmuvaffaqiyatga erishib 
kelgan kishi bir gal pand yesa, 
buningzarbini ko’tara olmaydi. 
Sababiular hayotni boricha 
qabul qilaolmaydi. Unday kishilar doimo’z xohish-istaklari 
amalgaoshishi kerak deb 
hisoblaydilar. Omad yuz 
o’girganida,muvozanatni 
yo’qotibqo’yadilar. Hayotni 
borligichaqabul qilish esa kunida yettibor yiqilib, yetti bor 
o’rindanturishni o’rgatadi. Iroda 
barchamiz uchun kerakli 
narsa.Ammo hamma ham o’zida 
bukuchni topa 
olmaydi.Irodasizlik insonni faollikdanuzoqlashtirishi 
mumkin.Harakatsiz, g’ayratsiz 
inson esa, ertangi kuniga 
ishonaolmaydi va 
muvaffaqiyatgaerishishi qiyin 
kechadi. Hayotsinovlaridan o’ta olish uchunirodali bo’lishimiz 
lozim. Harbir qulagan narsani 
bundan ham ko’rkamroq qilib 
tiklashmumkinligini yodda 
tuting vabuni uddalash uchun 
o’zingizgaqaytadan imkoniyat bering.Shunda eng 
mustahkamirodaga 
erishishingiz mumkin.
Sevgim umri uzoqro bulsin dezangiz
Sizni yuragingizga yoqqan inson u siznihayollariz egasiga aylandi unga sevgizni Iizhor etgi kevotti lekin shoshilmen. 
Shunday yo'l izlab topingki u ham sizni shunday sevsin. Qancha unga yaqin bulsayz u sizdan shuncha uzini opqochadi. Qancha uni kungliga qarasayz erkaligi shuncha ortadi. Shuning uchun uzizni unga uziz ham yaway olishizni uqtirganday ish tuting. Shunda sizga u yaqinlasha oshlidi agar sizi sevsa. Sevmasa qaytmidi unda obro'yizzi tukmang uni yoni qaytaman deb. Agar sizda oson kecha olsa undan kechganizga afsus qilmang aksincha xursand bulin chunki u shunday qilishga urganib bulgan.
Uylanadigan yigitlarga maslaxatlar
Uylanadigan yigitlarga maslaxatlar
Савол: Уйланадиган йигитларга 
қандай маслаҳатлар берасиз? 
Жавоб: Қуйида ёзилганларга 
риоя қилган йигитлар бахтли 
бўлади: 1. Аёлига нисбатан ҳар 
доим гўзал ахлоқда бўлиш 
лозим. Аллоҳу таоло гўзал 
ахлоқлиларни севади, 
ахлоқсизларни севмайди. 
Аёлини ранжитиш ҳаромдир. У 
билан ҳар доим юмшоқ 
муомалада бўлиш керак. Уйга 
келгач, салом бериб, аҳволини 
сўраш, ҳазиллашиб қўйиш 
лозим. Аёли билан турли 
ўйинлар ўйнаш савобдир. 
Ташвишини, душманларини, 
қарзларини гапириб уни 
сиқмаслик керак. Ғамгин 
бўлса, уни жуда севишини 
айтиб, аҳволини билиш, ширин 
гаплар гапириш лозим. Ҳадиси 
шарифда "Мусулмонларнинг 
энг яхшиси ва фойдалиси 
аёлига энг яхши муомалада 
ҳамда фойдали бўлганидир” 
деб марҳамат қилинди. 
(Насоий) 2. Бажариши қийин 
бўлган ишларни ҳам 
"Иншаллоҳ қиламан” дея сўз 
бериб, кўнглини олмоқ. Чунки 
у ўзига ўрганган дўсти, 
ҳамдарди, овқатларини 
тайёрлаб берадиган ва 
фарзандларини тарбия 
этадиган фидокор аёлидир. 3. 
Фарзанд тарбиясида унга 
ёрдамчи бўлмоқ. Гўдак кеча- 
кундуз йиғлаб, онасига ҳеч 
тинчлик бермайди ва уни 
инсофсизча ранжитади. 
Шундай экан, унга ёрдам 
этганга Аллоҳу таоло ёрдам 
беради. 4. Кучи етадиган бўлса, 
шу шаҳарда одат бўлган 
кийим ва зебу-зийнатларнинг 
энг қимматбаҳосини олиб 
бериш керак. Кўчага 
чиқаётганида буларни бекитиб, 
бегоналарга кўрсатмаслиги 
лозим. Ҳалолидан энг яхши еб- 
ичадиган нарсалардан олиш 
лозим. Овқатни ёлғиз емаслик 
керак. Оиласи билан бирга 
ўтириб ейиш савобдир. Уй 
учун пул бераётганида ортиқча 
тежамкорлик ҳам қилмаслиги, 
исроф ҳам қилмаслиги керак. 
Оиласига, бола-чақасига 
берилган пулнинг савоби, 
садақа савобидан ҳам кўп. 
Оиласига таъмин эта 
олмайдиган кишининг 
уйланиши ҳаромдир. 5. Аёли 
билан яхши муносабатда 
бўлмоқ. Уни озорламаслик, 
бақирмаслик керак. Молига ва 
номусига хиёнат этмаган 
аёлларни уриш у ёқда турсин, 
ҳатто ҳеч бир тарзда ранжитиш 
ҳам жоиз эмас. Дунё 
ишларидаги қусури учун ҳатто 
қаттиқ гапирмаслик керак. 
Аёлларнинг қалблари нозик 
бўлгани учун бир-бирларини 
ёқтирмайдиганлари кўп. Шу 
тарафдан, айниқса, янги 
уйланган йигитлар ҳушёр 
бўлиши керак. Онаси, опа- 
синглиси ва бошқа аёлларнинг 
аёлини четлашига, бундай 
гапларнинг гапирилишига йўл 
бермаслиги керак. Бундай 
сўзларга алданиб, аёлини 
ранжитмаслик керак. Онаси ва 
опа- сингиллари учун аёлининг 
гапирган гапларига ҳам ҳушёр 
бўлиши лозим. Онасига азият 
берилишига имкон бермаслик 
керак. Онасига ўзи, болалари 
ва аёли муҳаққақ ҳурмат- 
эътибор кўрсатиши лозим. Ота- 
онага, қайнота- қайнонага 
ҳурмат ва хизмат биринчи 
навбатда бўлиши керак. 
Катталарнинг розилигини, 
дуосини олишга ҳаракат 
қилиши, хайр дуоларини катта 
фойда деб билиши лозим. 6. 
Ёмон феълини юмшоқ қарши 
олиш керак. У билан яхши 
муомалада бўлишга ҳаракат 
қилиш лозим. Ақлли жуфтлар 
бир- бирини ранжитмайди. 
Турмуш ўртоғини ранжитиш, 
ахмоқлик аломатидир. Феъли 
ёмон кишининг турмуш 
ўртоғи давомли равишда хафа 
бўлиб, асаблари бузилади. 
Асаб касаллигига учрайди. 
Бундан турли бошқа 
ксалликлар келиб чиқади. 
Жуфти касал бўлган киши 
маҳзун бўлади. Аёлининг 
хизмат ва ёрдамларидан 
маҳрум қолади. Умри унинг 
дардларига даво излаш билан 
ўтади. Бутун бу ғам- 
ташвишларга ўзининг ёмон 
феъллилиги сабаб бўлган. 
Афсуски, энди бу 
пушаймоннинг фойдаси йўқ. 
Шундай экан, аёлига қиладиган 
ёмон феъллилиги ўзига 
бўлади. У билан кулар юзли, 
ширин сўзли бўлишга ҳаракат 
қилиш керак. 7. Феъли ўзгарса, 
айбни ўзида билиб "Мен яхши 
бўлганимда унинг феъли 
ёмонлашмасди” дейиш керак. 
8. Аёли аччиқланганда, у 
индамаслиги керак. Шунда у 
ўзи пушаймон бўлиб, узр 
сўрайди. Яхшиликларини 
кўриб, Аллоҳга шукр этиш ва 
унга дуо этиш керак. Ўзини 
шундай тутиш керакки, аёли 
"Эрим мени жуда севади” деб 
ўйласин. 9. Гуноҳ бўлмаган 
камчиликларидан кўз юмиш 
лозим. Гуноҳлардан 
сақланишини, намоз, рўза ва 
ғуслда тарк этмаслиги 
кераклигини ширин ва юмшоқ 
гап билан тушунтириш лозим. 
Қимматбаҳо нарсалар олиб 
беришини ваъда қилиб, 
ибодатларини қилдиртириш, 
гуноҳлардан воз кечтириш 
керак. Айбларини, сирларини 
барчадан яшириш керак. 
Қуръон ўқишни, илмиҳолни 
ўргатиш лозим. Аҳли суннат 
олимларининг китобларини 
ўқитиш керак. 10. Унга доим 
фақат хайр дуода бўлиш 
керак. Чунки у уйининг 
назоратчиси, ошпази, 
тикувчиси, йўлдоши ва 
турмушдаги дўстидир. Савол: 
"Уйланганга Аллоҳ ёрдам 
беради” деган бир сўз бор. 
Фақирлиги сабаб уйланмай 
юрган бири, уйланишга 
ташаббус кўрсатса, Аллоҳ унга 
ёрдам этадими? Жавоб: Агар 
ҳаромдан қутулиш учун 
уйланса, албатта, Аллоҳ унга 
ёрдам этади. Ҳадиси 
шарифларда марҳамат 
қилинадики: "Ҳаромдан 
сақланиш учун уйланганга 
Аллоҳнинг ёрдами ҳақ 
бўлади.” (Ибн Моний) 
"Уйланиб, ризқ 
изланг!” (Дайламий) "Аллоҳу 
таоло эр- хотиннинг бир-бири 
билан ҳазиллашишидан 
хушнуд бўлади ва бу сабабли 
иккисига ҳам савоб ёзади, 
ризқларини ҳам ҳалолдан 
кўпайтиради.” (И.Адий) "Бир 
оила бир-бирига яхшилик ва 
икромда бўлганларида Аллоҳу 
таоло уларга мўл ризқ беради 
ҳамда уларни ўз ҳимоясига 
олади.
Bu odoblar uchun
1. Жума намозига пайшанба 
куни ва жума кечасидан 
тозаланиш, кийимларни ювиш 
ва унга керакли нарсаларни 
тайёрлаш билан ҳозирлик 
кўриш. 
2. Жума кунида ғусл қилиш – 
ювиниш. Имом Бухорий ва 
Муслимнинг «Саҳиҳ» 
китобларида ривоят этилган 
ҳадислар ва бошқа асарларда 
келган хабарларга мувофиқ 
ювинишнинг энг афзал вақти – 
бу жума намозига боришдан 
бир оз олдин ғусл этиш. 
3. Баданини поклаб зийнат 
бериш, тирноқларини олиш, 
мисвок ишлатиб тишларни 
тозалаш, олдин зикр этилган 
кир-ифлосликларни бадандан 
кетказиш каби бошқа тозалик 
амалларини бажариш, 
хушбўйликлар суртиш ва энг 
яхши кийимларни кийиш. 
4. Жума намозига такбир айтиб 
пиёда бориш (бунинг иложи 
бўлса, албатта… – тарж.). Жоме 
масжидига охиста ва виқор 
билан юриб бориш лозим. 
Масжиддан ташқарига 
чиққунга қадар унда 
эътикофда бўлишни ният этиш. 
5. Одамларнинг елкасини 
босиб ўтмаслик, намозхонлар 
ўртасида бўш жой бўлса, шу 
ердан ўтиш. 
6. Намоз ўқиётганлар олдидан 
асло кесиб ўтмаслик. 
7. Биринчи сафни талаб этиш. 
Агар маъқул бўлмаса ва 
эътироз эшитса, олдинги 
қаторга ўтмайди. Кечикса, 
узрли бўлади. 
8. Имом ҳужрасидан чиқиб 
минбарга йўлланса, нафл 
намоз ўқишни ва турли 
зикрларни тўхтатиш ҳамда 
муаззинга жавоб этиш билан 
машғул бўлиш, сўнгра хутбани 
эшитиш. 
9. Жума намозидан кейин икки 
ё тўрт ёки олти ракат суннат 
намози ўқиш. 
10. Аср намози адо этилгунга 
қадар масжидда туриш. Агар 
шом намозига қадар турса, 
афзал. 
11. Жума кунидаги дуолар 
қабул бўладиган муборак 
соатни ҳузури қалб ва дуои 
зикрлар билан кузатиб бориш. 
Уламойи киромлар бу соат 
тўғрисида ихтилоф этишади. 
Имом Муслимнинг Абу 
Мусодан ривоят этган якка 
ҳадисларида бундай талқин 
этилади: «Бу соат имом 
минбарга келиб ўтириши билан 
намоз ниҳоясига етгунга қадар 
бўлган вақт ўртасида бўлади». 
Бошқа бир ҳадисда қуйидагича 
ривоят этилган: «Бу соат имом 
хутба айтиши билан жума 
намози тугагунга қадар бўлган 
вақт орасида топилади». Жобир 
ибн Абдуллоҳ розийаллоҳу 
анҳудан зикр этилган ҳадиси 
шарифда эса: «Дуолар ижобат 
бўладиган бу соат аср 
намозининг охирги 
соатигачадир», дейилади. Анас 
ибн Моликнинг ҳадисларида 
қуйидагича нақл этилади: «Бу 
муборак соатни аср намози 
билан қуёш ботгунга қадар 
бўлган вақт орасидан 
ахтаринглар». 
Абу Бакр Асрам эса қуйидаги 
фикрни айтганлар: «Бу 
ҳадислар икки мазмундан холи 
эмас: ё бу ҳадисларнинг 
баъзиси баъзисига қараганда 
саҳиҳроқ, ё рамазон ойининг 
ўн кунлигида қадр кечаси 
кўчиб юрганидек, бу соат ҳам 
ўзгариб туради». 
11. Бу кунда Пайғамбар 
соллаллоҳу алайҳи васалламга 
саловот айтишни зиёда этиш. 
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи 
васаллам марҳамат қилдилар: 
«Кимки жума кунида менга 
саксон марта саловот айтса, 
Аллоҳ таоло унинг саксон 
йиллик гуноҳларини 
(сағираларини) авф этур». (Бу 
заиф ҳадис бўлиб, уни 
Дайламий ўз «Муснад»ида 
келтирган.) Агар намозхон 
хоҳласа, намозда Пайғамбар 
алайҳиссалом учун қуйидаги 
дуони зикр этиши мумкин: «Эй 
Аллоҳим! Муҳаммадга 
василани, фазилатни, олий 
даражани бергин, ул зотни 
Ўзинг ваъда этган чиройли 
мақомга юборгил! Эй 
Аллоҳим! Пайғамбаримизни 
бизнинг номимиздан ўзига 
муносиб ажр-азим билан 
сарафроз эт!» 
Бунга истиғфор айтишни ҳам 
қўшиш мумкин, зеро бу кунда 
истиғфор айтиш мустаҳабдир. 
13. Шу куни Каҳф сурасини 
ўқиш. Ҳазрат Оиша 
розийаллоҳу анҳодан ривоят 
этилган ҳадиси шарифда 
ривоят этилишича, Расулуллоҳ 
соллаллоҳу алайҳи васаллам 
марҳамат қилдилар: «Улуғлиги 
осмон ва ерни тўлдирган ва 
уни ёзиб турувчи котибига ҳам 
шундай улуғ ажр бериладиган 
сура ҳақида сўзлаб берайми? 
Бу сурани кимки жума кунида 
ўқиса, жума билан бошқа 
иккинчи жума ва зиёда яна уч 
кун мобайнида қилган гуноҳи 
сағиралари кечирилади. Қайси 
бир киши уйқуга ётишдан 
олдин бу сура охиридаги беш 
оятни тиловат этса, Аллоҳ 
таоло кечанинг қайси вақтини 
хоҳласа, уни ўша соатда 
уйғотади». Асҳоблар: «Орий, 
айтинг», дедилар. Расулуллоҳ 
соллаллоҳу алайҳи васаллам: 
«У Каҳф сурасидир», деб жавоб 
бердилар. (Имом Шавконий 
ўзларининг «Ал- фавоид ал- 
Машму» китобларида бу сохта 
ҳадис, деб зикр этганлар.) Яна 
бошқа бир ҳадисда бундай 
дейилган: «Жума кунида ёки 
жума кечасида кимда-ким 
Каҳф сурасини тиловат этса, 
фитнадан омонда бўлади». Бу 
ҳадис муқаддам зикр этилган 
ҳадисдан кифоя этади (яъни, 
бу ҳадис олдинги ҳадиснинг 
ўрнини тўлдиради). Жума 
кунида Қуръони каримни кўп 
ўқиш мустаҳаб. Қодир бўлса, 
Қуръони каримни жума кунида 
ёки жума кечасида хатм этиш 
керак. 
14. Имкон борича жума куни 
хайр-эҳсон ва садақотлар 
бериш. Садақа-эҳсонни масжид 
ташқарисида тақдим этиш 
керак. Жума кунида «Тасбеҳ» 
намозини адо этиш мустаҳаб. 
(Ҳофиз Абул Ҳасан ал- 
Мақдасий ва бошқалар бу 
ҳақдаги ҳадисни саҳиҳга ҳукм 
этишган.) 
15. Жума кунини охират 
амалларига хос этиш мустаҳаб. 
Ўзини дунёнинг барча 
машғулотларидан қайтариб 
(тўхтатиб) четга олиш яхши. 
“Минҳожул қосидийн” 
китобидан 
Имоми Аҳмад ибн Қудома 
Мақдисий Абдулҳамид Турсун 
таржимаси
Egizak burji xaqida töliq malumot.
Egizaklar burji (21-maydan 20- 
iyungacha) 
Javzo - Unumiy ta'rifi 
Javzo - lotincha Geminus, ya'ni 
"Egizaklar" degan ma'noni 
bildiradi. Fors tilida bu yulduz 
turkumini odatda "Dupaykar" 
deb atashadi. Qadimgi bobilliklar 
bu yulduz turkumini "Buyuk 
egizaklar" deb atashgan. 
Yunonlar esa ikki yorqin yulduzni 
Zevs o'g'illari nomiga atab Kastor 
va Polidevk deb nomlashgan. 
Kastor o'ldirilganda uning akasi 
Zevsga umrboqiylikdan halos 
etishini so'raydi. Shunda zevs 
ularni ikkalasini Osmonga olib 
chiqib qo'yadi. Burjning shakli 
ilarning bir-birini quchib turgan 
qo'llariga o'hshatiladi. Tasviriga 
ko'ra ularni "Burjlar kapalagi" 
deb ham atashadi. 
Ruhiylik, harakatchanlik, 
shartsizlik. Kapalak Ruhiy holat, 
serharakat va biror bir 
qonuniyatsiz uchadi. Hayolot va 
amaliyot tezligi. Merkuriy - sulh va 
suhbatlar, fikrlash homiysi. shu 
sababli Javzo fikrlashga dosh 
beradi, turkumlaydi. Aloqada 
so'zga va fikrga tayanadi. Til 
uning uchun katta ahamiyatga 
ega, u tilning faoliyatini va 
chegarasini belgilaydi. Hayollar 
biridan ikkinchisiga sakraydi, 
so'z esa bir yerda langar tashlab 
turadi. Notiqlik xislatlariga ega. 
Bilimga oshiqadi. O'qishga 
tashna, shuning uchun u oson 
o'rganadi. Javzoning 
kashfiyotchiligi va tasavvuri 
odatda ularga yozuvchilik 
iqtidorini beradi. Ko'p hollarda 
ulardan tajribachilar va 
tanqidchilar yetishib chiqadi. 
Javzo uchun bilim olish juda 
muhim, aks holda uning hulqi 
buzilib, atrofdagilarga xalaqit 
beradi. Yahshi ta'lim olgan Javzo 
yoqimtoy va madaniyatli. 
Javzoning qiziqishlari turli-tuman 
bo'lgani ma'qul. Uning o'zini 
tutishi ayni paytdagi kayfiyatiga 
bog'liq. Omadsizliklarda qayg'uga 
tushadi. Og'ir sharoitlarda o'zini 
yo'qotmaydi, u doimo 
haqqoniylikni aniq ko'rib turadi. 
Uning kashfiyotchiligi hurmatga 
loyiq. O'z g'oyalarini amalga 
oshirishni yoqtiradi. Doimo 
hammaning diqqat markazida: 
chiroyli suhbat quradi, hamma 
narsadan ogoh, so'zamol, 
nozikta'b. Bir joyga yoki bir 
kishiga bo'g'lanib qolishni 
yoqtirmaydi. Ular xo'jalik va uy 
ishlaridan yiroq insonlar. O'ta 
qiziqqonlik, doimiy ruhiy tajriba 
qidirish, sayohatlar va 
o'zgarishlar unga hamroh 
bo'ladi. Moddiy boyliklarga uncha 
hushi yo'q bo'lsa ham, Javzo 
boylikni hokimiyat va ozodlik 
uchun kerakligini biladi. Shunday 
ekan, boylikdan voz kecharmidi? 
Agar Javzo bilan 
suhbatlashayotganda ko'zingizga 
ikkitadan ko'ra boshlasa, okulist 
oldiga shoshilmang. Chunki 
egizaklarda ikkiyuzlamachilik bor. 
Ular tuyqusdan nafaqat ish joyini, 
yoki kiyimini, balki yoqtirgan 
insonlarini ham almashtirib 
turadilar. Tezkor Merkuriy 
tomonidan boshqarilayotgan 
Javzo huddi Yuliy Tsezar kabi bir 
vaqtning o'zida bir nechta ishni 
uddalaydilar. Deyarli barcha 
Javzolar chet tillarni yoqtiradilar, 
ayniqsa Farang tilini. Ular 
qoyilmaqom notiqlar. Ulardan 
omadli dallol yoki savdo agentlari 
chiqishi mumkin. Javzo ba'zida 
yolg'on gapirib qo'yishi mumkin, 
lekin bu haqiqiy yolg'on emas, 
balki tasavvur o'yini holos. 
Egizaklar jinoyat so'qmog'iga 
kamdan-kam qadam bosadilar, 
odatda qonunga amal qiladilar. 
Barcha may-iyun oylarida 
tug'ilgan insonlar o'zlarining 
haqiqiy niyatlarini butunlay sir 
saqlashga qodirlar. Hut (Baliq) 
burjidagilar kabi o'z istaklariga 
qarama-qarshi borish ularning 
qonida bor. Shu sababli ham 
ulardan qiziqqon siyosatchilar, 
yahshi xamsoyalar chiqishi 
mumkin. Ko'pgina Egizaklar 
mahoratli adabiyotshunos 
bo'ladilar, lekin ular 
avtobiografiya, memuar, ayniqsa 
shaxsiy xatlar yozishdan 
qochadilar. Chunki, ularning 
kecha yozgan fikrlari bugun 
yozayotgan fikrlariga mutlaqo zid 
kelishi mumkin. Ular kitobni juda 
tez o'qib chiqadilar, lekin shunisi 
qiziqki, Javzolar kitob yoki 
ro'znomani teskarisidan 
varaqlash odatlari ham yo'q 
emas. 
Javzolar hushbichim, chaqqon va 
balandroq bo'yga ega bo'ladilar. 
Ba'zilari chiroyli to'q jigarrang, 
ba'zi Merkuriy farzandlarida esa 
go'zal moviy, kulrang yoki yashil 
ko'zlar sohibidir. Terisi yorqin 
rangda, lekin oftobda juda tez 
qorayadi, sochlari esa yorqin yoki 
tim qora. Ayollarda ham, 
erkaklarda ham peshonalari keng 
bo'ladi. Faqat ular sog'lig'iga 
alohida e'tibor bermasalar 
oshqozon-ichak yoki o'pka 
kasalliklari kelib chiqishi mumkin. 
Bundan tashqari bod 
(revmatizm), artrit va migrendan 
azob chekadilar. Sizga g'ayritabiiy 
tuyulishi mumkin, lekin may va 
iyun oylarida tug'ilgan 
Javzolarning asabi ishdagi 
muammolardan emas, balki 
bekorchilikdan, zerikishdan 
ko'proq buziladi. Ular doimo 
nimagadir, shuxratga, boylikka, 
muhabbatga, yana nimalargadir 
erishishga intiladilar. 
Muhabbat ayollarga og'ir 
damlarda suyukli yoriga 
suyanganlik, himoyalanganlik 
hissini tug'diradi.
4 ta yomon odatning yaxshi hususiyatlari!
Баъзи одатларимиз зарарли ёки камида бефойда деган тамғага эга. Аммо бугунги кунда олимлар уларнинг бир қисми нафақат соғлиқ учун фойдали эканини, балки ёшликни узайтиришини ҳам таъкидлашмоқда. Келинг, улар айнан қайси одатларни назарда тутишаётгани билан қизиқиб кўрамиз. 

Узоқ вақт ухлаш Кўп ухлаш ёки бемахал ухлашни қораловчи қатор мақоллар ҳам бор. Уйқучи деган сўз одатда эринчоқлар, дангасаларга нисбатан ишлатилади. Бироқ олимларнинг фикрича, инсон организми қанча вақт дам олиш кераклигини ўзи ҳал қилиши керак. Ушбу табиий жараённи заруратсиз бузмаслик лозим. Ҳа, ишга соат жиринги билан уйғонишга тўри келади, бироқ дам олиш кунларида одам истаганича ухлаши фойдадан холи эмас экан. Бу борада олиб борилган тадқиқотлар жараёнида кўнгиллилар 8 соат ухлашган. Бироқ уларни ҳар сафар эндигина туш кўра бошлаганида уйғотишган. 3 кундан кейин эса уларда тез аччиқланиш, диққат-эътибор билан боғлиқ муаммолар, галлюцинациялар ва ҳатто психоз аломатлари пайдо бўлган! 

Эрталабки қаҳва Қаҳва юрак фаолияти учун зарарли дейишади. Бироқ эрталаблари мунтазам равишда қаҳва ичадиган кишилар альцгеймер касаллига 43% камроқ чалинар экан. Шунингдек, эрталабки қаҳвани яхши кўрадиганлар орасида ўз жонига суиқасд қилувчилар 63% га камлиги ҳам аниқланди. Бундан ташқари, қаҳва инфаркт хавфини оширади, деган фикр фақат эркакларга тааллуқли бўлиб чиқди. Бу ҳолатда ҳам қаҳва кунига 5-6 мартадан кўпроқ ичилганида юқоридаги касаллик хавфи ошар экан. Аёллар организмида эса қаҳва гипертонияга ва инфарктга олиб келувчи ҳеч қандай ўзгаришларни келтириб чиқармайди дейди олимлар. Гипертонияни ўрганиш бўйича Европа жамияти ва Европа кардиология жамияти аксинча, қаҳва ичишни тавсия қилмоқда, чунки у қондаги ёмон холестерин миқдорини камайтирар экан. 

Креслода ястаниб ўтириш Бизга болаликдан "Тўғри ўтир!” деб ўргатишади. Бироқ умуртқа томограммасини ўрганган шифокорлар тўғри ўтириш бел учун зарарли эканини аниқлашди. Бел ва сон ўртасида тўғри бурчак ҳосил қилган ҳолда ўтирганда, одам ўз вазни билан умуртқа суякларини стулга босиб қўяр экан. Бунда умуртқа суяклари орасидаги дисклар аста-секин эзилиб бориши маълум бўлди. Энг соғлом ҳолат –бу орқага ястанган ҳолда ўтириш, бунда умуртқа сонларга нисбатан тахминан 1350 бурчакда туриши ва стул суянчиғига таяниши керак. Энг яхшиси бел орқасига валик қўйиш, шунда умуртқа бўйлаб қон айланиши бузилмайди, умуртқа суяклари ва дискларига тушадиган босим эса бир текис тақсимланади. 

Эснаш Эснаш беадаблик ҳисобланади, шу боис эснаётган пайтда оғизни рўмолча ёки қўл билан ёпиш одат бўлган. Аммо неврологларнинг айтишича, эснаш – бу асаб ҳужайраларининг ишга лаёқатлиликни тиклашга уриниши экан. Масалан, мия дарс ёки мажлис пайтида олинадиган ахборотлар оқимини ўзига сиғдиришга ва тушунишга улгурмайди ва "тормозланиб” қолади. Шунда ҳимоя механизми ишга тушади. Эснаш пайтида бир пайтнинг ўзида мушаклар, томирлар, бўғинлар, нафас олиш ва асаб тизими қатнашади. Бу жараёнга юз ва бўйинча мушаклари ҳам қўшилади. Бу эса бош томирларидаги қон айланишини фаоллаштиради. 
 
Sahifalar: « 1 2 3 4 »
Bizda Barcha Fayllar TAS-IX Formatda!!!